toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2019
Hujjat 02.06.1999 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1999/2000 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-sonli “Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonlarini bajarish yuzasidan zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini yetuk pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim tizimidagi islohotlarni rivojlantirish, kadrlash tayyorlash sohasidagi marketing izlanishlar natijalarini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalariga iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999/2000 oʻquv yilida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul soni 43653, shu jumladan 21839 davlat grantlari va 21814 toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari belgilanib, ular Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalari hamda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq taqsimlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
1998/1999 oʻquv yili yakunida, oliy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlash taʼlim standartlari bajarilishi va oʻqish muddati tugashi tufayli, bakalavr kadrlarning birinchi chiqishini taʼminlasinlar;
1999/2000 oʻquv yilidan oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat negizida aniq mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaga qabulni boshlasinlar.
Mazkur oʻquv yiliga magistrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul kvotalari 3,0 ming, shu jumladan 1,2 ming davlat grantlari va 1,8 ming toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular aniqlangan oliy taʼlim muassasalari va mutaxasisliklar boʻyicha 3-ilovaga muvofiq taqsimlansin;
magistraturaga qabul ruxsat etilgan oliy taʼlim muassasalarida 1999-yil 1-avgustiga qadar taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlari, darsliklar, pedagogik va axborot texnologiyalar hamda pedagog kadrlar sifati Kadrlash tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida taʼminlansin;
Davlat test markazi bilan birgalikda xalqaro jurnalistika, jurnalistika, musiqa taʼlimi, chizmachilik va tasviriy sanʼat, jismoniy madaniyat, sanʼat va madaniyat, meʼmorchilik, dizayn, ispan va sharq tillari, chaqiriqqacha harbiy taʼlim va jismoniy tarbiya taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha abituriyentlarni test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan oʻtkazishni tashkil etsinlar hamda bir hafta muddat ichida ushbu masala yuzasidan qabulga oid meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
* 1, 2, 3-ilovalar berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida magistraturaga qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi Nizom”ni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
5. 1999/2000 oʻquv yiliga tibbiyot oliy taʼlim muassasalari qoshida ilk bor tashkil etilayotgan 3-yillik oliy malakali xamshiralar tayyorlash boʻlimlariga umumiy qabul kvotalari 180, shu jumladan 90 davlat grantlari va 90 toʻlov-kontraktlari asosida belgilanib, ular respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalari boʻyicha 5-ilovaga muvofiq taqsimlansin.
* 5-ilova berilmaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus tibbiy maʼlumot negizida oliy malakali xamshiralar tayyorlash boʻlimlariga qobiliyatli talabalarni tanlab olish va oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida:
bir hafta muddat ichida “Oliy malakali xamshiralar tayyorlash toʻgʻrisida Nizom” va tegishli davlat taʼlim standartlarini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar;
Davlat test markazi bilan birgalikda, 10 kun muddat ichida, abituriyentlarni test sinovlari bilan bir qatorda amaliy koʻnikmalarini aniqlash uchun zarur kasbiy imtihonlardan oʻtkazish tartib-qoidalarini ishlar chiqsinlar va Davlat komissiyasiga taqdim etsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Davlat komissiyasiga:
abituriyentlar qabuli barcha uchun (ham davlat grantlari, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari asosida test sinovlari natijasida toʻplangan ballarning reytingi boʻyicha tashkil qilinsin. Bunda eng yuqori ball toʻplangan abituriyentlarning birinchi navbatda davlat grantlari boʻyicha, soʻng qolgan abituriyentlarning belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqlari taʼminlansin;
10 kun muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash boʻyicha talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalari toʻgʻrisida Nizom”ga;
test sinovlar natijalaridan kelib chiqqan holda, toʻlov-kontrakt asosida belgilangan umumiy qabul rejasi doirasida, qabul koʻrsatkichlariga zarur boʻlgan oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
9. Oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirlik va idoralar, Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida oʻzlariga qarashli taʼlim muassasalarida davlat grantlarini va toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura boʻyicha oʻrinlar kvotasini taʼlim shakllari va tillari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflarni Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
11. Moliya vazirligi 1999/2000 oʻquv yiliga belgilangan davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga hamda oliy malakali xamshiralar tayyorlash uchun qabulni hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratishni taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-maydagi 228-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 2-iyun,
282-son
Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 2-iyundagi 282-son qaroriga
4-ILOVA
Oliy maʼlumot toʻgʻrisida davlat
‎ namunasidagi diplomlar



B A K A L A V R
‎D I P L O M I‎

Oliy maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplomlar (tasviri)
BAKALAVR DIPLOMI
Bakalavr diplomining muqovasi tomonlari 111x151 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan toʻq havorang bumvinildan tayyorlangan koʻrinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida BAKALAVR DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplomning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida besh xil : matn qismi uchun – qora, och sariq rang, havorang – tasviriy elementlar – uchun yashil va qizil rangda bosiladi.
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 55 mm dan 45 darajali burchak qiyaligida aylanasi 60 mm diametrga ega boʻlgan kvadrat tushirilishi tufayli oʻzicha bir figura koʻrinishidagi havorang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat. Fon ustiga 3 mm enlikda havorang hoshiya tushirilgan, hoshiya sahifaning markazini toʻrtta – sahifaning yuqori qismida uchta va uning pastki qismida bitta, sakkiz qirrali yulduzlar koʻrinishida milliy naqsh yasab oʻraydi. Yulduzlar tomonlari 23 mmdan iborat boʻlgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan. Hoshiya ham naqshli rastr shaklda tashkil qilingan. Uchta (sahifaning yuqori qismidagi ikkita va pastki qismida bitta) yulduzning har birining ichida kichikroq oʻlchamda:
— naqshli rastr bilan yashil rangli boʻyoqda tushirilgan, hoshiyasi 4 mm (kvadrat oʻlchovi 14 mm) enlikda tashkil topgan yulduz;
— naqshli rastr bilan qizil rangli boʻyoqda tushirilgan, hoshiyasi 1 mm (kvadrat oʻlchovi 5 mm) enlikda tashkil topgan yulduz. Sakkiz qirrali yulduzning ichiga qizil rangli boʻyoqda tushirilgan yarim oy va besh qirrali yulduz tasviri joylashtiriladi.
Imtiyozli diplomlar uchun “OZBEKISTON RESPUBLIKASI BAKALAVR DIPLOMI” va “REPUBLIK OF UZBEKISTAN BACHELOR'S DIPLOMA” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “IMTIYOZLI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yozilgan.
Diplomning ikkala sahifasiga V lotin harfi va olti xonadan iborat boʻlgan raqam muhrlanadi (bosiladi).
Diplom 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan nimtatir boʻyoqlardan foydalanish;
3) har xil shakldagi rastr setkalaridan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastr setkalarini tushirish natijasida yangi rang hosil qilish;
5) maxsus qogʻoz ishlatish;
6) Davlat Gerbini och havorang boʻyoqda tasvirlash;
7) olti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ BAKALAVR
‎DIPLOMI ‎‎

B № 000000‎‎

_________________________________________________________
(taʼlim muassasasi)‎‎‎‎

‎‎_________________________________________________________‎

Davlat attestatsiya komissiyasining
‎ 199__ yil ______dagi
‎qaroriga binoan ‎

_________________________________________________________

(bittiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi)

_______________________________________________________ga ‎

_________________________________________________________
‎(yoʼnalish nomi)‎

BAKALAVR
‎darajasi berildi ‎

Davlat attestatsiyasi
‎‎komissiyasi raisi
‎Rektor ‎‎

‎M.O'.

Ro'yhatga olish raqami_______________________________

‎‎(tartib raqami)‎‎‎‎

_________________________________________________________

‎‎(shahar nomi va sana)

REPABLIK OF UZBEKISTAN
‎ BACHELOR'S
‎DIPLOMA

B № 000000‎‎

_________________________________________________________
(The Educational institution)

‎‎_________________________________________________________‎

In accordance with decision of
‎ the State Attestation Commission
‎ of______ 199___

_________________________________________________________
(greduate's surname, name, first name)

_________________________________________________________

_________________________________________________________
(in the speciality)

is awarded Bachelor's degree

Chairman of State Attestation Commission ‎
‎Rektor: ‎‎

‎P.S.

Regd № ___________________________________________________ ‎

_________________________________________________________

(name of city, date)

_________________________________________________________
‎(oliy taʼlim muassasasi)‎

BAKALAVR DIPLOMIGA ILOVA

‎ (reyting daftarchasidan ko'chirma) ‎

Familiyasi _________________________________________________
‎‎
Ismi _____________________________________________________
‎‎‎
Otasining ismi ______________________________________________
‎‎‎
O'qishga kirgan yili ____________________‎
O'qishni tugatgan yili ___________________‎‎
Yoʼnalish: _________________________________________________ ‎

_________________________________________________‎



‎Diplomni ro'yhatga olish raqami №‎ ___________________‎‎ ‎


‎Ushbu ilova diplomsiz kuchga ega emas.
‎‎

O'qish davomida quyidagi fanlar o'zlashtlrildi:

№‎

O'quv rejasiga muvofiq'
‎fanlar nomi ‎

O'quv rejasida belgilangan soatlar miqdori maksimal ball‎

To'plangan ballar miqdori - reyting

‎1.

2.‎

3.‎

‎4.

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

11.‎

12.‎

13.‎

‎14.

‎15.

16.‎

‎17.

18.‎

19.‎

20.‎

21.‎

22.‎

23.‎

24.‎

25.‎

26.‎

‎27.

28.‎

29.‎

‎30.

‎31.

32.‎

33.‎

34.‎

35.‎

Jami:‎

№‎

Qo'shimca o'zlashtirilgan
fanlar‎

O'quv rejasida belgilangan soatlar miqdori maksimal ball‎

To'planganballar miqdori - reyting

‎1.

2.‎

3.‎

‎4.

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

11.‎

12.‎

13.‎

‎14.

‎15.

Kurs ishlari:‎

‎1

2

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

Amaliyot:‎

1.

2

‎3

4

Yakuniy Davlat attestasiyasi‎

1

2

3‎

4‎

Malakaviy bitiruv ishi (loyiha)ning mavzni va reyting bali:‎‎‎‎

________________________________________________‎
________________________________________________‎

‎Bitiruvchining umumiy reytingi: _________________‎
Rektor:‎ _____________‎
M.O'.‎ Dekan:‎ _____________‎‎
Kotib:‎ _____________‎‎
Toshkent shahri‎‎
“____”‎ ________ 1999y‎

M AGIST R
‎D I P L O M I‎

Oliy maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplomlar (tasviri)
MAGISTR DIPLOMI
Magistr diplom muqovasi tomonlari 111x151 mm oʻlchovda yaxlit qoplangan qizgʻish marmar naqshli toʻq jigarang bumvinildan tayyorlangan koʻrinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida MAGISTR DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplomning ichki qismi qalin oq qogʻozda ofset bosma usulida besh : matn qismi uchun – qopa, och sariq rang, havorang; tasviriy elementlar uchun – yashil va qizil rangda bosiladi.
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 55 mm dan 45 darajali burchak qiyaligida aylanasi 60 mm diametrga ega boʻlgan kvadrat tushirilishi tufayli oʻzicha bir figura koʻrinishdagi havorang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasviri joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och sariq rangdagi fondan iborat. Fon ustiga 3 mm enlikda havorang hoshiya tushirilgan, hoshiya sahifaning markazini toʻrtta – sahifaning yuqori qismida uchta va uning pastki qismida bitta, sakkiz qirrali yulduzlar koʻrinishida milliy naqsh yasab oʻraydi. Yulduzlar tomonlari 23 mmdan iborat boʻlgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan. Hoshiya ham naqshli rastr shaklda tashkil qilingan. Uchta (sahifaning yuqori qismidagi ikkita va pastki qismida bitta) yulduzning har birining ichida kichikroq oʻlchamda:
– naqshli rastr bilan yashil rangli boʻyoqqa tushirilgan, hoshiyasi 4 mm (kvadrat oʻlchovi 14 mm) enlikda tashkil topgan yulduz;
– naqshli rastr bilan qizil rangli boʻyoqda tushirilgan, hoshiyasi 1 mm (kvadrat oʻlchovi 5 mm) enlikda tashkil topgan yulduz. Sakkiz qirrali yulduzning ichiga qizil rangli boʻyoqda tushirilgan yarim oy va besh qirrali yulduz tasviri joylashtiriladi.
Diplomning ikkala sahifasiga M lotin harfi va olti xonadan iborat boʻlgan raqam muhrlanadi (bosiladi).
Diplom 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa koʻchirishni qiyinlashtiradigan nimtatir boʻyoqlardan foydalanish;
3) har xil shakldagi rastr setkalaridan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastr setkalarini tushirish natijasida yangi. ranglar hosil qilish;
5) maxsus qogʻoz ishlatish;
6) Davlat Gerbini och havorang boʻyoqda tasvirlash;
7) olti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ MAGISTR
‎DIPLOMI ‎‎

M № 000000‎‎

_________________________________________________________
(taʼlim muassasasi)‎‎‎‎

‎‎_________________________________________________________‎

Davlat attestatsiya komissiyasining
‎ 199__ yil ______dagi
‎qaroriga binoan ‎

_________________________________________________________

(bittiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi)

_______________________________________________________ga ‎

_________________________________________________________
‎(mulaxassistik nomi)‎

MAGISTR
‎darajasi berildi ‎

Davlat attestatsiyasi
‎‎komissiyasi raisi
‎Rektor ‎‎

‎M.O'.

Ro'yhatga olish raqami_______________________________

‎‎(tartib raqami)‎‎‎‎

_________________________________________________________

‎‎(shahar nomi va sana)

REPABLIK OF UZBEKISTAN
MASTER'S
‎DIPLOMA

M № 000000‎‎

_________________________________________________________
(The Educational institution)

‎‎_________________________________________________________‎

In accordance with decision of
‎ the State Attestation Commission
‎ of______ 199___

_________________________________________________________
(greduate's surname, name, first name)

_________________________________________________________

_________________________________________________________
(in the speciality)

is awarded Master's degree

Chairman of State Attestation
‎Commission ‎
‎Rektor: ‎‎

‎P.S.

Regd № ___________________________________________________ ‎

_________________________________________________________

(name of city, date)

_________________________________________________________
‎(oliy taʼlim muassasasi)‎

MAGISTR DIPLOMIGA ILOVA‎

(reyting daftarchasidan ko'chirma)‎

Familiyasi _________________________________________________
‎‎
Ismi _____________________________________________________
‎‎‎
Otasining ismi ______________________________________________‎‎‎

Awalgi ma'lumoti haqida hujjat:_________________________________
‎__________________________________________________________

__________________________________________________________‎
O'qishga kirgan yili ____________________‎
O'qishni tugatgan yili ___________________‎‎
Mutahassislik: ______________________________________________
‎_________________________________________________________
‎_________________________________________________________


‎Diplomni ro'yhatga olish raqami №‎ ___________________‎‎ ‎


‎Ushbu ilova diplomsiz kuchga ega emas.
‎‎

O'qish davomida quyidagi fanlar o'zlashtlrildi:

№‎

O'quv rejasiga muvofiq'
‎fanlar nomi ‎

O'quv rejasida belgilangan soatlar miqdori maksimal ball‎

To'plangan ballar miqdori - reyting

‎1.

2.‎

3.‎

‎4.

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

11.‎

12.‎

13.‎

‎14.

‎15.

16.‎

‎17.

18.‎

19.‎

20.‎

21.‎

22.‎

23.‎

24.‎

25.‎

26.‎

‎27.

28.‎

29.‎

‎30.

‎31.

32.‎

33.‎

34.‎

35.‎

Jami:‎

№‎

Qo'shimca o'zlashtirilgan
fanlar‎

O'quv rejasida belgilangan soatlar miqdori - maksimal ball‎

To'plangan
‎ballar miqdori - reyting

‎1.

2.‎

3.‎

‎4.

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

11.‎

12.‎

13.‎

‎14.

‎15.

Kurs ishlari:‎

‎1

2

3‎

4‎

5‎

Amaliyot:‎

1.

2

Yakuniy Davlat attestasiyasi‎

1

2

3‎

Magistrlik dissertac'iyasining mavzui reyting bali:
‎‎‎‎

________________________________________________‎
________________________________________________‎

‎Bitiruvchining umumiy reytingi: _________________‎
Rektor:‎ _____________‎
M.O'.‎ Dekan:‎ _____________‎‎
Kotib:‎ _____________‎‎
Toshkent shahri‎‎
“____”‎ ________ 1999 y‎