1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi PF–3761-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilning 1-oktabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2005-yil 14-sentabrdagi PF–3659-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Boshlangʻich razryadning eng kam oylik ish haqining belgilangan tarif stavkasi mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-oktabr,
237-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 330-modda)