Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining
a)
birinchi qism (umumiy holatlar) quyidagi matndagi 1.7-band bilan toʻldirilsin:
“1.7. Barcha turdagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish chogʻida ularning hududlarida majburiy ravishda amalda boʻlgan shaharsozlik normalari va qoidalari, shu jumladan SHNQ 2.07.02-07 hamda SanPiN OʻzR № 0368-19 “Jamoat xojatxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish sanitariya qoidalari va normalari” talablarini inobatga olgan holda jamoat sanitariya-gigiyena shahobchalari (SGSH) joylashtirilishi nazarda tutilishi lozim.
Jamoat SGSHning quvvatlarini aniqlashda avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari hududlariga tutash avtomobil yoʻllarining kategoriyalari, yoʻllar (koʻchalar)dagi transport qatnovi intensivligi va avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarning oʻtkazish quvvati hisobga olinishi, lekin ikki ochkodan (ayol va erkak uchun) kam boʻlmasligi lozim”;
b)
2-jadvalda “Haydovchi va yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish binolari” boʻlim nomi “shu jumladan jamoat SGSH” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v)
5-jadvalning 13 satrida “AYOQS bino va inshootlarning nomi” ustuni “shu jumladan jamoat SGSH” soʻzlari bilan toʻldirilsin.