Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-oktabrdagi PF-3151-son
Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavi 23-bandining
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining birinchi oʻrinbosari”.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kiritilayotgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda Ustavni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.