Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1941 — 1945-yillardagi ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalaba kunining bayram qilinishi munosabati bilan va urush ishtirokchilarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va ishtirokchilariga 1500 soʻm (ikkita eng kam ish haqi) miqdorida bir martadan pul mukofoti belgilansin.
2. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ respublika budjeti hisobidan ajratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur pul mukofoti toʻlanishini taʼminlasin.