Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
SSSR Davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillarda chiqarilgan qogʻoz pullari sobiq SSSRning koʻpchilik mamlakatlari hududida muomalada boʻlishi toʻxtatilganligi munosabati bilan hamda respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bundan buyon, 1993-yilning 9-noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida farmoyishi chiqqunga qadar SSSR davlat banki va Rossiya bankining 1961—1992-yillar nusxasidagi naqd rubl qogʻoz pullarini aholi tomonidan omonatlarga qoʻyishda quyidagi tartib oʻrnatilsin:
— doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud omonatlarini bir yoʻla 200 ming rubldan oshmaydigan mikdorda toʻldirishga, qoʻyilgan omonatlari boʻlmagan taqdirda esa shuncha miqdorda yangi omonatni qoʻyishga haqlidirlar. Ish haqi, pensiyalar, alimentlar, stipendiyalar va nafaqalarniig tushumlari boʻyicha naqd pulsiz oʻtkazilgan mablagʻlar ularda hisobga olinmaydi. Jamgʻarma bankining muassasalari omonatchining pasportiga kiritilgan omonat toʻgʻrisida belgi qoʻyadi, bu esa xodimning imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi;
3. Jamgʻarma banki mahalliy muassasalarining Oʻzbekiston hududida propiskada turmagan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan shaxslardan omonatlarni qabul qilib olishi taqiqlansin.
4. Respublika Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qoʻshimcha koʻrsatmalarini olgunga qadar yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni roʻyxatga olish hamda bank muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi schyotlar ochish toʻxtatib turilsin.
5. Koʻzda tutilayotgan tadbirlar munosabati bilan banklarga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga chakana savdoda va pulli xizmatlar sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarning barcha shakllaridan kengroq foydalanish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qaror qatʼiy ijro etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasinlar.
7. Mazkur qaror bilan respublika aholisini keng koʻlamda tanishtirish uchun u ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, banklarning barcha muassasalarida osib qoʻyilsin.