Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 24-martdagi 104-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan Tijorat banklari kengashlari raislari etib tasdiqlansin:
X.O. Jumayev — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
M.B. Nurmurodov — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish kiritsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.