1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.04 Xazina majburiyatlari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT OʻRTA MUDDATLI PUL MAJBURIYATLARINI ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 705-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat qimmatli qogʻozlar bozorini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, davlat budjeti defitsitini inflatsiyasiz qoplash manbalarini koʻpaytirish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2004-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlarini chiqarishga ruxsat etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlari davlat qimmatli qogʻozlari hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qogʻozsiz shaklda chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq muomalada boʻladi;
davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlari emissiyasi belgilab qoʻyilgan yoki oʻzgaruvchan daromad foiziga ega boʻlgan, bir yildan besh yilgacha muomalada boʻladigan muddat bilan alohida-alohida chiqarilgan holda amalga oshiriladi;
chiqarilgan davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlarini joylashtirish va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomidan va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda, moliya bozori konyunkturasiga va budjet ehtiyojlariga qarab har qaysi chiqarilish hajmini, toʻlovlar davrini va daromad foizini belgilash;
ikkilamchi bozorda davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlarini sotib olish operatsiyalarini, shuningdek ularni muddatidan oldin toʻlash operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularni toʻlash tartibi boʻyicha ushbu qarordan kelib chiqadigan normativ hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlari chiqarilishining joylashtirilishi, muomalada boʻlishi va toʻlovining amalga oshirilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat № 1327, 16.03.2004-y.)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.