Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Buxoro shahrida Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy byuro tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son
qaroriga muvofiq Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi Buxoro mintaqaviy byurosi faoliyatini tashkil etishni taʼminlasin.
3. Buxoro shahridagi Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi mintaqaviy byuro xodimlarining cheklangan umumiy soni 16 kishidan, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 12 kishidan iborat etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qaroriga
5-ilovadagi “Nukus va Qarshi shaharlarida” soʻzlari “Nukus, Qarshi va Buxoro shaharlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.