Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirishni yanada chuqurlashtirish, ushbu jarayonlarga xorijiy investorlarni keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
aksiyalarining bir qismi 2000-2001-yillarda yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha xorijiy investorlarga sotiladigan korxonalar roʻyxati 1-ilovaga
* muvofiq;
aksiyalarining bir qismi 2000-2001-yillarda birja va birjadan tashqari bozorlarda xorijiy investorlarga sotiladigan korxonalar roʻyxati 2-ilova
*ga muvofiq;
2000-2001-yillarda xorijiy investorlarning mulki etib sotiladigan korxonalar roʻyxati 3-ilova
*ga muvofiq tasdiqlansin.
1-3-ilovalarda koʻrsatilgan korxonalar mol-mulki qiymatini aniqlash erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi;
xorijiy baholash kompaniyalari, auditorlar, maslahatchilar va moliyaviy agentlarning xizmatiga haq toʻlash institutsional qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirishga Jahon banki qarzi boʻyicha tushuvchi mablagʻlar hamda xarajatlarni keyinchalik obyektlar (aksiyalar)ni sotishdan tushgan tushum hisobida qoplagan holda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
1 va 3-ilovalarda koʻrsatilgan korxonalar va aksiyalar paketlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha biznes-reja albatta taqdim etilishi sharti bilan faqat tender yoki investitsiya savdolarida sotiladi.
3. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish Davlat komissiyasiga, ayrim hollarda, iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarga investitsiyalar jalb qilinganda:
korxona (aksiyalar ulushi) sotilishigacha budjet va davlat korxonalari oldida toʻplanib qolgan qarzlar tarkibini oʻzgartirish, shu jumladan ular boʻyicha toʻlovlarni kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
yangi ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulotlarni oʻzlashtirish davrida xorijiy investorning soʻroviga koʻra tabiatni muhofaza qilish koʻrsatkichlari boʻyicha talablarni oshirish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-ilova
*ga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.