toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 23.12.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 16-noyabrdagi PF-3680-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 418-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandida “respublika budjetiga” soʻzlari “Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hisob raqamiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-dekabr,
279-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 381-modda)