1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIK ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1997-YIL 6 YaNVARDAGI PF-1693-SON FARMONIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ilmiy tadqiqot tashkilotlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning birgalikda samarali ishlashini tashkil qilish, fanning natijadorligini oshirish va eng yaxshi ilmiy yutuqlar amaliyotda keng qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga aylantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilsin.
2. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazining huquqiy vorisi deb hisoblansin, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy ishlab-chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-yanvardagi PF-1693-son farmoni bilan markazga va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi bo‘linmalariga belgilab qo‘yilgan vazifalar, funksiyalar va vakolatlar saqlab qolinsin.
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining faoliyatini tashkil qilish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari”ga oid 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin.