toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi oliy Kengashining
Qarori
“MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oylik muddat ichida:
o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq tarzda shikastlangan yoxud sog‘liqlariga boshqa tarzda zarar yetgan ishchi va xizmatchilarga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan tovon to‘lashning tartibini va miqdorini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, konsernlari va xo‘jalik boshqaruvining boshqa idoralari o‘zlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan me’yoriy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlash topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 6-may,
840-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y.,5-son, 224-modda)