Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, bu mintaqani sholi yetishtirishga ixtisoslashuvini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 1995-yilda sholipoyalarni kengaytirish va don ekinlari maydonini qisqartirish, shuningdek, boshoqli ekinlar doni va sholi yetishtirish hamda xarid qilish hajmlari toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga
* muvofiq qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi sholipoyalarni joylashtirishni qabul qilingan almashlab ekish sxemalariga muvofiq va hosildorlikni koʻpaytirishni nazarda tutib amalga oshirsinlar.
Ajratiladigan maydonlarga ekilishini taʼminlaydigan hajmlardagi urugʻlikni 1994-yil hosilining eng hosildor sholi navlaridan toʻplasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 400-son qarori
1,
2,
3-ilovalarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.