1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Gumanitar va texnik yordam]
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin, shuningdek baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 238-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida
Mazkur Nizomning amal qilishi ular uchun qonun hujjatlarida amalga oshirish va monitoring olib borishning alohida tartibi belgilangan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 11-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi (keyingi oʻrinlarda “Monitoring” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini boshqarish va nazorat qilishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
3. Monitoring:
vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan — Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengash (keyingi oʻrinlarda Idoralararo kengash deb ataladi) — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha.
(3-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
4. Quyidagilar:
respublika investitsiya dasturiga kiritilgan va birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlarining, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning investitsiya loyihalarini, ular toʻliq tugallangunga qadar, amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida hal etish yuzasidan javobgarligini oshirish;
investitsiya loyihalari harakatiga ularni amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va oʻrganish, ularni, shu jumladan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan turli xil masalalarni koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan, bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish;
investitsiya loyihalari tasdiqlangan hajmlar va muddatlarga qatʼiy rioya qilingan holda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va vakolatli banklar tomonidan mablagʻlar bilan oʻz vaqtida taʼminlanishi ustidan nazorat qilish;
investitsiya loyihasi boʻyicha xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishiga koʻmaklashish;
investitsiya muhitini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar va takliflar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi.
5. Aniq dasturga va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoring obyekti hisoblanadi.
II. Investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratish
6. Investitsiya dasturi belgilangan tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining aniq dasturiga, shuningdek investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini (keyingi oʻrinlarda “Maʼlumotlar banki” deb ataladi) shakllantiradi.
investitsiya loyihasining tashabbuskori tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi pasporti;
har bir investitsiya loyihasini amalga oshirishning investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-jadvallari;
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya takliflari boʻyicha ishlab chiqiladigan yangidan boshlanayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini olgʻa surish chora-tadbirlari dasturi;
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi tashabbuskori tomonidan yilning har choragida taqdim etiladigan axborot asosida shakllantiriladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
8. Investitsiya loyihasi pasporti mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi va unda investitsiya loyihasi tashabbuskori, xorijiy sherik, loyihaning umumiy qiymati va barpo etilayotgan ishlab chiqarishning loyihadagi quvvati, mahsulotni eksport qilish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va sxemasi boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar, loyihaning qoplanish va qarz mablagʻlarni qaytarish muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlar, shuningdek, zarurat boʻlganda, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxona boʻyicha maʼlumotlar boʻladi.
9. Reja-jadval mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi va unda yangi tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish (zarurat boʻlganda), asosiy kontraktni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish, investitsiya loyihasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini kelishish va qabul qilish, kredit bitimlarini imzolash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, milliy va xorijiy valyutada mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash, ishlab chiqarish maydonlarini va infratuzilma obyektlarini qurish, texnologiya asbob-uskunalarini oʻrnatish, korxonaning loyihadagi quvvatga chiqishi boʻyicha aniq muddatlar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻladi.
10. Chora-tadbirlar dasturi mazkur Nizomga 3-ilovaga binoan Xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar hamda donor mamlakatlar ishtirokida Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish reglamentiga muvofiq ishlab chiqiladi va investitsiyalashdan oldin investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash va mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalarini belgilashgacha boʻlgan ishlar kompleksini (ularni bajarishning prognoz muddatlarini koʻrsatgan holda) oʻz ichiga oladi.
11. Investitsiya loyihasining tashabbuskori hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechikmay yilning har choragida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga kelishilgan shakl boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshirilishi reja-jadvalining bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yilning har choragida:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan yigʻma statistika axboroti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan;
markazlashtirilgan investitsiyalardan, shu jumladan Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan foydalanish boʻyicha — Moliya vazirligi va tijorat banklari tomonidan;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha — Adliya vazirligi tomonidan;
xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari paketini xorijiy investorlarga sotish, mulkida davlat ulushi boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati boʻyicha — Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
loyiha koʻrsatkichlari (loyihadagi quvvatni taʼminlash, eksportni taʼminlash, yangi ish oʻrinlari barpo etish) investitsiya loyihasi tashabbuskori tomonidan bajarilishi yuzasidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Maʼlumotlar bankini yangilab boradi.
13. Maʼlumotlar bankiga Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar hajmlari prognozi belgilangan tartibda aniqlashtirilish natijalari boʻyicha Idoralararo kengashning qarori bilan tuzatishlar kiritilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
III. Monitoringni amalga oshirish
14. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari, Moliya vazirligi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan Moliya vazirligi qarz oluvchi sifatida ish koʻradigan qarzlar boʻyicha), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qabul qilingan qarorlariga, shuningdek tasdiqlangan reja-jadvallarga muvofiq investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ishlarining holatini shu jumladan joyning oʻziga chiqib muntazam ravishda oʻrganadi.
Bunday ishni tashkil etish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi turli vazirliklar va idoralar yoxud xalqaro tashkilotlar va konsultatsiya kompaniyalari mutaxassislarini jalb etishi mumkin.
investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja-jadvallarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi yigʻma statistika axborotini;
mavjud va potensial xorijiy investorlar faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha ularning takliflarini oʻrganish asosida vaqti-vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etiladigan tezkor axborotlarni;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash masalalari boʻyicha axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
16. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Idoralararo kengash tomonidan:
(16-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
tasdiqlangan reja-jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish;
texnik-iqtisodiy asoslashlarning asosiy qoidalarini koʻrib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish;
alohida yirik loyihalar, shu jumladan texnik-iqtisodiy asoslashlar koʻrsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablagʻlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash, hukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablagʻlarning oʻz vaqtida qaytarilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan ehtiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi boʻyicha marketing dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish;
ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish, shuningdek Investitsiya dasturi bajarilishi barbod boʻlishiga yoʻl qoʻyuvchi vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida roʻyobga chiqarishga koʻmaklashuvchi boshqa asosiy masalalarni koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
IV. Monitoring natijalarini koʻrib chiqish
17. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va vakolatli banklardan olingan maʼlumotlar asosida investitsiya dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot tayyorlaydi.
Yigʻma axborotda xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda vazirliklar, idoralar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya loyihalari va takliflarini amalga oshirishning asosiy bosqichlari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar;
investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi toʻgʻrisida investitsiya loyihalari tashabbuskorlarida olingan axborot;
texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ekspertiza qilinganligi toʻgʻrisidagi axborot;
investitsiya loyihalarining mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemalariga muvofiq oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlanishi toʻgʻrisidagi axborot;
qurilish-montaj ishlarini bajarish va obyektlarni ishga tushirish muddatlariga va texnologik izchilligiga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi axborot;
Hukumat kafolati ostidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish muddatlari va shartlariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi axborot (banklar);
investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan loyihalarni investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritish uchun asos hisoblanadigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishida ifodalangan investitsiyalash shartlariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi boshqa axborot;
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni asoslagan holda takliflar mavjud boʻladi.
18. Investitsiya dasturini amalga oshirishning yigʻma tahlili, shuningdek qoʻshimcha tahliliy axborot asosida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
shakllanayotgan yoʻnalishlarni oʻrganib chiqadi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiqlarni aniqlaydi, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar tizimining samaradorligini tahlil qiladi;
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan hukumat qarorlarini tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqdim etiladigan axborot asosida iqtisodiyotning ustuvor sektorlari va toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun eng muhim ishlab chiqarishlar roʻyxatini, shuningdek jalb etilayotgan investitsiyalarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalari boʻyicha maqbul joylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi;
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha qoʻshimcha investitsiya loyihalarini Investitsiya dasturining aniq qismiga kiritish yoki yigʻma qismiga oʻtkazish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Idoralararo kengashga kiritadi;
(18-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
investitsiya dasturini shakllantirish va uning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa ishlarni tashkil etadi.
19. Monitoring natijalari yilning har choragida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
20. Zarur qarorlar qabul qilish uchun yilning har choragida:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari majlislarida koʻrib chiqiladi;
monitoring natijalari Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariga bagʻishlangan majlislarida tinglanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Investitsiya loyihasi PASPORTI (loyihaning nomi va joylashgan joyi)
1. Loyiha buyurtmachisi boʻlgan tashkilot —
2. Loyihaning maqsadi —
3. Loyihani investitsiyalash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarori (agar zarur boʻlsa) —
4. Hukumat kafolatlari —
5. Loyiha TIA holati —
6. Xorijiy sherik va investor (shu jumladan kreditor, bosh pudratchi) —
7. Loyihani amalga oshirish muddatlari, shu jumladan loyihadagi quvvatga chiqish muddati (yillar) —
8. Loyiha joylashgan joy —
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Oʻlchov birligi
TIA boʻyicha
Loyihani amalga oshirishning 2006-yil 1-yanvardagi amaldagi holati
Izoh
1.
Loyiha tashabbusi (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami)
2.
Loyihaning umumiy qiymati
mln AQSh dollari
joriy narxlarda (sh. j. ekvivalent)
EMVda (ekvivalent)
3.
EMVdagi xarajatlar, hammasi
mln AQSh dollari
sh. j. asbob-uskunalar xarid qilish va boshqalar uchun
3.1
Milliy valyutadagi xarajatlar, hammasi (ekvivalent)
soʻm/ AQSh dollari
sh. j. qurilish-montaj ishlari va boshqalar uchun
4
Moliyalashtirish manbalari
tegishli birliklarda
budjet mablagʻlari
xorijiy kreditlar, hammasi
sh. j. hukumat kafolatlari ostida
boshqa manbalar:
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsilar, hammasi
sh. j. xorijiy sherikning ustav fondiga ulushi
oʻz mablagʻlari
tijorat banklari kreditlari
boshqa manbalar
5
Band boʻladiganlarning moʻljallanayotgan soni
kishi
6.
Qurilishning davom etishi, hammasi
oy
sh. j. qurilish boshlanadigan yil
qurilish tugallanadigan yil
7.
Loyihaning oʻzini qoplash muddati, hammasi
yil
sh. j. yillar boʻyicha
8.
Qarz mablagʻlarini toʻlash muddati, hammasi
yil
sh. j. yillar boʻyicha
9.
sh. j valyuta mablagʻlarini toʻlash muddati, hammasi
yil
10.
Qarz mablagʻlarini toʻlashning holati, hammasi
tegishli birliklarda
sh. j. yillar va toʻlash manbalari boʻyicha
11.
sh. j. toʻlovlarning muddati oʻtkazib yuborilgan summasi, hammasi
tegishli birliklarda
sh. j. yillar va toʻlash manbalari boʻyicha
12.
Korxona quvvati (nomenklatura boʻyicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning yillik hajmi)
tegishli birliklarda
13.
Olinadigan xomashyoning mavjudligi va hajmlari
tegishli birliklarda
sh. j. yillar boʻyicha
14.
Loyihani mahalliylashtirish darajasi, hammasi
%
sh. j. yillar boʻyicha
15.
Eksport hajmi (mahsulot va koʻrsatiladigan xizmatlar eksporti hajmi) va uning nomenklaturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“Tasdiqlayman” Korxona rahbari (rais, direktor) _______________________ (F.I.O.) 200__ y. ____________ “__”
Investitsiya loyihasini amalga oshirish REJA-JADVALI*
(loyiha nomi, tashabbuskor)
T/r
Loyihani amalga oshirish bosqichlari
Boshlash sanasi (yil, oy)
Tugatish sanasi (yil, oy)
1.
Loyiha tashabbusi (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami)
2.
Loyihaning TIAni ishlab chiqish tasdiqlash
3.
Xorijiy sherik, investor, bosh pudratchini va boshqalarni tanlab olish boʻyicha tender oʻtkazish (sana va hujjatlar tartib raqami)
4.
Yangi tashkil etilayotgan korxonani, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani (zarurat boʻlsa) roʻyxatdan oʻtkazish (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami)
5.
Asosiy kontraktni tuzish, kelishib olish va roʻyxatdan oʻtkazish (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami)
6.
Moliyalashtirish shartlarini, shu jumladan mablagʻ bilan taʼminlovchi institutlar (banklar) bilan tuziladigan kredit bitimlari shartlarini belgilash
7.
Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish (agar talab qilinsa)
8.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishl�b chiqish, kelishib olish va tasdiqlash
9.
Milliy valyutada mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash
10.
Xorijiy valyutada moliyalashtirishni boshlash
11.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish
12.
Texnologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish-sozlash
13.
Ishlab chiqarishni boshlash va loyihadagi quvvatga chiqish
*) Izoh. Mablagʻlarni manbalar (investitsiyalar, kreditlar, budjet mablagʻlari va boshqalar) boʻyicha oʻzlashtirish jadvali ilova qilinishi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
XMII va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish REGLAMENTI
T/r
Tayyorlash va amalga oshirish bosqichlari
Nazorat muddatlari
Masʼul organ
I. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligini oldindan ishlab chiqish va asoslash — muddat 2 oygacha
1
Tarmoq va hududni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish
Reglamentga muvofiq
Vazirlik/idora (loyiha tashabbuskori)
2
Ayrim loyihalarni amalga o�irishning iqtisodiy samaradorligini oldindan ishlab chiqish
Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti
3
Dastlabki hisob-kitoblarni ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqni idoralararo kelishib olish
1 hafta
Vazirlik/idora
4
Tashabbuskor tomonidan loyihaning dastlabki hisob-kitoblari tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga va vakolatli ekspertiza organlariga (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga) kiritish
1 oy
Vazirlik/idora
5
Loyihani koʻrsatib oʻtilgan dastlabki shartlarda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida vakolatli ekspertiza organlari xulosalarini olish
3 hafta (reglamentga muvofiq
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
6
Tashabbuskor tomonidan kamchiliklarning bartaraf etilishi
Ekspertiza yakunlariga koʻra
Vazirlik/idora
II. TIA/TIH* ishlab chiqish — muddat 3 oygacha
7
Loyiha TIAni ishlab chiqish boʻyicha moliyalashtirish manbalarini belgilash
3 oygacha
Vazirlik/idora
8
TIA/TIHRni ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqni ichki idoraviy kelishib olish
Vazirlik/idora
9
Loyihaning yakuniy TIA/TIHni tayyorlash
Vazirlik/idora
III. Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarini ekspertizadan oʻtkazish, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olish va tasdiqlash tartib-qoidalarini amalga oshirish — muddat 2 oygacha
Ichki ekspertiza
1 hafta
Vazirlik/idora
10
Maʼqullash uchun Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentiga kiritish
Vazirlik/idora
11
Kamchiliklarni bartaraf etish va Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentining maʼqullashi
1 hafta
Vazirlik/idora
Tashqi ekspertiza
3 hafta
Vazirlik/idora
12
Loyihalarning TIA/TIH boʻyicha vakolatli ekspertiza organlaridan (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, vakolatli bank) loyihani ishlab chiqilgan yakuniy shartlar bilan amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani olish
13
Tashabbuskor tomonidan TIA/TIH boʻyicha kamchiliklarning bartaraf etilishi �
Ekspertiza yakunlariga koʻra
Vazirlik/idora
14
Loyiha TIA/TIH parametrlarini vakolatli ekspertiza organlari bilan belgilangan tartibda kelishish
1 hafta
Vazirlik/idora
Loyihaning TIAni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi
10 kun
Vazirlik/idora
15
Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishib olish
16
Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash yuzasidan kelishilgan Hukumat qarorining kelishilgan loyihasini Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentiga kiritish
1 hafta
Vazirlik/idora
17
Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilish
Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq
Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti
IV. Loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini qidirib topish va kelishib olish — muddat 3 oygacha
18
Loyihani moliyalashtirish (zarurat boʻlganda qoʻshimcha moliyalashtirish) manbalarini ishlab chiqish
1 hafta (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
* Ishlar XMII/kreditor tartib-qoidalari boʻyicha Loyihani boshqarish toʻgʻrisidagi hujjatni tayyorlash bilan bir vaqtda olib boriladi.
T/r
Tayyorlash va amalga oshirish bosqichlari
Nazorat muddatlari
Masʼul organ
20
Moliyaviy institutlar bilan moliyaviy qarz mablagʻlari ajratish shartlarini ishlab chiqish
4 hafta (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda)
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
21
Moliyaviy institutlarning baholash hisobotlari asosida tegishli dastlabki bitim (oʻzaro anglash toʻgʻrisidagi memorandum, umumiy bitim)ni imzolash
1 oy (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda
Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiluvchi kompleksi rahbari yoxud vakolatli mansabdor shaxs
Asosiy moliyaviy institut
Moliyaviy institut tomonidan belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda
vazirliklar va idoralar jalb etilgan holda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti
22
Loyihani Moliyaviy institutning Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritishni taʼminlash yuzasidan muzokara jarayonini olib borish, shuningdek qarz bitimi, zarur boʻlganda loyiha va kafolat bitimi matnlarini kelishib olish
23
Loyihani Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida moliyaviy institutning dastlabki roziligini olish
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Qoʻshimcha moliyalashtiruvchi organ
Moliyaviy institut tomonidan belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda
vazirliklar va idoralar jalb etilgan holda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti
24
Loyihani Moliyaviy institutning Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritishni taʼminlash yuzasidan muzokara jarayonini olib borish, shuningdek qarz bitimi, zarur boʻlganda loyiha va kafolat bitimi matnlarini kelishib olish
25
Loyihani Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida moliyaviy institutning dastlabki roziligini olish
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
26
Loyihaning XMII Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi
Moliyaviy institut Direktorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi
V. Loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorini kelishib olish va qabul qilish — muddat 1 oygacha
27
Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasini tayyorlash
1 hafta
Vazirlik/idora
28
Vazirlar Mahkamasi qarorini vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish
2hafta
Vazirlik/idora
29
Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish
30
Qabul qilingan Hukumat qarorini bajarish boʻyicha nazorat rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
3 kun
Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti
VI. Moliviy bitimlar tuzish — muddat 1 oygacha
31
Moliyaviy institut bilan qarz bitimini imzolash
Moliyaviy institut bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha
Vazirlar Mahkamasi kompleksi rahbari/Moliya vazirligi
32
Zarurat boʻlganda loyiha va kafolat bitimlarini imzolash
Moliyaviy institut bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha
Moliya vazirligi, vakolatli bank Vazirlik/idora
VII. Tender savdolari tartib-qoidalarini bajarish, moliyalashtirishni, investitsiya jarayonini va moliyaviy mablagʻlarni oʻzlashtirishni boshlash – muddat 3 oygacha
33
Loyihani Investitsiya loyihasining aniq qismiga kiritish
Reglamentga muvofiq
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi
34
Tender hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash
1 oy
Vazirlik/idora
35
Etkazib beruvchilarni tanlab olish boʻyicha tender oʻtkazish
Vazirlik/idora
36
Tender natijalarining XMII/kreditor tomonidan maʼqullanishi
Moliyaviy institutlar tartib-qoidalarini hisobga olgan holda
37
Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida kontraktlar tuzish
2 hafta
Vazirlik/idora
38
Loyiha doirasida import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va xulosa berish
2 hafta / reglamentga muvofiq
Tashqi iq�isodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, vakolatli bank
39
XMII tomonidan moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) boshlanishi va davlat budjeti mablagʻlari ajratish
Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish yakunlariga koʻra
Moliya vazirligi (budjet mablagʻlari qismi boʻyicha)
Izohlar:
1. Loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida ijro etuvchi agentlik Vazirlar Mahkamasining mutasaddi departamenti bilan kelishgan holda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi tizimining yagona kompyuterlashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va unga oʻzgartirishlar kiritish maqsadida loyihaning joriy holati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
2. Loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning majburiy bosqichlari cheklangan muddatlari Vazirlar Mahkamasining mutasaddi departamenti bilan kelishgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 3-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Asosiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek muruvvat loyihalari monitoringi masalalarini belgilaydi va tartibga soladi.
2. Muruvvat yordami — bu aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar hamda boshqa favqulodda hodisalar oqibatlarini tugatish uchun beriladigan maqsadli begʻaraz koʻmakning bir turidir.
Muruvvat yordami tibbiyot tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmol tovarlari va boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek grantlar, ixtiyoriy ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan muruvvat yordami yuklarini transportda tashish, kuzatib borish va saqlash shaklida koʻrsatiladi.
Muruvvat yordami sifatida olingan tovarlar bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalari amalga oshirilgandan keyin oluvchilar tomonidan “Muruvvat yordami” yozuvini qayd etgan, oluvchining rekvizitlarini koʻrsatgan holda tamgʻalanadi.
Muruvvat yordami xorijiy davlatlar, ularning federal yoki munitsipal tuzilmalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda donorlar deb ataladi) tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Budjet, nodavlat notijorat tashkilotlari va faoliyati foyda olishga yoʻnaltirilmagan boshqa yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda oluvchilar deb ataladi) keyinchalik respublika isteʼmolchilari oʻrtasida taqsimlash maqsadida muruvvat yordamining oluvchilari boʻlishi mumkin.
Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar dasturlar va donorlar bilan tuzilgan dasturlar va bitimlar yoki muruvvat yordami bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Kompleks deb ataladi) qarorlari asosida aniqlanadi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
Tamaki mahsulotlari, vino-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, harbiy maqsaddagi tovarlar, shuningdek olib kelinishi taqiqlangan tovarlar muruvvat yordami yuklari jumlasiga kiritilishi mumkin emas.
Muruvvat yordami yuklarining pul ifodasidagi qiymatidan asosan bojxonada rasmiylashtirish maqsadlari uchun foydalaniladi.
3. Oʻzbekistonda muruvvat yordami koʻrsatuvchi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilinadi. Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining xulosasi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilot vakolatxonasi yoki filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
4. Kompleks rahbarining muruvvat yordami masalalari boʻyicha qarorlari vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Muruvvat yordamini muvofiqlashtirish ishlari tezkor bajarilishini tezkor taʼminlash maqsadida shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadigan doimiy ishlaydigan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etiladi.
5. Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, bojxonada rasmiylashtirish, transportda tashish, toʻplash, saqlash, xatlovdan oʻtkazish, yuklarning xavfsizligi boʻyicha qoʻriqlash va boshqa karantin tadbirlarini oʻtkazish, muruvvat yordamini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan samarali, maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi);
ijtimoiy soha vazirliklari va idoralari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda tarmoq komissiyalari deb ataladi) yuklanadi.
6. Muruvvat yordamidan belgilanmagan maqsadda foydalanishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
II. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi
7. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Muruvvat yordami olinishidan oldin maxsus ekspert komissiyasi tomonidan bu yordamning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
8. Muruvvat yordami sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan yuklarni bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq, Departamentning koʻrsatilgan yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan muruvvat yordami yuklari va yuklarni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Departamentga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga va Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik deb ataladi) taqdim etiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay Gʻaznachilikka insonparvarlik yordami olinganligi va foydalanilganligi toʻgʻrisidagi yigʻma axborotni taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
dastur yoxud donor tashkilot bilan muruvvat yordami boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
yukni joʻnatuvchining yuk muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi invoysi (schyot-faktura);
yukni oluvchining yukning foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi xati;
yoʻl-transport yuk xatlari;
zaruriyat boʻlganda, karantin va boshqa inspeksiya xizmatlarining yukning qonun hujjatlariga muvofiq respublikaga keltirilishiga ruxsat etilgan yuklar roʻyxatiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
10. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosalar Departamentning protokol tarzidagi qarori rasmiylashtiriladi.
Muruvvat yordami yuklarini bojxonada tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida Departamentning masʼul xodimlaridan tayinlangan muvofiqlashtiruvchi tomonidan ularning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi dastlabki xulosasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi, keyinchalik mazkur xulosa Departamentning protokoli bilan tasdiqlanadi.
11. Aeroportlarda, temir yoʻl va avtotransport stansiyalarining omborlaridagi muruvvat yordami yuklaridan saqlash, xabardor qilish, bojxona tartib-qoidalari, deklaratsiyalash, bekor turib qolish, tushirish-yuklash ishlari va boshqa xizmatlar uchun bojlar, yigʻimlar va boshqa xil toʻlovlar olinmaydi.
12. Muruvvat yordami yuklari sifatini va ularning xavfsizligini nazorat qilish belgilangan tartibda, toʻlov undirmasdan davlat nazoratining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Muruvvat yordami yuklarining ularni tashish vaqtidagi saqlanishi tegishli transport tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tomonidan, toʻlov undirmasdan taʼminlanadi.
14. Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar muruvvat yuklarining hisobga olinishini, saqlanishini, ulardan maqsadli foydalanilishini va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini taʼminlashga majburdirlar.
15. Hududiy va tarmoq komissiyalari Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun Departamentga muruvvat yordami yuklarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash boʻyicha takliflar taqdim etadilar, ular har yili beriladigan buyurtmanomalarga muvofiq boʻlishi (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha), shuningdek donor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning takliflariga, xalq deputatlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari soʻrovlariga asoslanishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
16. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularni aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash ustidan nazorat hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Muruvvat yordami yuklarini oluvchi budjet tashkilotlari boʻyicha nazorat, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Hududiy va tarmoq komissiyalarining, shuningdek yuqori budjet tashkilotlarining insonparvarlik yordami yuklaridan maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish natijalari boʻyicha hisoboti hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi Departamenti deb ataladi) taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
17. Huzurida tarmoq komissiyalari va hududiy komissiyalar tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga muruvvat yordami yuklari olingani va ulardan maqsadli foydalanilgani toʻgʻrisida har chorakda Davlat statistika hisoboti shakli boʻyicha hisobotlar taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Ishchi guruh bilan birgalikda hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni yigʻma statistika hisoboti tarzida umumlashtirishni taʼminlaydi.
Huzurida tegishli tarmoq komissiyalari va hududiy komissiyalar tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek oluvchilar Gʻaznachilikka insonparvarlik yordami yuklari olinganligi va ulardan maqsadli foydalanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha va muddatlarda taqdim etadilar.
Gʻaznachilik hududiy va tarmoq komissiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, shuningdek oluvchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar umumlashtirilishi va Moliya vazirligi Departamentiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
18. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini tekshirishlar belgilangan tartibda, Ishchi guruh tomonidan Departament tasdiqlagan jadval boʻyicha, zaruriyat boʻlganda, mustaqil ekspertlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi vakillarini jalb etgan holda oʻtkaziladi.
19. Muruvvat yordami yuklarining oluvchilari yoki isteʼmolchilari hisoblanadigan budjet tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlarni oʻtkazish vaqtida davlat moliya organlari tomonidan ularni tekshirish rejalariga muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish ham kiritiladi.
20. Oʻtkazilgan tekshirishlar yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, unda muruvvat yordami yuklarini bojxonada rasmiylashtirish, qabul qilish, hisobga olish va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash talablariga muvofiqlik, shu jumladan:
muruvvat yordami yuklarini saqlash va taqsimlash sharoitlari;
muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarda tamgʻaning mavjudligi;
olingan muruvvat yordami yuklari boʻyicha hisobga olish hujjatlarining (hisobga olish daftarlari, kitoblari, vedomostlar va shu kabilar) mavjudligi va toʻliqligi;
muruvvat yordami yuklari isteʼmolchilarining yuklarning olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holdagi nomlari koʻrsatilgan roʻyxatlarini tuzish;
muruvvat yordami sifatida olingan foydalanilmagan tovarlar miqdorining hisobi, sabablari, foydalanishga yaroqlilik muddati oʻtib ketgan tovarlar (mahsulotlar)ni koʻrsatgan holda;
fuqarolarning xatlari va shikoyatlari boʻyicha ishlarning amalga oshirilganligi aks ettiriladi.
III. Muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish tartibi
21. Muruvvat loyihalari amalga oshirilishi monitoringi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
22. Donorlar tomonidan muruvvat yordami doirasida berilgan mablagʻlar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirish muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringining maqsadi hisoblanadi.
23. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari muruvvat loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻadi, ishlaydi va umumlashtiradi hamda ushbu maʼlumotlarni muntazam ravishda Departamentga va Gʻaznachilikka taqdim etadi.
Ishchi guruh taqdim etilgan axborotni tahlil qiladi, har yili yigʻma hisobot tuzadi va Kompleks rahbari uchun ustuvor loyihalar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha Moliya vazirligi bilan kelishgan holda takliflar tayyorlaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
24. Muruvvat loyihalarining ustuvor roʻyxatini donorlarga yuborish Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda respublikada akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi.
Donorlar tomonidan muruvvat loyihasini amalga oshirishdan manfaatdorlik tasdiqlangan taqdirda tegishli ijrochi hududiy va tarmoq komissiyalari orqali dasturni tayyorlash va amalga oshirishning asoslangan reja-jadvalini protokol bilan tasdiqlash uchun Departamentga joʻnatadi.
25. Muruvvat loyihalari monitoringining muntazam ravishda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat hududiy va tarmoq komissiyalariga yuklanadi.
26. Muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish quyidagi hujjatlarni tayyorlash va yigʻish, shuningdek tasdiqlashni taʼminlashni nazarda tutadi:
a) Reja-jadval (ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
b) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot (ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
v) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati (ixtiyoriy shaklda), unda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
loyiha toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (tarmoq sektori, loyihaning nomi, uning joylashgan joyi va kutilayotgan natijalari, muruvvat loyihasining ijrochilari, amalga oshirish davri, smeta qiymati, moliyalashtirish manbalari);
moliyalashtirishning borishi va ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, muruvvat loyihasini amalga oshirishda paydo boʻlgan muammolar toʻgʻrisida axborot;
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
qoʻyilgan maqsadlarga erishilganligi va prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
27. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan hisobotlar Departamentga, Gʻaznachilikka va Davlat statistika qoʻmitasiga:
(27-band birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot va Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati — hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan tartibda va muddatlarda Gʻaznachilikka insonparvarlik yordami toʻgʻrisidagi statistik axborotni taqdim etadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Muruvvat dasturlarini amalga oshirish maqsadida muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiya buyurtmanomasining namunaviy shakli
1. Sarvaraq
a) dasturning nomi
b) hududiy komissiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (manzili, telefon, faks)
v) dasturning boshlanishi va tugallanishi sanalari
g) loyihaning jugʻrofiyasi (u qayerda amalga oshiriladi)
d) dasturning qiymati
2. Muammoning qoʻyilishi
3. Dasturning maqsadi va vazifalari
4. Dasturni amalga oshirish usullari va bosqichlari
5. Dastur monitoringi usullari
6. Kutilayotgan natijalar va ularni baholash mezonlari
7. Dasturning budjeti
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyasining muruvvat yordami olishga buyurtmanomasining NAMUNAVIY ShAKLI
1) Tarmoq komissiyasining nomi
2) Muruvvat yordami sifatida olinayotgan tovarlarning soʻralayotgan guruhi nomi
(Masalan: dori-darmonlar va tibbiyot anjomlari)
3) Necha marta murojaat qilingan
(Buyurtmanoma birinchi buyurtmanoma yoki takroriy ekanligi koʻrsatilsin. Agar buyurtmanoma takroriy boʻlsa, qaysi xalqaro tashkilotga va qachon murojaat qilinganligi koʻrsatilsin)
4) Talab etiladigan muruvvat yuklari soʻrovi uchun shakl
MURUVVAT YORDAMINI OLUVChILAR
MURUVVAT YORDAMINING TALAB ETILGAN YuKLARI ROʻYXATI
KOMPLEKTLAR SONI
Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Nogironlar aravachalari
10
5) Etkazib berishning kutilayotgan muddatlari
6) Muruvvat yordamidan foydalanish monitoringi usullari
(Masalan: bevosita oluvchilardan soʻrab chiqish, taqsimlash joyiga boruvchi komissiyalar, oluvchi tashkilotlar hisobotlari, boshqalar)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Muruvvat loyihasini tayyorlash va amalga oshirish reja-jadvali
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura koʻrsatkichini oʻlchash birligi
Bajarilish \ moliyalashtirish hajm
Loyiha boʻyicha hammasi
Shu jumladan yillar boʻyicha
Tadbirlar (ishlar turi)
Rejalashtirilayotgan yil boshlangungacha
Rejalashtirilayotgan bir yilga
Prognoz
Bir yilga hammasi
Shu jumladan choraklar boʻyicha
2-yil-ga
3-yil-ga
Undan keyingi yillarga
I
II
III
IY
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Izoh: Loyiha qismlari boʻyicha tadbirlar (ishlar turlari)ni bajarish va moliyalashtirishning rejadagi hajmlari jadvalga kasr shaklida kiritiladi, tegishli oʻlchov birliklaridagi naturadagi koʻrsatkich surat, maxraj esa – valyutadagi moliyalashtirish summasi. Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Muruvvat yordami boʻyicha ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
T/r
Loyiha qismining nomi
Natura ifodasida ish turlari
Naturadagi koʻrsatkichning oʻlchov birligi
Natura ifodasida ishlarni bajarish hajmi
Hisobot choragidagi oʻzlashtirish hajmi Soʻm yoki AQSh dollari
Yil boshidan boshlab
Shu jumladan hisobot choragida
reja
amalda
reja
amalda
reja
amalda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Izoh: Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 4-ILOVA
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmagi:
tovarlar (asbob-uskunalar) xarid qilish uchun;
maslahat xizmatlari koʻrsatish uchun;
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlari va xorijiy investorlarning qarzlari va investitsiyalari jalb qilingan holda amalga oshiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun;
taʼlim beruvchi dasturlar (trening)ni amalga oshirish uchun grantlar shaklida beriladi.
3. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish monitoringi
4. Texnik koʻmakni oluvchi vazirlik yoki idora (ijro etuvchi agentlik) xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari tomonidan texnik koʻmaklashish granti maʼqullanishi toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilgandan keyin ikki hafta muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamenti (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi Departamenti deb yuritiladi) Moliya vazirligi bilan kelishilgan hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan:
(4-band birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
a) texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasini;
b) grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvalini taqdim etadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va mintaqalari boʻyicha axborotlarni turkumlash va texnik koʻmaklashishdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Moliya vazirligi Departamentiga texnik koʻmakni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shakl boʻyicha taqdim etadi (ushbu Nizomga 2-ilova).
Davlat statistika qoʻmitasi Davlat statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan muddatlarda statistik kuzatuvni tashkil etadi hamda olingan va oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari toʻgʻrisidagi statistik hisobotlarning umumlashtirilgan maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb yuritiladi), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga, shuningdek toʻlov balansi statistikasiga kiritish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
(6 va 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
8. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi loyihalarni amalga oshirishda xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarini jalb etish hamda ularning majburiyatlari bajarilishining doimiy monitoringini amalga oshiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish loyihasini moliyalashtirish boʻyicha qabul qilgan qarorlari toʻgʻrisida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tushayotgan axborot toʻgʻrisida Moliya vazirligi Departamentiga oʻz vaqtida xabar beradi.
Moliya vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 27-kunidan kechikmay xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
9. Grant mablagʻlari hisobiga tovarlar va xizmatlar sotib olish xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi va ular uchun haq, qoidaga koʻra, ular qarorgohlarda ochilgan tegishli hisob raqamlaridan toʻgʻridan toʻgʻri toʻlanadi. Grant mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasida oluvchilar hisob raqamlariga ularning faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida maxsus ochilgan hisob raqamlariga tushadi.
10. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlar (xizmatlar)ni bojxonada rasmiylashtirish ular bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida tuzilgan bitimlarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi agentliklar uch kun mobaynida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi Departamentiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlar (xizmatlar) tushganligi toʻgʻrisida axborot beradi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Tovarlar (xizmatlar)ning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmagiga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosa zarurligi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bayon qilingan taqdirda bojxonada rasmiylashtirish maqsadida ijro etuvchi agentliklarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari oʻrtasidagi tegishli bitimlarni oʻrganib chiqish asosida beriladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi berilayotgan xulosalarning hisobga olinishi va ularning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida tuzilgan bitimlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
11. Texnik koʻmaklashish loyihalari tugallangandan keyin ijro etuvchi agentliklar bir oy muddatda Moliya vazirligi Departamenti hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga loyihaning erishilgan maqsadlarini, iqtisodiy samarasini, balansga qabul qilinganligi va yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish yoʻnalishlarini aks ettiruvchi texnik koʻmaklashish loyihasi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi ijro etuvchi agentlikning rahbari tomonidan tasdiqlangan yakunlovchi hisobotni, shuningdek loyiha natijalarini qoʻllashga doir chora-tadbirlar rejasini taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
III. Grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
12. Grant mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbari zimmasiga yuklanadi.
13. Texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishini koʻrib chiqish ijro etuvchi agentliklar va manfaatdor tomonlarning vakillari taklif etilgan holda har chorakda kamida bir marta Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi Departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
14. Grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha ijro etuvchi agentliklar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
15. Ijro etuvchi agentliklar tomonidan grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Texnik koʻmak, shu jumladan pul shaklida koʻmak olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda Gʻaznachilikka, davlat soliq xizmati organlariga grant mablagʻlaridan foydalanilishini aks ettiruvchi hisobotni, budjet mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot singari hisobot taqdim etadilar.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
16. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish, grant mablagʻlaridan samarasiz va boshqa maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilishida, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmagini oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 200__ yil ___ choragi uchun
Mablagʻlarni oluvchi
Grantning tartib raqami yoki kodi
Grantning nomi
Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institut/ xorijiy hukumat tashkilotining nomi
Grant mablagʻlaridan foydalanish boshlangan sana
Grant summasi (ming AQSh dollari)
1
2
3
4
5
6
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri _______________ 200__ y. _________
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga 5-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) 8-bandi, shuningdek qarorga 7-ilova.