1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OSIYO TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA “GULISTON, JIZZAX VA QARShI ShAHARLARINING SUV TAʼMINOTI TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRIShNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini samarali va oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek uni birgalikda moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtirish kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2006-2007-yillarga investitsiya dasturlarini shakllantirishda Loyihani moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasining yetmagan ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning har yilgi umumiy limiti doirasida mablagʻlarni nazarda tutsinlar”.
“9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida erishilgan kelishuvga, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq Loyiha doirasida investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilar va pudratchilardan xarid qilinadigan tovarlar (bajariladigan ishlar, xizmatlar) Hukumatning Loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida soliq toʻlovlari, davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va bojxona toʻlovlari (yagona ijtimoiy toʻlov va bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Bunda Loyihani amalga oshirish doirasida pudratchilar 2008-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda buyurtmachi toʻlashi uchun taqdim qilinadigan bajarilgan ishlar hajmiga, istisno tariqasida, qoʻshilgan qiymat soligʻining nul stavkasini qoʻllaydilar.
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Loyihani amalga oshirishda, shu jumladan Loyiha doirasida qoʻllangan soliq imtiyozlari va afzalliklari hisobiga Hukumat ulushining qatʼiy hisobi yuritilishini taʼminlasin”.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 10-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining yettinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining oltinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.M. Xanov va V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-yanvardagi 6-son qaroriga ilova
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtirish kengashi tarkibi
Mirziyoyev Sh.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi
Xanov N.M.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari
Toʻlaganov Sh.O.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari
Abdurahmonov M.S.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Hasanov S.S.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari
lavozimiga koʻra
—
Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari
Joʻrayev K.X.
—
Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari
Mamadiyorov E.K.
—
Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari
Isroilov D.I.
—
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi
Xolmuxamedov Oʻ.O.
—
“Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori, komissiya masʼul kotibi
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 13-modda)