Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Pul muomalasini yanada tartibga solish va “Soʻm-Kupon” kursini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yil 16-dekabrdan boshlab non, un, goʻsht, sut, guruch, qand-shakar, choy, oʻsimlik moyi, shuningdek, boshqa barcha oziq-ovqat tovarlari faqat “Soʻm-Kuponlar”ga sotiladi.
2. Rossiya Bankining 1993-yil namunasidagi barcha qiymatdagi pullari 1993-yil 16-dekabrdan boshlab oziq-ovqat tovarlarini sotishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilinmaydi. Ayni paytda mazkur pullardan toʻlovlarning qolgan barcha turlari uchun, shu jumladan, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar uchun haq toʻlashda “Soʻm-Kuponlar” bilan bir qatorda toʻlov vositasi sifatida cheklashlarsiz foydalanish saqlab qolinadi.
1994-yilning 1-yanvarigacha nooziq-ovqat tovarlarni sotishda va xizmatlar koʻrsatishda aholidan, “Soʻm-Kuponlar” bilan bir qatorda, SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar namunasidagi qiymati 1,3,5,10 va 25 rubl boʻlgan pullari qabul qilinaveradi.
3 Bank muassalari va ular huzuridagi komissiyalar kundalik doimiy inkassatsiyalash chogʻida savdo tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat tovarlarini sotishning belgilangan tartibiga rioya qilishini qattiq nazorat qilsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 1993-yil namunasidagi Rossiya rubllarini “Soʻm-Kuponlar”ga 1:1 nisbatida, shuningdek, almashtirish fondi (ularni xarid qilish hajmi) doirasida “Soʻm-Kuponlar”ni Rossiya rubllariga almashtiradigan maxsus punktlar tarmogʻini kengaytirsin.