toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING
Qarori
“PATTA TOʻLOVI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Patta toʻlovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-fevralidan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oylik muddat ichida:
patta toʻlovi miqdorlarini tasdiqlasin;
 LexUZ sharhi
Patta toʻlovlari miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-martdagi 152-son “Patta toʻlovlari miqdorlarini belgilash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Hukumatning, vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini mazkur Qonunga muvofiq holga keltirsin;
Qonunning qoʻllanilishini taʼminlovchi meʼyoriy hujjatlarni qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
743-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 26-modda)