toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.04.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “AUDITORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh VA AUDITORLIK TEKShIRIShLARINING AHAMIYATINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 22 SENTYABRDAGI 365-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI TEKShIRIShNI YANADA QISQARTIRISh VA UNING TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2005 YIL 5 OKTYABRDAGI PF–3665-SON FARMONI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF–3665-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2000-y., 9-son, 62-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-noyabr,
266-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 356-modda)