Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va Afgʻonistonga muruvvat va tijorat yuklarini oʻz vaqtida yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Termiz—Gʻalaba temir yoʻl uchastkasi infratuzilmasini tiklash va yuqori darajada yaxshilash uchun Yevropa Ittifoqi Komissiyasi tomonidan TRASEKA dasturi budjeti hisobiga 2 mln yevro miqdorida begʻaraz grant berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi grantni oluvchi etib belgilansin, kompaniya rahbariyatiga Termiz—Gʻalaba temir yoʻl uchastkasi infratuzilmasini yaxshilash uchun asbob-uskunalar, materiallar va texnika yetkazib berish sifatidagi begʻaraz yordamni olish uchun barcha tartib-qoidalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan kelishib olish vazifasi yuklansin.
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining raisi A.J. Ramatovga grantni olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni imzolash vakolati berilsin.
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Termiz—Gʻalaba temir yoʻl uchastkasini rekonstruksiya qilish uchun begʻaraz yordam hisobiga sotib olinadigan asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, materiallar (isteʼmol tovarlaridan tashqari) uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga koʻra koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kelish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishga jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislar viza berilganligi uchun konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilinsin. Amaldagi xarajatlar belgilangan tartibda undirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.