1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
2.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARI DAVLAT KADASTRINI YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
“Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi davlat kadastrlari yagona tizimining amalda boʻlishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring]
1. Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi Kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-mart,
104-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-son qarori bilan TASDIQLANGAN
1. Muhofaza etiladigan hududlar davlat kadastri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi va tabiiy muhitning muhofaza etiladigan toifalariga kiritilgan obyektlari boʻyicha birxillashtirilgan maʼlumotlar toʻplamidan iborat boʻladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ana shunday hududlar tarmoqlarini rejalashtirish, ularni muhofaza qilishni taʼminlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, tegishli tartibga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy tavsiflari bilan tezkorlik bilan tanishish, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishni rivojlantirishdagi rolini hisobga olish uchun moʻljallangan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
II. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini hisobga olish obyektlari
3. Quyidagilar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini hisobga olish obyektlari hisoblanadi:
davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat tabiat yodgorliklari, zakazniklari va tabiat pitomniklari, tabiiy kurort hududlari, dam olish hududlari, suvni muhofaza qilish zonalari va qirgʻoqboʻyi polosalari, yer usti va yer osti suvlari hosil boʻladigan hududlar (daryo vodiylari, surilma konuslari, togʻ etaklari) baliqchilik xoʻjaligi hududlari, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan muhofaza etiladigan toifaga kiritilgan boshqa tabiiy hududlar.
4. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar oʻzining faoliyat koʻrsatish maqsadi va rejimiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qoʻriqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qoʻriqxonalar]
davlat qoʻriqxonalari;
kompleks (landshaft) zakazniklar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.03 Tabiat bogʻlari]
tabiiy bogʻlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.04 Davlat tabiat yodgorliklari]
davlat tabiat yodgorliklari;
alohida tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, koʻpaytirish va tiklash uchun hududlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qoʻriqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qoʻriqxonalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.10 Boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar]
muhofaza etiladigan landshaftlar;
alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
5. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻysunishi, muhimligi, shuningdek tabiiy obyektlarning noyobligiga koʻra mahalliy va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlishi mumkin.
6. Faqat qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan obyektlargina roʻyxatdan oʻtkaziladi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastriga kiritiladi.
Obyektlarni kadastrga kiritish uchun zarur boʻladigan hujjatlar roʻyxati Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
III. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri tarkibi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
7. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ushbu hududlarning huquqiy maqomi va tartibi, ularning jugʻrofiy holati, miqdori va sifatiga oid tavsiflari, ekologik, ilmiy, maʼrifiy, tarixiy va boshqa qimmatlari, idoraviy mansubligi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shuningdek hisobga olingan har bir obyekt boʻyicha ushbu hududlardagi tabiiy resurslardan foydalanish xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
Kadastr hujjatlari kartografiya, fotografiya, hisobot, hisobga olish materiallarini va boshqa materiallarni, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holati toʻgʻrisidagi, kadastr shakllarini tuzishda hisobga olinadigan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
8. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri quyidagi asosiy shakllarni oʻz ichiga oladi:
1-shakl (yigʻma) — “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyxati”;
2-shakl — “Davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat biosfera rezervatlarining yer-suv resurslari”;
3-shakl — “Davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat biosfera rezervatlarining oʻsimlik dunyosi”;
4-shakl — “Davlat qoʻriqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bogʻlar, davlat biosfera rezervatlarining hayvonot dunyosi”;
5-shakl — “Davlat tabiat yodgorliklarining, alohida tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, koʻpaytirish va tiklash uchun hududlarning umumiy tavsifi”;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qoʻriqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qoʻriqxonalar]
6-shakl — “Muhofaza etiladigan landshaftlarning, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlarning umumiy tavsifi”;
7-shakl — “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy natijalari”.
Shakllarning tuzilishi va mazmuni Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
9. 7-shakldan tashqari, barcha shakllar boʻyicha maʼlumotlar tuman (“T” literli shakl), viloyat (“V” literli shakl) va respublika (litersiz shakl) darajasida ishlab chiqiladi. 7-shakl boʻyicha maʼlumotlar faqat tuman darajasidagina beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
Barcha shakllarga (tuman, viloyat va respublika darajasida) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning hozirgi holati va uning oʻzgarishi darajasi tahlil qilingan holdagi qisqacha izohnoma beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
10. Tuman darajasida — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga “T” literi bilan barcha shakllar boʻyicha maʼlumotlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rahbarlarining hisobotlari, tadqiqotlar, izlanishlar materiallari, hisobga olish maʼlumotlari va boshqa birlamchi kadastr hujjatlari kiritiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qoʻriqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qoʻriqxonalar]
Viloyat darajasida — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga “T” va “V” literlari bilan barcha shakllar boʻyicha maʼlumotlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
Respublika darajasida — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga “V” literi bilan va litersiz barcha shakllar boʻyicha maʼlumotlar kiritiladi.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
IV. Kadastrni ishlab chiqishni tashkil etish va yuritish
11. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining uchchala darajalardagi organlari tomonidan yuritiladi:
tuman (shahar) darajasida — tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan;
viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) darajasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiya xizmati tomonidan;
respublika darajasida — Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining respublika inspeksiya xizmati tomonidan.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
13. Yer osti chuchuk suvlarining shakllanish hududlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan tuziladi. Belgilangan shakldagi yakuniy maʼlumotlar umumiy kadastrga kiritish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
14. Kadastr tadrijiy ravishda yuritiladi, shakllar boʻyicha maʼlumotlar, hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi holat boʻyicha, har yili bir marta taqdim etiladi.
15. Tuman darajasida — 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 7-t shakllari boʻyicha maʼlumotlar (hisobotlar) tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish (obyekt joylashgan yerdagi) inspeksiyasiga muhofaza etiladigan hududlar rahbarlari* tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraligacha taqdim etiladi.
* Izoh. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rahbari maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va ularning toʻgʻriligi uchun shaxsan javob beradi. Zarurat boʻlganda kadastr (tekshirishlar, izlanishlar va boshqalar) maʼlumotlarini tayyorlash uchun rahbarlar oʻzlarining yuqori organlari bilan kelishgan holda tegishli mutaxassislarni jalb etishlari mumkin.
6-t va 7-t shakllari boʻyicha maʼlumotlar yerlarni hisobga olish hujjatlari asosida tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tayyorlanadi.
Tuman inspeksiyalari taqdim etilgan maʼlumotlar (hisobotlar)ning toʻgʻriligini aniqlaydilar, tuman (shahar) boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar roʻyxatini tuzadilar (1-t yigʻma shakl) barcha kadastr materiallarini tuman hokimligi bilan kelishib oladilar va 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllari boʻyicha 1-martgacha ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalariga taqdim etadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
16. Viloyat darajasida — olingan materiallar viloyat inspeksiya xizmati tomonidan umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib olinadi hamda 1-aprelgacha 1-“V”, 2-“V”, 3-“V”, 4-“V”, 5-“V”, 6-“V” shakllari boʻyicha Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga joʻnatiladi.
17. Respublika darajasida — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining “Boshersuvnazorat” boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)