Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
SSSR Davlat banki va Rossiya Bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qogʻoz pullari sobiq SSSRning amalda barcha mamlakatlarida muomaladan toʻxtatilganligi munosabati bilan va respublikada ichki isteʼmol bozorini himoya qilish hamda pul muomalasini mustahkamlash maqsadida, shuningdek, mazkur masala yuzasidan ilgari qabul qilingan qarorlarga qoʻshimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1993-yilning noyabr oyi uchun navbatdagi ish haqi va boshqa pul toʻlovlari shu yilning 29-noyabridan boshlab toʻliq “Soʻm-Kuponlar” bilan toʻlanadi.
2. 1993-yilning 1-dekabridan Oʻzbekiston Respublikasining hududida SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl boʻlgan qogʻoz pullarini barcha turdagi toʻlovlarga qabul qilish toʻxtatilishi belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining qoʻlida muomalada boʻlgan mazkur qiymatlardagi qogʻoz pullardan quyidagicha foydalanish mumkin:
a) 1993-yilning 1-dekabrigacha — Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son
qaroriga muvofiq (ushbu qarorning
1-ilovasiga kirmagan, qiymati 25 ming rublgacha boʻlgan tovarlar va xizmatlar haqini toʻlashda);
b) Jamgʻarma bankining hamma muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining doimiy propiskasi boʻlgan fuqarolaridan quyidagi tartibda qabul qilinadi:
— birinchi marta omonatga pul qoʻyuvchi fuqarolar uchun pullar 200 ming rublgacha miqdorda - 1993-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi;
— shaxsiy schyotlari boʻlgan fuqarolar uchun 1993-yilning 1-dekabridan 4-dekabrigacha oʻz omonatlarini 200, 500, 1000 rubllik pullar bilan 200 ming rublga qadar yetkazib toʻldirishlariga ruxsat beriladi;
— 200 ming rubldan oshadigan mablagʻ 1993-yilning 4-dekabriga qadar alohida maxsus foizsiz schyotga cheklovlarsiz oʻtkaziladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki 1993-yilning 1-dekabridan boshlab SSSR Davlat bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi qiymati 200, 500 va 1000 rubl boʻlgan qogʻoz pullarini muomalaga chiqarishni toʻxtatsin hamda korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning shu qiymatdagi qogʻoz pullarning kassalardagi qoldiqlarini topshirish tartibini belgilasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki va Jamgʻarma banki aholining omonatlaridan “Soʻm-Kuponlar” berish tartibi va muddatlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, Jamgʻarma banki, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning ijrosi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar.