Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summasi toʻlov kunida qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravarini tashkil etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
4. Belgilansinki, sugʻurta mukofoti Davlat soliq qoʻmitasi (sugʻurta qildiruvchi) tomonidan vakil qilingan sugʻurtalovchiga sugʻurta qilinishi kerak boʻlgan sugʻurta qildiruvchining har bir xodimiga toʻlash paytida amal qilgan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
5. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi (vakil qilingan sugʻurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sugʻurtasini amalga oshirishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi (vakolatli sugʻurtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sugʻurtasi oʻtkazishni 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
6. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasiga tegishli hujjatlarning nusxalari va sugʻurta zaxiralari mablagʻlari 2003-yil 1-fevralgacha “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga berilishini taʼminlasin.
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi hujjatlarni va sugʻurta zaxiralari vositalarini qabul qilsin hamda har bir keyingi yil boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan zarur sugʻurta shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.