Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligini yaxshilash hamda ularning hosildorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining urugʻchilik xoʻjaliklari tomonidan 1995-yil hosilidan 52 ming tonna hajmdagi navli urugʻlarni davlat resurslariga sotish va urugʻchilik xoʻjaliklarini viloyatlar boʻyicha 1 va 2-ilovalarga
* koʻra joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, respublika xoʻjaliklari tomonidan 1995-yil hosilidan 286,4 ming tonna miqdorida boshoqli don ekinlari urugʻi 3-ilovaga
* muvofiq toʻplanadi.
3. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Gʻalla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, 1995-yil hosilidan boshlab, har yili ixtisoslashtirilgan urugʻchilik xoʻjaliklariga, uchastkalar va brigadalarga elita va birinchi reproduksiya urugʻlarni 4-ilovaga
* muvofiq miqdorlarda sotishni taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari hokimliklari “Gʻalla” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga dastlabki urugʻchilikni tashkil etish uchun 400-500 gektardan sugʻoriladigan yer maydonlari ajratsinlar.
5. Buxoro, Qashqadaryo, Andijon viloyatlarida gʻalla ilmiy-tadqiqot institutining boʻlimlarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
6. Urugʻchilik xoʻjaliklarining boshoqli don ekinlari urugʻlari yetishtirishdagi manfaatdorliklarini oshirish maqsadida don uchun amaldagi xarid narxlariga elita urugʻlar sotishda — 150 foiz, birinchi reproduksiya urugʻlarni sotishda — 120 foiz, ikkinchi-uchinchilarga — 100 foiz, toʻrtinchi-beshinchilarga — 50 foiz miqdorida ustamalar belgilansin.
7. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzmashsanoat” uyushmasi urugʻchilik xoʻjaliklarini urugʻ tayyorlash uchun ularning buyurtmalariga koʻra urugʻ tozalovchi texnika, boshqa mashina va mexanizmlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi don ekinlari seleksiyasi boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy negizni mustahkamlash va respublikada urugʻchilikni rivojlantirish uchun har yili zarur boʻlgan mablagʻ va moddiy resurslar ajratishni nazarda tutsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.