Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida 1998-yil 10-iyuldagi kredit toʻgʻrisida Bitimda (korxonalarni institutsional rivojlantirish boʻyicha loyiha, 4543UZ-son kredit) nazarda tutilgan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablagʻlarini oqilona va samarali oʻzlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablagʻlarini oʻzlashtirishning oxirgi muddatini 2004-yil 31-dekabrgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi;
koʻrsatib oʻtilgan qarzning umumiy summasini, foydalanilmaydigan 17673 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni bekor qilish yoʻli bilan, 28000 ming AQSH dollaridan 10327 ming AQSH dollarigacha kamaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga ushbu qarorga muvofiq Bitimning tegishli bandlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Qoʻshimcha Bitimni belgilangan tartibda imzolash vakolati berilsin.
3. Korxonalarni yakka tartibda xususiylashtirish byurosi Kuzatuvchi Kengashi (I.G. Yakovlev) va Korxonalarni xususiylashtirishdan keyin qoʻllab-quvvatlash byurosi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining korxonalarni institutsional rivojlantirishga qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.