Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1993-yil 7-maydagi
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Moddiy madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish komitetini tuzish haqida” 1957-yil 30-avgustdagi 557-son qarorining 6-bandi;
SSSR Ministrlar Sovetining “Tomoshaxonalardan olinadigan soliqni bekor qilish haqida va kinofilmlar koʻrsatishdan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq toʻgʻrisida” 1975-yil 10-martdagi 194-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1975-yil 15-apreldagi 207-son qarori (OʻzSSR QT, 1975-y., 4-son, 12-modda);
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining “Kolxoz bozorlarida bir yoʻla olinadigan yigʻim toʻgʻrisida” 1981-yil 30-iyundagi Farmonini ijro etish tartibi haqida” 1981-yil 20-iyuldagi 579-son qarori (OʻzSSR QT, 1981-y., 7-son, 22-modda).