1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI BARTER ASOSIDA AMALGA OSHIRISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda ekvivalent boʻlmagan tovar ayirboshlashni bartaraf etish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiisteʼmolliklarga chek qoʻyish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
1-roʻyxatga* muvofiq soliq solinadigan barter shartnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidan olib ketish taqiqlangan tovarlar nomenklaturasi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
ilovaga muvofiq barter asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va barter shartnomalari boʻyicha chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni toʻlash tartibi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari]
1993-yilning 25-mayigacha tuzilgan barter shartnomalari chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni toʻlamasdan nihoyasiga yetkaziladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter)]
mazkur qarorning amal qilishi tovar oboroti davlatlararo va hukumatlararo bitimlar va shartnomalar bilan tartibga solinadigan chet mamlakatlar firmalari va sobiq SSSRning subyektlari boʻlgan davlatlar korxonalari bilan tuzilgan barter shartnomalariga joriy qilinmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda oʻn kun muddatda barter shartnomalarini hisobga olish uchun maxsus hisob raqamlari ochish tartibini ishlab chiqsin.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda barter shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot shaklini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin.
5. Vazirlar Mahkamasi majmuilarining rahbarlari mazkur qaror qoidalarini buzganlik uchun shaxsan javob berishlari haqida ogohlantirilsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga aniqlangan tartib buzilishlari va ularning oldini olish yuzasidan qurilgan choralar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasini muntazam ravishda xabardor qilib turish tavsiya qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oʻzlarining yoʻriqnoma va meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga moslashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 25-oktabr,
520-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qaroriga ILOVA
Barter asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va barter shartnomalari boʻyicha chet el valyutasida olingan tushumlarga solinadigan soliqni toʻlash
TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.06.00 Boshqa soliqlarning qoʻllanilishi]
1. Kelishib olingan miqdordagi bir tovarni boshqa bir tovarga oʻzaro hisob-kitoblarni valyutada amalga oshirmasdan almashtirishni nazarda tutuvchi shartnoma barter shartnomasi hisoblanadi. Shartnomada oʻzaro yetkazib beriladigan tovarlarning miqdori va qiymati yoxud tomonlar ekvivalentlik asosida yetkazib berish majburiyatini olgan tovarlarning summasi oldindan kelishib qoʻyiladi.
2. Oʻzaro yetkazib beriladigan tovarlarning qiymatini aniqlashda narxlar jahon narxlari asosida transportga ortish, sugʻurta qilish xarajatlari va yetkazib berish muddatlari hisobga olingan holda belgilanadi.
3. Barter shartnomasi asosida olib ketiladigan tovarlarning chet el valyutasidagi qiymati summasi soliq solish obyekti hisoblanadi. Soliq solinadigan baza Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter)]
4. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan ruxsat etilgan barter shartnomasi markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomasi hisoblanadi.
II. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari boʻyicha markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomalarini tuzish va ularni bajarish tartibi
5. Vazirlar Mahkamasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining respublikaning birinchi navbatdagi ehtiyojlari uchun markazlashtirilgan tartibda xarid qilinadigan tovarlar hajmlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib olingan takliflarini tasdiqlaydi.
6. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlariga muvofiq markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomalari boʻyicha chet el valyutasida olingan tushumdan soliq undirilmaydi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
7. Korxonalar, birlashmalar, uyushmalar va konsernlarning ehtiyojlari uchun markazlashtirilgan tartibda tovarlar xarid qilish maqsadida buyurtmachilar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga murojaat qiladilar, uning xulosalari asosida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi chiqariladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomalarini hisobga olish uchun Respublika valyuta fondining maxsus hisobi ochiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter)]
9. Barter shartnomasi boʻyicha tovar yetkazib berish bojxona organlariga barter shartnomasining Respublika valyuta fondining maxsus hisobida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi taqdim etilgandan soʻng shartnoma shartlariga va Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Bojxona organlari eksport-import qilinadigan tovarlarni rasmiylashtirgandan soʻng har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yigʻma reyestrlarni, shuningdek, barter operatsiyalari toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotlarni “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga yuboradilar.
III. Soliq solinadigan barter shartnomasini tuzish va uni bajarish tartibi
11. Barter shartnomalari boʻyicha eksportga tovar yetkazib berish uchun tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari tovarni roʻyxatga olish varaqasida belgilangan nomenklatura boʻyicha mustaqil ravishda qidirib topadilar. 1-roʻyxatdagi tovarlarni barter shartnomasi boʻyicha Oʻzbekistondan chetga olib ketish taqiqlanadi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz mintaqalarining talablaridan kelib chiqib, barter shartnomalari boʻyicha keltirish uchun tavsiya qilingan tovarlar nomenklaturasini belgilaydilar. Bunda 2-roʻyxatda keltirilgan tovarlarga koʻproq ustunlik berilishi kerak.
13. Barter shartnomasini roʻyxatga olish viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli boʻlinmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqa boʻlimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
14. Barter shartnomasi boʻyicha mahsulot yetkazib berish tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi tomonidan bojxona organlariga oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankda barter shartnomasini hisobga olish uchun maxsus hisob ochilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma topshirilgandan soʻng shartnoma shartlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Bojxona qoʻmitasining hududiy organlari eksport-import qilinadigan tovarni rasmiylashtirganlaridan soʻng har oyda yigʻma reyestrni tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisining bankiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, shuningdek, barter operatsiyalari toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga yuboradilar.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.02.00 Ayirboshlash (Barter);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.06.00 Boshqa soliqlarning qoʻllanilishi]
16. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi barter shartnomasi boʻyicha eksport-import operatsiyalari tugagandan soʻng oʻn kun muddatda oʻz valyuta mablagʻlaridan yoki valyutani valyuta bozoridan sotib olish hisobiga Respublika valyuta fondiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli valyuta fondlariga belgilangan tartibda soliq toʻlaydi.
17. Chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliq oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisiga nisbatan chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalar qoʻllaniladi.
18. Mazkur tartibni buzgan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
19. Ushbu tartibni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan nashr etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., № 10, 37-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)