1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.02.00 (Кучини йукотган) Yagona ijtimoiy toʻlov / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.03.00 (Кучини йукотган) Fuqarolarning Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.04.00 (Кучини йукотган) Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEhNAT VA AhOLINI IJTIMOIY MUhOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
YaGONA IJTIMOIY TOʻLOVNI HAMDA DAVLAT IJTIMOIY SUGʻURTASIGA MAJBURIY BADALLAR VA AJRATMALARNI HISOBLASh, TOʻLASh VA TAQSIMLASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-mayda 1333-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 9-avgustdagi 46, 49, 2011-24, 23/1-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1333-4, 09.09.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi 2004-yil 25-fevraldagi 35, 74, 2004-24 va 245-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yagona ijtimoiy toʻlovni hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, toʻlash va taqsimlash toʻgʻrisida”gi nizomga (2004-yil 6-aprel, roʻyxat raqami 1333 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 14, 26-son, 172, 306-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.