1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.07.00 Shahar transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatining samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida:
1. “Toshshahartransxizmat” yoʻlovchilar tashish uyushmasi, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi, “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti ijroiya apparati tuzilmasi, shuningdek, xodimlari umumiy cheklangan soni, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 1 — 5-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, “Toshavtobustrans” va “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyalari nizomlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
2. “Toshshaharyulovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish boʻyicha komissiya tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tugatish komissiyasi ikki oy muddatda belgilangan tartibda “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish ishlarini amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi, “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini ular tarkibiga kiruvchi korxonalar mulkidagi davlat ulushi qiymati hisobiga shakllantirsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Toshkent shahar boʻyicha avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishni litsenziyalash, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
Toshkent shahrida avtobuslar va mikroavtobuslarda yoʻlovchilarni muntazam (yoʻnalishlar boʻyicha) tashish tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslar, shu jumladan xususiy yuridik shaxslar tomonidan faqat Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti bilan tuzilgan kontraktlar asosida tender savdolari natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
2006-yil 1-martdan boshlab yoʻlovchilar metropolitenda yoʻl haqi toʻlovini metropoliten stansiyalari kassalarida sotiladigan maxsus jetonlar yoki magnit kartochkalar orqali amalga oshiradi, ayni vaqtda ayrim toifadagi fuqarolarning qonunchilikda belgilangan ushbu transport turidan imtiyozli foydalanish huquqi saqlab qolinadi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari]
5. Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasining har bir transport tashkilotida yillik xarajatlar umumiy hajmining 5 foizi miqdori doirasida Ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi matnlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
Jamgʻarmaning daromadlari ish haqi fondini tejash, yoʻlovchilarni tashishdan tushadigan daromadlar boʻyicha belgilangan prognozni ortigʻi bilan bajarish tufayli hosil boʻladigan mablagʻlar, asosiy boʻlmagan xoʻjalik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish uchun tegishli korxona rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari ishtirokida har bir transport korxonasi huzurida maxsus Kengashlar tuziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda transport korxonasi haydovchilarini ragʻbatlantirish va moddiy-texnik rivojlantirish mablagʻlaridan foydalanish nisbatini aniqlagan holda Ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, Uyushma va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlarining ish haqi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda:
7-ilovaga muvofiq bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufiga oʻtkazsin;
Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 6-uyda joylashgan bino (mulk va jihozlar)ni “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi balansiga oʻtkazsin va mazkur binoga Uyushmaning, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi va “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasining ijroiya apparati joylashtirilsin.
Mazkur qarorga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” uyushmasining balansdan balansga oʻtkaziladigan asosiy vositalari qiymati daromad (foyda) va qoʻshilgan qiymat soliqlari solish obyekti hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
8. Shahar yoʻlovchi transportining uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida:
ushbu qaror 2006-yilning 20-fevralidan amalga kiritilsin;
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoniga va ushbu qarorga qatiy amal qilgan holda jamoat transportini boshqarishning takomillashtirilgan tizimini joriy etishga, shuningdek, transport xizmati jarayoni qatnashchilarining aniq ishlashi va hamkorlik qilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyati, shuningdek, Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish bozorini tartibga solish bilan bogʻliq normativ hujjatlar tasdiqlanishini hisobga olgan holda ushbu qaror bajarilishini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son “Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
10. Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-yanvar,
PQ–262-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-son qaroriga 6-ILOVA
“Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish boʻyicha komissiya
TARKIBI
N.M. Xanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi
B.B. Ashrafxanov
—
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
U.U. Rozikulov
—
iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari
N.E. Najimov
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirining birinchi oʻrinbosari
A.A. Abduvaliyev
—
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi
I.G. Yakovlev
—
Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
E.F. Gadoyev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
E.S. Kanyazov
—
adliya vazirining oʻrinbosari
Sh.Sh. Shomansurov
—
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi raisining oʻrinbosari
R.J. Usmanov
—
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari
K.K. Rustamov
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi
R.A. Gulyamov
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari
Sh.Sh. Muxamedjanov
—
“Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi
A.N. Axmedova
—
“Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi bosh buxgalteri
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufiga oʻtkaziladigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari
ROʻYXATI
1. “Tramvaychi” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
2. “Avtomobilchi” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
3. Strelsov nomidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
LexUZ sharhi
7-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-yanvardagi PQ–262-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga 2-ilova jadvalidagi “Litsenziya beruvchi organ” grafasining 4-bandi “Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari (Toshkent shahri boʻyicha) harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 8-son, 73-modda) 5-ilovasining 1-bandi mazmuni quyidagicha xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Nizomning amal qilishi Toshkent shahri boʻyicha avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini litsenziyalashga nisbatan tadbiq etilmaydi”.