1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.03 (Кучини йукотган) Chegirmalar va ziyonlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Moliya / Investitsiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSIGA HAMDA “ChET ELLIK INVESTORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI VA ULARNI HIMOYA QILISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 8-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2005-yil 27-avgustda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul kilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi 611–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 93-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 3-moddasi:
toʻrtinchi qismidagi “chet el investitsiyalariga” degan soʻzlar “chet ellik investorlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirish hisoblanadi:
chet ellik investorga toʻlanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq miqdorining (stavkalarining) koʻpaytirilishi;
chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga oʻtkaziladigan daromadini (foydasini) oʻz mamlakatiga qaytarish tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablarning joriy etilishi, bundan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning toʻlovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor — jismoniy shaxs sodir etgan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablagʻlarni oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablagʻlarini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qoʻllash sharoitida oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻxtatib turish hollari mustasno;
investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga nisbatan miqdoriy cheklashlarning va investitsiyalar miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish tarzida, joriy etilishi;
chet ellik investorning korxonalar ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulush bilan ishtirok etishi boʻyicha cheklashlarning joriy etilishi;
chet ellik investorlarning — jismoniy shaxslarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasida qoʻshimcha tartib-taomillarning, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning joriy etilishi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari qoidalarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;