1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.06.00 (Кучини йукотган) Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovagamuvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-fevral,
67-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-fevraldagi 67-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning “Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlardan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalida:
1-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “20” va “80” raqamlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-bandlardagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “65” va “35” raqamlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “10” va “90” raqamlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Vazirliklar, idoralar fondi” ustuni “10%” raqami bilan toʻldirilsin, “Davlat budjeti” ustunidagi “100” raqami “90” raqami bilan almashtirilsin;
9-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “100” va “0” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qaroriga ilova 3-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2 foizi — teng ulushda Davlat mulki qoʻmitasining taqsimlash va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish hamda Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasining qaroriga koʻra xususiylashtirish dasturini axborot bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga sarflanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 73-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda)