toggle_night_mode
Hujjat 15.12.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston RespublikasiNING qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI ETIB QAYTA TAShKIL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 11-oktabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunining (2000-yil 26-mayda qabul qilingan 77–II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 148-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 19-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi 172–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 262-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 38-moddasidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi 220–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 58-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 25-moddasining uchinchi qismidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Eksport nazorati toʻgʻrisida”gi 658–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 158-modda) 8-moddasining birinchi qismidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” degan soʻzlar “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2005-yil 15-dekabrdagi 245 (3790)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-dekabr,
OʻRQ–11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son; 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son)