1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QARORLARINING AYRIM QOIDALARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-avgustdagi PQ-147-sonli qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–57-sonli qarorining 3-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-maydagi “Naqd pullar qaytarilishi koeffitsiyentining prognozi bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi hamda ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-68-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-sentabr,
PQ-193-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-con, 296-modda)