1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Narxlar va narxlarning hosil boʻlishi;
2.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZDAVPAXTASANOATSOTISh” UYuShMASI TIZIMI ORQALI XARID QILINADIGAN PAXTA TOLASI HISOB-KITOB NARXLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-sentabrdagi 373-sonli “Paxta mahsulotini sotish narxlari va budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yil hosilidan boshlab ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun paxta tolasini “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” tizimi orqali xarid qiladigan respublika korxonalari va tashkilotlari uchun paxta tolasining qayd qilingan kurs boʻyicha (1 AQSh dollari — 10 soʻm) soʻmda qayta hisoblab chiqilgan jahon narxlaridan kelib chiqib aniqlanadigan hisob-kitob narxlari joriy qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, korxonalar va tashkilotlar ishlab chiqarish xarajatlariga paxta tolasini koʻrsatib oʻtilgan hisob-kitob narxlari boʻyicha hisobdan chiqaradilar.
2. Paxta tolasi isteʼmolchilarning “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bilan amaldagi hisob-kitobi tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmda qayta hisoblab chiqilgan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, saqlab qolinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda paxta tolasi narxlaridagi farqni narxni tartibga solish fondi mablagʻlari hisobiga qoplashning Vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsin va manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.