1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.04.00 Monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish;
6.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
raqobat, TABIIY MONOPOLIYALAR, ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA REKLAMA TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN ISH QOʻZGʻATISH VA ULARNI KOʻRIB CHIQISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1. Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-iyundagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 23-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-oktabr
225-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga ILOVA
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
1. Mazkur Nizom “Raqobat toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi (keyingi oʻrinlarda matnda “qonun hujjatlari buzilganligi” deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlarning Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda “monopoliyaga qarshi organ” deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
2. Monopoliyaga qarshi organ oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻaydi va ularni koʻrib chiqadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jismoniy shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
4. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ish jismoniy shaxsga, xoʻjalik yurituvchi subyektga, davlat boshqaruvi organiga va mahalliy davlat hokimiyati organiga nisbatan ular joylashgan joy boʻyicha tegishli monopoliyaga qarshi organ tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining markaziy apparati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining qarori asosida:
monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilangan tartibda nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek oʻrganish davomida huquqni buzish belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi yetarlicha maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
davlat organlari, mahalliy davlat organlari va boshqa organlardan tushgan axborot, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, ommaviy axborot vositalaridagi huquq buzilishi belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan xabarlar (keyingi oʻrinlarda matnda “ariza” deb yuritiladi).
6. Ariza monopoliyaga qarshi organga qonun hujjatlari buzilganligi holatlari (belgilari)dan dalolat beruvchi hujjatlar ilova qilingan holda yozma shaklda beriladi.
Arizada ariza beruvchi va unga nisbatan ariza berilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi, qonun hujjatlari buzilishi holatlari (belgilari) tavsiflanishi zarur.
7. Monopoliyaga qarshi organ mazkur Nizomga rioya qilgan holda berilgan arizani oldindan koʻrib chiqadi va ariza bilan birga berilgan hujjatlar va materiallarni oʻrganadi.
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olishga, ulardan nusxa koʻchirishga hamda ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyishga;
ariza beruvchi, shuningdek jismoniy shaxs ularga nisbatan ariza berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari bilan suhbat oʻtkazishga;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab boʻlgan holatlar (belgilar) boʻyicha yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olishga;
har tomonlama, toʻliq va xolisona koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni koʻrishga haqlidir.
arizani oldindan koʻrib chiqish materiallari boʻyicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
9. Qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi organda qonun hujjatlari buzilganligini koʻrib chiqish boʻyicha monopoliyaga qarshi organning masʼul xodimlaridan iborat maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda “komissiya” deb yuritiladi) tashkil etiladi.
murojaatda koʻrsatilgan masalalar, monopoliyaga qarshi organning vakolatiga tegishli emasligi yoxud qonun buzilganligi belgilari yoʻqligi munosabati bilan ish qoʻzgʻash rad etilishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
11. Qonun hujjatlari buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzgʻash yoki ish qoʻzgʻash rad etilishi toʻgʻrisida komissiya raisi tomonidan ajrim chiqariladi.
Ajrim topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda buyurtmali xat bilan ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchilarga yuboriladi. Ishni koʻrib chiqish boʻyicha qatnashchilarga ajrim, shuningdek tilxat ostida monopoliyaga qarshi organda yoki ular joylashgan joy boʻyicha topshirilishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Zaruriyat boʻlganda qonun hujjatlari buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi ajrim faksimil aloqa, elektron pochta orqali yoki ajrim yuborilganning uni olganligi holatini qayd etish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilishi mumkin.
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
13. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari ish qoʻzgʻash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab:
ish materiallari bilan tanishish (davlat siri hisoblangan va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa maxfiy maʼlumotlardan tashqari) va ulardan koʻchirma olish;
ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish;
dalillar taqdim etish va ularni oʻrganishda qatnashish;
ishni koʻrib chiqishning boshqa qatnashchilariga savollar berish;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari va dalil-isbotlariga eʼtiroz bildirish;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir.
14. Ishni komissiya majlisida koʻrib chiqish rais tomonidan ishning holatlari eng toʻliq va har tomonlama oʻrganilishi va unga baho berilishini taʼminlaydigan, qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etadigan va uning oldini oladigan, qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisida unga nisbatan ish olib borilayotgan shaxslar, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarning huquq va manfaatlari taʼminlanadigan tarzda olib boriladi.
15. Qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ish ariza tushgan yoki nazorat funksiyalari va oʻrganishlar amalga oshirilishi natijalariga koʻra ish qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. Istisno hollarda koʻrsatilgan muddat uzaytirilishi, biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ishning koʻrib chiqilishi vaqti va joyi toʻgʻrisida ularga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan jismoniy shaxslar xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ishda qatnashish uchun jalb etiladigan boshqa shaxslar xabardor qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
16. Ishni koʻrib chiqish komissiya tarkibini eʼlon qilishdan boshlanadi. Komissiya majlisida raislik qiluvchi qanday ish koʻrib chiqilishi kerakligini eʼlon qiladi va unga nisbatan ish koʻrilayotgan shaxsning nomini aytadi.
Ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga ularning huquqlari tushuntiriladi.
17. Ishni koʻrib chiqishda komissiya ish boʻyicha dalillarni bevosita oʻrganadi, shu jumladan:
ishni koʻrib chiqish boʻyicha qatnashchilarning tushuntirishlarini, mutaxassislarning va boshqa manfaatdor shaxslarning xulosalarini, guvohlarning koʻrsatmalarini eshitadi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
yozma dalillar bilan tanishadi va ularni eʼlon qiladi.
Qonun hujjatlari buzilganligi mavjudligi yoki buzilmaganligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beradigan dalillar yetarli boʻlmaganda yoki mavjud boʻlmaganda ishni koʻrib chiqishda ishtirok etayotgan qatnashchilardan qoʻshimcha materiallar talab qilinishi mumkin.
18. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda komissiya tomonidan kechiktirilishi mumkin:
vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni koʻrib chiqish kechiktirilishi toʻgʻrisida subyektning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;
subyektning qonun hujjatlari buzilishini koʻrsatmasiz ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi munosabati bilan;
materiallarni qoʻshimcha oʻrganish va soʻrash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Ishni koʻrib chiqish uni toʻxtatishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
21. Ishni koʻrib chiqishni kechiktirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, u komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi, uning nusxasi ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tartibda birga joʻnatiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
ishni koʻrib chiqish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
23. Komissiya tomonidan qaror koʻrib chiqalayotgan masala boʻyicha taklif etilgan shaxslar ishtirokisiz, ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya raisi va aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
Agar komissiya raisi yoki aʼzosi qarorga rozi boʻlmasa, u uni imzolashi shart va oʻzining alohida fikrini bayon qilishga haqlidir, uning fikri ishga qoʻshib qoʻyiladi.
24. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror ishni koʻrib chiqish tugallangach darhol maʼlum qilinadi. Bunda uning faqat koʻrsatma qismi maʼlum qilinadi, matni esa ishga qoʻshib qoʻyiladi.
25. Qaror komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Komissiyaning qarorning xulosa qismi maʼlum qilingan majlisi oʻtkazilgan sana qarorning qabul qilingan sanasi hisoblanadi.
26. Komissiya majlisida protokol yuritiladi, u komissiya aʼzolarining bittasi tomonidan yoki komissiya raisi protokolni tuzish uchun maxsus jalb etgan monopoliyaga qarshi organ mutaxassisi tomonidan tuziladi.
Qaror va koʻrsatmaning joʻnatilganligini bildiruvchi pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Koʻrsatmaning bajarilganligi subyektni tekshirish dalolatnomasi bilan yoxud qonun hujjatlari buzilishi bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi, ushbu hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ish koʻrsatma bajarilgandan keyin tugallangan deb hisoblanadi.
Agar tekshirish chogʻida qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganligi yoki bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilmaganligi aniqlansa koʻrsatma bajarilmagan hisoblanadi.
koʻrsatmada nazarda tutilgan barcha jismoniy shaxslarga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoxud boshqaruv organlariga nisbatan qonun hujjatlari buzilishi bartaraf etilmaganda.
(28-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Koʻrsatmalarni bajarishdan bosh tortish yoki bajarmaslik deganda subyekt koʻrsatmani bajarishdan bosh tortishi yoki qisman bajarmasligi yoxud koʻrsatmani oʻz vaqtida bajarmasligi tushuniladi;
(28-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Koʻrsatmalar oʻz vaqtida bajarilmagan deganda koʻrsatmaning unda koʻrsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi.
29. Jismoniy shaxslar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ularning mansabdor shaxslari koʻrsatmani bajarish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishlari mumkin.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlari buzilishlarini koʻrib chiqish komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Iltimosnomada koʻrsatilgan holatlar komissiya tomonidan sababli deb eʼtirof etilgan taqdirda komissiya koʻrsatmaning bajarish muddatini uzaytirish, lekin koʻpi bilan uch oyga uzaytirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
30. Monopoliyaga qarshi organ qabul qilingan qarorlar va berilgan koʻrsatmalar hisobini yuritadi.
32. Komissiya qarorida quyidagilar boʻlishi kerak:
qaror qabul qilgan monopoliyaga qarshi organning nomi, komissiya tarkibi, ishning tartib raqami, qarorning qabul qilingan sanasi va joyi, ishni koʻrib chiqish predmeti, ishi koʻrib chiqilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi, shuningdek ishni koʻrib chiqishning boshqa qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ishni koʻrib chiqishda aniqlangan holatlarning, komissiyaning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillarning, sodir etilgan qonun hujjatlari buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunchilikka asoslanishning bayoni;
qonun hujjatlari buzilganligi fakti aniqlangani toʻgʻrisidagi xulosa, mazkur qonun buzilishi uchun nazar tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdori, moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy ravishda toʻlash muddati va tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish;
Qarorda ishni koʻrib chiqish davomida aniqlangan jinoyatlar belgilari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga joʻnatish haqida tavsiyalar berilishi mumkin.
(32-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
33. Koʻrsatmada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
monopoliyaga qarshi organning toʻliq nomi, ishning tartib raqami, koʻrsatma berilgan sana;
shaxs tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan aniq xatti-harakatlar (toʻxtatish, bartaraf etish, bundan keyin qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, asossiz olingan daromadni isteʼmolchilarga qaytarish, dastlabki holatni tiklash va boshqalar) hamda bajarish muddatlari;
(33-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
koʻrsatma yuzasidan shikoyat bildirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish.
34. Ajrimlar, qarorlar va koʻrsatmalar namunalari Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaning ajrimi, qarori va koʻrsatmasi topshirilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan buyurtmali xat orqali joʻnatiladi yoxud qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga yoki ularning vakillariga tilxat boʻyicha taqdim etiladi.
35. Moliyaviy sanksiya qoʻllanishi nazarda tutilgan qonun hujjatlari buzilganligi fakti aniqlanganligi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs monopoliyaga qarshi organ belgilagan muddat mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashga haqlidir.
Moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda uning toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjati toʻlov vaqtidan boshlab ikki ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga taqdim etilishi kerak.
36. Agar qonun hujjatlarini buzgan shaxs belgilangan muddat mobaynida oʻzi sodir etgan qonun hujjatlari buzilgani uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamasa monopoliyaga qarshi organ tegishli moliyaviy sanksiyalar belgilash toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
Agar raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan yuridik yoki jismoniy shaxs jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni darhol bajarish uning moliyaviy ahvolini yomonlashtirishi mumkinligini isbot qilsa, monopoliyaga qarshi organ ushbu shaxsga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida jarimani kechiktirib yoki har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishga haqlidir;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami 20 foizidan ortiq boʻlgan moliyaviy sanksiyalarni undirish undiriladigan summani toʻlovchiga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Moliyaviy sanksiyalarni toʻlash monopoliyaga qarshi organning qarorini yoki koʻrsatmasini bajarish yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
37. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi)ga qoʻshilmagan taqdirda qaror (koʻrsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda qaror (koʻrsatma)ni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoki yoxud qaror (koʻrsatma)ni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga murojaat qilishga haqlidir.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga berilgan ariza ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)