Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika energiya tizimining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-1995-yillarda respublika energiya tizimining barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ishlar dasturi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Pul-kredit siyosati boʻyicha komissiya shu yilning IV choragida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining maqsadli kapital qurilish dasturiga muvofiq energetikaning eng muhim obyektlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun 63,5 mln soʻm kredit resurslari, shu jumladan Tolimarjon GRESi uchun — 49,5 mln soʻm, Yangi Angren GRESi uchun — 14 mln soʻm kredit resurslari ajratishni nazarda tutsin.
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va energetika va elektrlashtirish vazirligi bir oy muddatda 1995-yilda alohida muhim energetika obyektlarining maqsadli kapital qurilish dasturi amalga oshirilishi masalasini koʻrib chiqsinlar. Zaruriyat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda 1994-1995-yillarda 1,0 mln tonna suyuq yoqilgʻi va 1,0 mln tonna koʻmirning mavsumiy yoqilgʻi zaxiralari barpo etishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.