Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 321-sonli
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qarorining 3-ilovasi bilan “Qurilish obyektlarida mualliflik va texnik nazorat olib borish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2010-yil 27-iyuldagi 51-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 1.03.07-2010 “Qurilishda mualliflik va texnik nazorat toʻgʻrisida”gi
Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va amaliyotdan chiqarilsin.
2. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari D. Adilov zimmasiga yuklatilsin.