Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Markaziy apparati faoliyati samaradorligini oshirish, uni qishloq xoʻjaligini isloh qilishga doir Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini amalga oshirish talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi hayʼat tarkibi 15 kishidan iborat etib belgilansin.
2. Mansurbek Muslimbekovich Sultonov, Jumaboy Qoʻchqorov, Olim Otayev, Nosirjon Sobirovich Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼat aʼzolari etib tasdiqlansin va Rasulmat Husanov hayʼat aʼzoligidan ozod etilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarorining
11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.