toggle_night_mode
Hujjat 23.09.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING FAOLIYATI TARTIBGA SOLINISHI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 5-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 2001-yil 29-avgustdagi 260-II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda) 10-moddasining birinchi qismidagi va 16-moddasining birinchi qismidagi “va jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi 918-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 19-moddasi:
ikkinchi qismidagi “va jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 71-moddaning birinchi qismi:
16-bandi “xizmatlari” degan soʻzdan keyin “(suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti va gaz taʼminoti boʻyicha kommunal xizmatlardan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 34-band bilan toʻldirilsin:
“34) davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproq va geobotanika sohasidagi ishlar”;
2) 72-modda quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv taʼminoti, issiqlik taʼminoti va gaz taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarga”.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda) 2-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi, 6-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 8-moddasining birinchi qismi beshinchi xatboshisidagi, 9-moddasining birinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi “yoki jismoniy”, “va jismoniy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2005-yil 23-sentabrdagi 190 (3735)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
22-sentabr 2005-yil,
OʻRQ-7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)