1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.02.00 Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni undirish;
5.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
9.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
10.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
11.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
12.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.99.00 Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari);
13.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.06.00 Chet ellik investorlarga kafolatlar;
14.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
15.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar;
16.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish;
17.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
18.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
19.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar;
20.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti;
21.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar;
22.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar;
23.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar;
24.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar;
25.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
4.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
5.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik;
7.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;
8.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
9.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
10.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
11.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar);
12.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar;
13.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
14.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;
15.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura;
16.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat;
17.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi;
18.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
19.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
20.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik;
21.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan soʻzlar “kamida yigirma ming” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli Qonuniga asosan III boʻlimning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda):
beshinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan ogʻir jinoyat sodir etganlik va oʻta ogʻir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda”;
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:
a) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, yangi sodir etgan oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada oʻtashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning oʻtalmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazadi”;
2) 51-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Otib oʻldirish tariqasidagi oʻlim jazosi faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi”;
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
“Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi”;
beshinchi qismidagi “umumiy yoki kuchaytirilgan tartibli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
6) 151-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
7) 153-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
8) 157-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan davlatga xoinlik qilish, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan qilmish — ”;
9) 160-moddasi birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yigʻishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa maʼlumotlarni yetkazishi yoki yigʻishi — ”;
10) 182-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — ”;
11) 184-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yigʻimlarni, boj yoki boshqa toʻlovlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, — ”.
12) 221-moddasining birinchi qismidagi “kamera tipidagi xonaga (bir kishilik kameraga) yoki turmaga oʻtkazish qoʻllanilganidan” degan soʻzlar “jazoni ijro etish koloniyasining karseriga oʻtkazish tariqasidagi jazo qoʻllanilganidan yoki turmaga oʻtkazilganidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“222-modda. Qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochish
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning qamoqdan yoki qoʻriqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
“Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 420-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi”;
3) quyidagi mazmundagi 4201-modda bilan toʻldirilsin:
“4201-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash
Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻxtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi.
Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405-moddasi asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻxtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi”;
4) 490-moddasining beshinchi qismidagi “tarbiya koloniyasi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi “jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga” degan soʻzlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismi “intizomiy qism qoʻmondonligining taqdimnomasiga” degan soʻzlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi qismidagi “yuzasidan taqdim etilgan” degan soʻzlar “toʻgʻrisidagi taqdimnomalar yoki” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6) 537-moddasining uchinchi qismidagi “va umumiy tartibli tarbiya koloniyasidan kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 542-moddasining uchinchi qismidagi “bir tartibli tarbiya koloniyasidan boshqa tartibli tarbiya koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston RespublikasiningMaʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda) 320-moddasi uchinchi qismining oʻzbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest boʻyicha hal qiluv qarori qaror shaklida chiqariladi va chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi”.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.02.00 Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni undirish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 1015-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan, qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan toʻlanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda):
1) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan soʻzlar “kamida yigirma ming” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “besh ming nafar” degan soʻzlar “yigirma ming nafar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 2-moddasining uchinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi, 4-moddasining uchinchi qismidagi va 13-moddasining ikkinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddasining birinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(XIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
(XIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 713-II-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 1-son, 4-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
1) 45-moddasining beshinchi qismidagi “umumiy va kuchaytirilgan tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 46-moddasining ikkinchi xatboshisi “ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun” degan soʻzlardan keyin “shuningdek qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 47-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno”;
7) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin”;
8) 91-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat taʼtili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotganlar bundan mustasno.
Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati oʻn besh ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Taʼtil ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy boʻlinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtili berish uchun zarur muddatga qoʻshib hisoblanmaydi”;
9) 105-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazish;
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan turmaga qaytarish”;
10) 111-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan yigirma toʻrt soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi”;
13) 124-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarbiya koloniyalarida:
oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan;
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar”;
“Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi”;
16) 164-moddasining ikkinchi qismi “taqdim etish masalasini” degan soʻzlardan keyin “agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(XVI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
(XVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
(XVIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
(XIX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda) 35-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xoʻjaligida mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi”.
(XXI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan – Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
(XXII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda):
ikkinchi qismi “sudning hal qiluv qaroriga” degan soʻzlardan keyin “yoki sud buyrugʻiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi “sudga daʼvo” degan soʻzlardan keyin “yoxud ariza” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 114-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aliment undirish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etiladi”;
3) 115-moddasining birinchi qismidagi “sud qarori” degan soʻzlar “sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 135-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alimentning ixtiyoriy ravishda toʻlab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi daʼvo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi”;
5) 136-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Mazkur shaxs, nizo boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli boʻlib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida koʻrib chiqiladi.
Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.
Agar taʼminot uchun mablagʻ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar koʻrilganligi, ammo aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning uni toʻlashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, oʻtgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin”.
(XXIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
XXV. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma kishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan oʻn kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan besh kishi boʻlgan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlardagi:
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan yigirma besh kishi boʻlgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shuʼba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi”;
2) 17-moddasining ikkinchi qismidagi “va oʻrta” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(XXVI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son)
(XXVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
568-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2005-y., 1-son, 4-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 07.02.2019-y., 03/19/518/2589-son, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)