1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.11.00 Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
JURNALISTLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA
1-modda. Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun jurnalistning jurnalistlik faoliyati bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Jurnalist — Oʻzbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va maʼlum mavzudagi axborotni toʻplash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shugʻullanuvchi shaxsdir.
Oʻzbekiston Respublikasida senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jurnalistdan xabarlar va materiallarni oldindan kelishib olishini, shuningdek material yoxud xabarning matnini oʻzgartirishni yoxud ularni butunlay nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab qilishga hech kimning haqqi yoʻq.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat]
Jurnalist oʻz kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chogʻida:
axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish;
oʻzi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qoʻyib tarqatish, ularda oʻz fikr-mulohazasini ifodalash;
jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida boʻlish;
maʼlumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;
sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir boʻlish;
eʼlon qilishga tayyorlangan maʼlumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;
basharti qonunni buzishga olib keladigan boʻlsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;
oʻzi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qoʻymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish;
axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;
taqdim etgan xabarining mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib eʼlon qilishi oqibatida oʻziga yetkazilgan maʼnaviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish;
jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega.
Jurnalist oʻziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Oʻz kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chogʻida jurnalist:
qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;
shaxsning huquqlari va erkinliklarini, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Jurnalist oʻz kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlarni eʼlon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas.
Jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart.
Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan ixtiyoriy ravishda maʼlum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi.
Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan maʼlumotlarni bu maʼlumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan oʻzining gʻarazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab foydalanishi taqiqlanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat]
Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Tanqidiy materiallar eʼlon qilganligi uchun jurnalistni taʼqib qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9-modda. Jurnalist tekshiruvi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat]
Jurnalist axborot toʻplash va tekshiruv oʻtkazish huquqiga ega.
Jurnalist oʻz tekshiruvlarining natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishga, ularni davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Jurnalist tekshiruvi davrida u qoʻlga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qoʻyilishi yoki koʻzdan kechirilishi mumkin emas.
10-modda. Jurnalistning kasbiga doir faoliyati kafolatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.11.00 Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish]
Jurnalistning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan qoʻriqlanadi.
Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, oʻz kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini taʼminlaydi.
Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan oʻz kasbiga doir vazifalarni bajarish chogʻida olgan biror bir maʼlumotni talab etish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 82-moddasining ikkinchi qismi.
11-modda. Jurnalistni akkreditatsiya qilish
Jurnalist davlat organi yoki jamoat birlashmasida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Jurnalistlar akkreditatsiya qilingan davlat organlari va jamoat birlashmalari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida jurnalistga oldindan maʼlum qilishlari va zarur hujjatlar hamda materiallarni taqdim etishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasining jurnalisti xorijiy davlatda akkreditatsiya qilinishi mumkin.
Chet el jurnalisti Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi jurnalistining chet eldagi va chet el jurnalistining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasining jurnalisti chet elda jurnalistlik faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining va oʻzi akkreditatsiya qilingan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan chet el jurnalisti axborot toʻplash va tarqatishda Oʻzbekiston Respublikasi jurnalisti bilan teng huquqlarga ega.
Chet el jurnalisti Oʻzbekiston Respublikasi hududida jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etishi shart.
13-modda. Chet el jurnalisti akkreditatsiyasining bekor qilinishi
Chet el jurnalisti ushbu Qonunni, boshqa qonun hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini buzgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uning akkreditatsiyasini bekor qilishi mumkin.
Chet el jurnalisti oʻzining Oʻzbekiston Respublikasidagi akkreditatsiyasini bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chiqargan qaror ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
14-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.11.00 Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish]
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:
senzura qilganlik;
jurnalist oʻz kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani nooʻrin bekor qilish yoʻli bilan toʻsqinlik qilganlik;
jurnalistning soʻrov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik;
jurnalistga tazyiq oʻtkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;
jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini gʻayriqonuniy ravishda olib qoʻyganlik;
axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jurnalistning ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning jurnalistlik kasbiga doir faoliyati bilan bogʻliq holda shaʼni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga tahdid, zoʻravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Jurnalist oʻzi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy boʻlishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-aprel,
402-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 110-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)