Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1993-yil 7-maydagi 856-XII-son Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq hamda xalq xoʻjaligi tarmoqlarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yil 1-sentabrdan boshlab:
respublika korxonalari va tashkilotlarining joʻnatilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun isteʼmolchi (buyurtmachi) ning haq toʻlashiga qarab budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibi;
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uchun Daromadlarga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan foizlarda 25 foiz miqdorida belgilansin.
2. Moliya vazirligining yangi tashkil etilgan “Oʻztadbirkorbank” ni 1993—1995-yillarda olingan daromadlardan budjetga soliq toʻlashdan ozod etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Moliya vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi yoʻriqnoma-normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartishlar kiritsinlar va ularni barcha soliq toʻlovchilarga yetkazsinlar.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.