toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2026
Hujjat 08.12.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON DAVLAT STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGINING
Qarori
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIGA, ULARNI ISHLAB CHIQARISH VOSITALARIGA VA XALQ ISTEʼMOLI MOLLARIGA GIGIYENIK SERTIFIKATI BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi 01-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2026-yil 26-yanvardagi 01-13-282-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1525-3, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga gigiyenik sertifikati berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
01-1/54-son
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-sentabr,
1-son
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
“Oʻzstandart” agentligining
2005-yil 30-sentabrdagi
01-1/54, 1-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga gigiyenik sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash toʻgʻrisida”, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Radiatsion xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq normativ hujjatlarida gigiyenik normalar va talablar mavjud boʻlgan respublika hududida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan mahsulotlarga (quyida — mahsulotlar) gigiyenik sertifikat(xulosa)larini berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qism
1. Gigiyenik sertifikat — mahsulotlarning normativ hujjatlarida belgilangan gigiyenik normalar va talablarga, shuningdek, amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos ekanligini tasdiqlaydigan hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Gigiyenik sertifikat normativ hujjatlarida gigiyenik normalar va talablar mavjud boʻlgan mahsulotlarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Gigiyenik sertifikat berish uchun mahsulot ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilanganidan oshmagan miqdorlarda ariza beruvchi mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mahsulotlar ekspertizasi normativ hujjatlarida gigiyenik normalar va talablar mavjud boʻlgan:
Keyingi tahrirga qarang.
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganda;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi oʻzgarganda;
mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining konstruksiyalari, komplektatsiyalari oʻzgarganda;
tajriba uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;
respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari va xalq isteʼmoli mollariga;
mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan gigiyenik sertifikatining yaroqlilik muddati tugaganda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mahsulotlarni gigiyenik koʻrsatkichlarini aniqlash uchun sinovlar faqat hududiy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining (quyida — DSENM) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida (quyida — laboratoriya), akkreditatsiya sohasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Bir-birini takrorlovchi sinovlar oʻtkazilishining oldini olish maqsadida DSENMlarning akkreditatsiya qilingan laboratoriyalari boshqa akkreditatsiya qilingan DSENMlarning laboratoriyalar sinov natijalarini tan olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Gigiyenik sertifikatlashtirishni oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mahsulotlarni gigiyenik sertifikatlashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
arizani qabul qilish;
arizaga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganish;
mahsulot ekspertizasi rejasini tuzish;
gigiyenik sertifikat berish ishlari uchun shartnoma tuzish;
ishlab chiqarish obyektida sanitariya tekshiruvi oʻtkazish va laboratoriya sinovlari uchun mahsulotlarning namunalarini olish;
laboratoriya sinovlarini oʻtkazish;
gigiyenik sertifikatni berish.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 1. Arizani qabul qilish, hujjatlarni oʻrganish va mahsulot ekspertizasi rejasini tuzish
8. Gigiyenik sertifikatlashtirish oʻtkazilishi uchun ariza beruvchi hududiy DSENM Bosh vrachi nomiga mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Arizaga ishlab chiqariladigan mahsulotga normativ hujjatning (Davlatlararo standart — DS, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti — OʼzDSt, Texnik shartlar — TSh; ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnoma va retseptura) nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Chetdan olib kelinadigan mahsulotga gigiyenik sertifikat olish uchun qoʻshimcha ravishda:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kelganlik toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan holda tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxalari;
ishlab chiqaruvchining kelib chiqish mamlakati sertifikati (tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda) nusxalari taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Gigiyenik sertifikat berish boʻyicha ariza kelib tushgan kuni ijro uchun hududiy DSENM bosh vrachi imzo(viza)si bilan xoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi Gigiyenik sertifikat berish bilan shugʻullanuvchi boʻlim (boʻlinma) mudiriga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Boʻlim (boʻlinma) mudiri soha mutaxassislari – ovqatlanish gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, kommunal gigiyena, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻlimlari va boshqa boʻlim vrach-mutaxassislari bilan birgalikda ariza hamda unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Agarda hujjatlar toʻliq holda taqdim qilingan boʻlsa, mahsulotlarning turiga qarab, ekspertiza rejasi (namunalar olish, ishlab chiqarish obyektini tekshirish, laboratoriya (sanitariya-kimyoviy, bakteriologik, radiologik, toksikologik) sinovlari oʻtkazish tuziladi va gigiyenik sertifikatlashtirishni oʻtkazishga masʼul boʻlgan sanitariya vrachi tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulot ekspertizasi rejasi tuzilganidan keyin ariza beruvchi bilan gigiyenik ekspertiza oʻtkazish va gigiyenik sertifikat berish toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulotni ishlab chiqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada mahsulotning normativ hujjatlarida koʻrsatilgan xavfsizlik koʻrsatkichlariga mosligini davriy ravishda (tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari uchun har chorakda, qolgan oziq-ovqat va xalq isteʼmoli mollariga (olti oyda bir marta va h.k.) aniqlash uchun laboratoriya sinovlari oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Hujjatlar toʻliq holda taqdim qilinmagan taqdirda hududiy DSENM tomonidan ikki kunlik muddat ichida ariza beruvchiga qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda gigiyenik sertifikat berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ilgari sertifikatlanmagan (sinalmagan) maxsus qoʻllaniladigan biologik aktiv moddalar yoki oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarining oziq-ovqat qoʻshimchalari qoʻllash bilan bogʻliq ishlab chiqarishni tashkil etishda yoki mahsulotlarni chetdan keltirishda hududiy DSENM tegishli ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachiga murojaat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan ruxsatnoma berish uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ruxsatnoma berilgan mahsulot Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Departamenti tomonidan yuritiladigan mahsulotlar reyestriga kiritiladi (hamda ruxsatnoma roʻyxatdan oʻtkaziladi). Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi roʻyxatga olingan mahsulotlar reyestri har chorakda Respublika DSENM orqali hududiy DSENM rahbarlariga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mahsulot kelib chiqishiga koʻra, hayvonot yoki oʻsimlik dunyosiga tegishli boʻlgan taqdirda, masʼul sanitariya vrachi hujjatlar olingan sanadan keyingi kundan kechikmay, veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi berish boʻyicha vakolatli organlarga murojaat qiladi.
15. Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasi davlat veterinariya nazoratining tuman (shahar) organlari yoki oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati organlari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat veterinariya nazorati organi yigirma kungacha boʻlgan muddat bilan belgilangan tartibda ajratib qoʻyish-cheklash tadbirlarini (karantin) belgilashi mumkin. Bunda veterinariya xulosasi berish tartiboti karantin muddati tamom boʻlgunga qadar toʻxtatib turiladi. Veterinariya yoki fitosanitariya xulosasini tayyorlash va berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 2. Ishlab chiqarish obyektini sanitariya tekshiruvidan oʻtkazish va mahsulotlardan namunalar olish
18. Taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan keyin masʼul sanitariya vrachi tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqarish obyektini tekshirish va/yoki laboratoriya sinovlari uchun namunalar olish maqsadida joyning oʻziga boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Mahsulotlarga gigiyenik sertifikat berish ularni ishlab chiqarish texnik uskunalariga gigiyenik sertifikat olishni talab qilgan hollarda avval texnik uskunalarga gigiyenik sertifikat olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Buning uchun masʼul sanitariya vrachi tomonidan laboratoriya mutaxassisi bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonasidagi texnik uskunalardan surtmalar olinadi hamda ikki nusxada mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda sanitariya tekshiruvi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma masʼul sanitariya vrachi, laboratoriya mutaxassisi va mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanib, uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga beriladi.
Surtmalar texnik uskunaning bevosita mahsulotga tegib turadigan joyidan olinadi.
Texnologik uskunadan olingan surtmalar laboratoriyaga topshiriladi.
20. Respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarga gigiyenik sertifikat olish uchun mahsulotlarning namunaviy partiyasi ishlab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mahsulot ekspertizasi oʻtkazilishida mahsulot boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarning mahsulotlarga muvofiqligi taqqoslanadi.
Shuningdek, mahsulotlarni tashishda qoʻllaniladigan transport vositasining sanitariya holati, mahsulotlarni saqlash sharoitlariga baho beriladi.
22. Mahsulot idishlari, oʻrov materiallarining holati boʻyicha quyidagilar oʻrganiladi:
nomi, shifri, navi, TIF TN kodi;
mahsulot ishlab chiqaruvchining nomi;
isteʼmolga yaroqlilik va ishlab chiqarilgan muddati (yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar ekspertizadan oʻtkazilmaydi);
normativ hujjat(lar)ining roʻyxat raqamlari;
Keyingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni saqlash sharoiti, buzilish alomatlari, ifloslanganligi, begona hidlarning bor yoki yoʻqligi;
mahsulot shisha idishlarda boʻlsa, ularning berkligi;
oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, qadoqlash materiallari, yordamchi materiallar xavfsizlik koʻrsatkichlarining sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga javob berishi.
23. Mahsulotlarning sifatiga shubha tugʻilmagan taqdirdagina ularning mazasi totib koʻrilishi mumkin.
24. Ishlab chiqarish korxonasini yoki respublika hududiga olib kirilayotgan mahsulotlarning sanitariya tekshiruvi natijalari boʻyicha ikki nusxada mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shaklda korxona sanitariya tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma masʼul sanitariya vrachi va mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanib, uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga beriladi.
25. Masʼul sanitariya vrachi mahsulot namunasini bakteriologik, toksikologik, kimyoviy hamda radiologik sinovlari uchun normativ hujjatlarda belgilangan miqdorda oladi va ikki nusxada mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklda namuna olish dalolatnomasi tuzadi. Dalolatnoma sanitariya vrachi va mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi mahsulot egasi yoki uning vakiliga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Namunalar toza idishga joylanadi, markalanadi, surgʻuchlanadi va masʼul sanitariya vrachi tomonidan namuna olinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi bilan akkreditatsiyadan oʻtgan DSENM laboratoriyasiga taqdim qilinadi. Bakteriologik sinovlar uchun olingan namunalar sterillangan idishda yoki original oʻramda joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Olingan namunalar mahsulot partiyasini toʻliq ravishda aks ettirishi lozim.
28. Turi bir xil, navi va nomlanishi bir xil, bir smenada ishlab chiqarilgan va texnologik jihatdan bir xil ishlovdan oʻtgan mahsulot bir xil partiya hisoblanadi.
Bitta ishlab chiqarish obyektida tayyorlangan, maʼlum hajm va ogʻirlikdagi, bir xil yuk xati va sifat sertifikatiga ega boʻlgan mahsulot bir xil yuk partiyasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 3. Laboratoriya sinovlari oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
29. Laboratoriyaga keltirilgan namunalar maxsus jurnalda qayd etiladi va ular boʻyicha sinovlar boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Mahsulotlar boʻyicha normativ hujjatlarida belgilangan talablardan kelib chiqqan holda sanitariya-gigiyenik, bakteriologik, toksikologik, radiologik sinovlari oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Mahsulotlarning xavfsizlik koʻrsatkichlari sanitariya norma va qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda koʻrsatilgan usullar boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Tez buziluvchi mahsulotlardan olingan namuna boʻyicha 4 soatlik muddat ichida sinov boshlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Mahsulotlarni sinashning aniq muddati sinovlarning tegishli usullari uchun normativ hujjatlarda nazarda tutilgan muddatlarga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Saqlash muddati turgʻun boʻlgan mahsulotlar laboratoriyada 10 kun muddatgacha saqlanadi. Tekshiruv natijasida mahsulot tarkibida zararli yoki zaharli moddalar aniqlangan taqdirda (ruxsat etilgan normativ talablardan oshganligi aniqlanganda) mahsulot namunalari sinov natijalari berilgandan soʻng 20 kun mobaynida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Namuna qoldiqlari sinov natijalari berilgungacha saqlanib, soʻng laboratoriya mudiri ruxsati bilan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnologik asbob-uskuna, xalq isteʼmoli buyumlari, xususiyatini yoʻqotmagan qimmatbaho buyumlar mahsulot egasiga hujjat asosida qaytariladi. Tekshirilgan oziq-ovqat namunalarining qoldigʻi mahsulot egasiga qaytarilmaydi.
Namunani topshirish yoki yoʻq qilish toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
36. Mahsulot namunalarining laboratoriyadagi sinov natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda masʼul sanitariya vrachi va ariza beruvchiga taqdim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Oʻtkazilgan sinovlarning, laboratoriya tekshiruvlarining haqqoniyligi va sifatliligiga laboratoriya javobgar hisoblanadi
Keyingi tahrirga qarang.
38. Sinov bayonnomasi mahsulot namunasigagina taalluqli.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Masʼul sanitariya vrachi taqdim qilingan laboratoriya sinov natijalariga asosan mazkur sinov bayonnomasiga oʻz xulosasini yozadi. Xulosa mahsulotlarni ishlab chiqarishga yoki olib kirilayotgan mahsulotlarning partiyasiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Laboratoriya sinov bayonnomasi, namuna olish dalolatnomasi, sanitariya tekshiruvi dalolatnomalari bilan birgalikda masʼul sanitariya vrachi tomonidan xoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi Gigiyenik sertifikat berish bilan shugʻullanuvchi boʻlim (boʻlinma) mudiriga taqdim etiladi hamda hududiy DSENM bosh vrachi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari gigiyenik sertifikat berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu haqda qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
§4. Mahsulotlarning toksikologik sinovdan oʻtkazish xususiyatlari
42. Quyidagi mahsulotlarga va materiallarga toksikologik sinovlar oʻtkaziladi:
kundalik turmushda ishlatiladigan kimyoviy vositalar (lak, boʻyoq, yelim, erituvchi suyuqlik, yuvish vositasi va boshqalar);
polimer va sintetik materiallardan tayyorlangan qurilish va inshoot materiallari (polimer materiallar, oʻrov materiallari, uy-roʻzgʻor buyumlari, sopol va keramika buyumlari);
kundalik turmushda foydalaniladigan uy-roʻzgʻor buyumlari;
polimer va sintetik materiallar, plastmassalar va ulardan ishlangan buyumlar;
kauchuk va rezina buyumlari;
yelimlangan fanera, fanerlangan yogʻoch panel va yogʻoch qatlamlaridan yasalgan hamda shunga oʻxshash materiallar;
hojatxona qogʻozi, salfetkalar, sochiq, dasturxon va boshqa uy-roʻzgʻor, sanitariya-gigiyena maqsadlari uchun ishlatiladigan qogʻoz turlari, paxta va sellyulozadan tayyorlangan mahsulotlar, qogʻozdan ishlangan idishlar;
toʻqima va toʻqimachilik mahsulotlari (bolalar assortimenti);
poyabzal, bosh kiyimlar (bolalar assortimenti);
sopol buyumlar;
shisha va undan tayyorlangan buyumlar;
mis va undan ishlangan buyumlar;
aluminiy va undan ishlangan buyumlar.
43. Toksikologik sinov namunani qabul qilish; namunani tekshirishga tayyorlash; birlamchi ishlov berish; material yoki mahsulotni fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash; zaharlilik yoki xavfsizlik koʻrsatkichlarini aniqlash bosqichlarida oʻtkaziladi.
44. Toksikologik-gigiyenik sinovlarni oʻtkazish normativ hujjatlarda bayon etilgan usullar asosida olib borilishi lozim.
45. Laboratoriya sinov natijalari toksikologik xulosa tarzida toksikologiya boʻlimi mutaxassislari tomonidan yozilib, boʻlim mudiri imzosi bilan sanitariya vrachiga taqdim qilinadi.
46. Material yoki mahsulotlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish yoki ularni qoʻllanilishini amalga oshirish sharoitlariga oid masalalar sanitariya vrachlari va toksikologiya boʻlim xodimlari hamkorligida hal qilinishi lozim.
47. Yangi, oʻrganilmagan va qayta sintezlangan kimyoviy moddalar boʻyicha quyidagicha toksikologik ekspertiza oʻtkazilishi kerak:
kimyoviy moddalarni laboratoriya hayvonlarida (oq kalamush, oq sichqon, quyon, dengiz choʻchqachasi) tajriba asosida oʻtkir zaharlilik darajasini aniqlash-oshqozon orqali moddani yuborish usuli bilan oʻlimga olib keluvchi oʻrtacha dozani (LD50) aniqlash;
moddalarning terida oʻzgarishlar keltirib chiqarish xususiyatlarini aniqlash;
moddalarning teri orqali soʻrilish darajasini aniqlash;
moddalarning kumulyativ xususiyatlarini oʻrganish (funksional yoki moddiy).
48. Barcha olingan natijalar boʻyicha oʻrganilgan moddaning zaharlilik darajasini aniqlash lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
§ 5. Gigiyenik sertifikatni rasmiylashtirish va berish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
49. Masʼul sanitariya vrachi tomonidan mahsulotlarning ekspertizasi natijalarini tahlil qilib, sanitariya-gigiyenik, bakteriologik, toksikologik, radiologik xavfsizlik meʼyorlari talab darajasida ekanligini asoslagan holda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan shaklda gigiyenik sertifikat rasmiylashtiriladi. Bunda mahsulotning inson salomatligi va atrof muhitga zararsizligi, xavfsizligi kafolatlanadi.
Gigiyenik sertifikat hududiy DSENM Bosh vrachi imzosi va ushbu muassasaning muhri bilan tasdiqlangan holda beriladi, unga sinovlar bayonnomasi nusxalari ilova qilinadi.
Agar gigiyenik sertifikatlashtirish bilan bir vaqtda mahsulotning fitosanitariya yoki veterinariya normalari va qoidalariga muvofiqligi sinovdan oʻtkazilgan taqdirda, ariza beruvchiga tegishlicha fitosanitariya sertifikati yoki veterinariya xulosasi ham beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Fitosanitariya sertifikati yoki veterinariya xulosasi olinishi hisobga olingan holda mahsulotlarga gigiyenik sertifikatni berish muddati 14 ish kunidan oshmasligi kerak. Bunday hollarda hududiy DSENM Bosh vrachi arizachini gigiyenik sertifikatini berish muddati uzayganligi haqida asoslantirilgan holda yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga gigiyenik sertifikat 3 yil muddatga, olib kiriladigan mahsulotlarga esa, oʻsha partiyaning oʻzigagina yaroqlilik muddati tugagunga qadar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Gigiyenik sertifikat nusxasi ariza, shartnoma, birlamchi hujjatlar, sanitariya tekshiruvi va namuna olish dalolatnomalari, laboratoriya sinovi bayonnomalari bilan birgalikda 3 yilgacha muddatga, olib kiriladigan mahsulotlarga esa berilgan gigiyenik sertifikatining yaroqlilik muddati tugagunga qadar arxivda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakunlovchi qoidalar
53. Ariza beruvchi gigiyenik sertifikat yoxud fitosanitariya va veterinariya xulosalari berishning rad etilganligi yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya Bosh boshqarmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻsimliklar karantini Bosh Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-sentabr
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-sentabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-sentabr
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab
chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli
mollariga gigiyenik sertifikati berish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

‎‎________________________ DSENM bosh vrachi

(maʼmuriy hudud nomi)‎

‎‎________________________________________ ga

(F.I.Sh.)‎

‎‎_________________________________________

‎‎(ariza beruvchi — jismoniy shaxsning F.I.Sh,

‎‎_________________________________________

‎‎yuridik shaxsning nomi va yuridik manzili)

‎‎_________________________________________

‎‎va rahbarining F.I.Sh.


‎ARIZA‎

‎‎____________________________ Sizdan _______________________________
(ariza beruvchining nomi) ‎ (mahsulot ishlab chiqarilgan‎
‎‎__________________________________________________________________

‎‎mamlakat nomi yoki ishlab chiqarish manzili)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(maxsulotning toʻlik nomi, assortimenti va partiyasi)

‎‎_______________________________________________________________ ni ishlab chiqarish/sotish uchun gigiyena sertifikat berishingizni soʻraydi.
‎‎
‎Ushbu mahsulot(lar) uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etamiz:
‎‎1. ________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________
3. ________________________________________________________________
‎‎‎4. ________________________________________________________________
‎‎‎5. ________________________________________________________________
Toʻlovni kafolatlaymiz. ‎

‎Ariza beruvchining rekvizitlari:‎‎
Bank muassasasi: _________________
‎Oʻ/R: _______________________
‎STIR: ____________


‎M.Oʻ.‎


‎(imzo) ‎


‎_____________________
‎(F.I.Sh.)‎

“___” __________ 200__ y.‎‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab
chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli
mollariga gigiyenik sertifikati berish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
‎‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Sogʻliqni saqlash vazirligi
‎‎BXUT boʻyicha
‎KTRK boʻyicha
‎‎ ‎‎Tibbiy hujjat shakli-315/x‏
‎‎(tegishli DSENM muassasaning nomi)

‎‎SANITARIYA TEKSHIRUVI DALOLATNOMASI


‎200_yil “__” __________

‎‎Men ______________________________________________________________

‎‎(masʼul sanitariya vrachi F.I.Sh)

‎‎Quyidagilar ishtirokida ___________________________________________

‎‎(mahsulot egasi

‎‎__________________________________________________________________

‎‎yoki uning vakili F.I.Sh, lavozimi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(sanitariya tekshiruvi oʻtkazilgan joy manzili)

‎‎__________________________________________________________________
‎sanitariya tekshiruvi oʻtkazildi va quyidagilar aniqlandi:
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎1. ___________________________________

_________________‎‎

‎‎(masʼul sanitariya vrachi F.I.Sh)

‎‎(imzo)

‎‎
2. ___________________________________


‎_________________

‎‎(mahsulot egasi yoki uning vakili F.I.Sh)

‎‎(imzo)

‎‎
‎‎(ishlab chiqarish texnik uskunalari sanitariya tekshiruvidan oʻtkazilganda laboratoriya mutaxassisi ishtirok etadi va sanitariya tekshiruvi dalolatnomasini imzolaydi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab
chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli
mollariga gigiyenik sertifikati berish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

‎‎MAHSULOTLARDAN NAMUNA OLISH DALOLATNOMASI

200____yil “___” _________ ‎‎

__________ - sonli ‎

‎‎Muassasaning nomi va manzili________________________________________
‎Namuna olingan vaqti __________
Laboratoriyaga yetkazilgan vaqti __________
‎Yetkazish va saqlash sharoitlari ________________________________________
‎Namuna olishdan maqsad ______________________________________________
‎Qoʻshimcha maʼlumotlar _______________________________________________
Namunaning tartib raqami‎ Namunalar nomi (turi, navi) ‎ Ishlab chiqaruvchi‎ I/ch sanasi va smenasi‎ Guruh (partiya) oʻlchami va tartib soni‎ Namuna ogʻirligi va hajmi‎ Olingan mahsulot ning hujjat raqami ‎ Idish va oʻramning turi‎ Namuna olishni asoslovchi hujjat‎ Sinov maqsadi‎ Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
‎‎Namuna olgan masʼul sanitariya vrachi
‎____________________________________________‎


‎________________‎

‎‎(F.I.Sh., lavozimi)

(imzo)
‎‎

‎‎Namuna olishda ishtirok etgan shaxslar
‎______________________________________


‎________________‎

(F.I.Sh., lavozimi)

(imzo)‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab
chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli
mollariga gigiyenik sertifikati berish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎________________________________

(‎‎laboratoriya mudiri yoki tegishli masʼul shaxs F.I.Sh.)

‎‎200__ “__”__________

‎‎
‎MAHSULOTLARDAN OLINGAN NAMUNALARNI TEKSHIRISH BAYONNOMASI

‎‎200__ yil “____” __________
‎‎Muassasaning (laboratoriya) nomi _____________________________________
‎‎(akkreditatsiya guvohnomasining raqami,
‎‎__________________________________________________________________

‎‎manzili, telefoni, faksi)

‎‎Ariza beruvchining nomi ____________________________________________
‎Ishlab chiqaruvchining nomi __________________________________________
‎Markalash maʼlumotlari _____________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎Tekshiruv obyekti uchun normativ hujjat _______________________________
‎Sinov usullari uchun normativ hujjat ________________________________
‎Sinov oʻtkazish sharoitlari __________________________________________

‎‎(harorat, namlik va boshqa sharoitlar)

‎‎Tekshiruv oʻtkazishga jalb qilingan taraf ______________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎Sinovlar oʻtkazish natijalari

Koʻrsatkichlarning nomi
‎(talablar)‎‏

Koʻrsatkichlarning ahamiyati (talablar)‎‎

‎‏Koʻrsatkichlarning mosligi (talablar)

Normativ hujjat boʻyicha‎

Amaldagi‎

‎‎
‎‎Sinov oʻtkazilgan sana ______________________________________________
‎Qoʻshimcha maʼlumotlar ______________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎
‎________________________________‎


‎_______________‎


‎_______________‎

‎‎(laboratoriya mutaxassisi F.I.Sh)

(imzo)‎

(sana)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab
chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli
mollariga gigiyenik sertifikati berish
tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA

‎‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


‎__________________________________________________________________

‎‎(gigiyena sertifikati beruvchi muassasaning nomi)

‎‎
‎GIGIYENA SERTIFIKATI № 000000

‎‎“___” ___________ 200__ yil
‎____________________ gacha haqiqiy hisoblanadi.‎

‎‎
‎__________________________________________________________________

‎‎mahsulot nomi, miqdori

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎Ishlab chiqarishga, olib kelishga, sotishga, ishlatishga quyidagi maʼlumotlar asosida ruxsat etiladi.
‎Ishlab chiqaruvchi, ixtiro etuvchi, olib keluvchi muassasa: _________________
‎__________________________________________________________________

‎‎(muassasa nomi va yuridik manzilgoh

__________________________________________________________________

‎‎import, eksport, hududiy mahsulotga aloqador meʼyoriy yoki ruxsatni asoslovchi hujjatlar)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎Mahsulotning sifatiga toksikolo-gigiyenik jihatdan izoh: _______________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎Qoʻllaniladigan, ishlatiladigan soha: _________________________________
‎__________________________________________________________________
‎Ishlatish, tashish, saqlash va xavfsizligiga oid shart-sharoitlar: ___________
‎__________________________________________________________________
‎Maxsus belgilar: ___________________________________________________
‎__________________________________________________________________


‎‎_______________________________________________________‎

‎‎‎‎(gigiyena sertifikati beruvchi muassasa boshliqining familiyasi va imzosi)


‎M.Oʻ.‎


‎“___” ___________ 200 ___ yil‎

‎‎“Davlat belgisi” DICHB TBF

Keyingi tahrirga qarang.