Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son
Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son Farmoni 1-bandining
toʻrtinchi xatboshidagi “yagona soliq” soʻzlari “yagona soliq toʻlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoni
9-bandidagi “(ularning katta-kichikligidan qatʼi nazar)” soʻzlari “mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga daxldor boʻlmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoni 1-bandining
birinchi xatboshidagi “yagona soliq” soʻzlari “yagona soliq toʻlovi yoki yagona soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.