Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Transport tariflari darajasining jiddiy oshganligi munosabati bilan va yuk joʻnatuvchilar, yuk qabul qiluvchilar va temir yoʻlning yuklarni tashish boʻyicha majburiyatlarni buzganlik uchun moddiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. SSSR Ministrlar Sovetining 1964-yil 6-apreldagi 270-son qarori (SSSR QT, 1964-y., 5-son, 36-modda; 1969-y., 18-son, 105-modda, 1974-y., 17-son, 99-modda; 1976-y., 9-son, 42-modda; 1979-y., 13-son, 86-modda; 1988-y., 28-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan SSR Ittifoqi temir yoʻllar Ustavining 50, 51, 92, 104, 118, 118-1, 144, 155, 155-1, 156, 156-1, 156-2, 157, 159, 159-1, 161, 163-moddalarida koʻzda tutilgan qoida buzilishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllaniladigan jarimalarning miqdorlari 200 baravar oshirilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, yuklarni tashish uchun tariflar darajasi oʻzgargan taqdirda ular necha baravar oʻzgargan boʻlsa, koʻrsatilgan moddalarda nazarda tutilgan jarima sanksiyalarining miqdorlari ham tegishli ravishda shuncha baravar oʻzgaradi.