1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, aksiyadorlashtirilgan korxonalarda va yangidan barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida tashkil etilgan boshqaruv organlari (aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, kuzatuvchi kengash va boshqaruv) umuman olganda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish koʻrmoqda.
Shu bilan bir vaqtda bir qancha aksiyadorlik jamiyatlarida va xolding kompaniyalarida maʼmuriy — buyruqbozlik prinsiplariga asoslangan eski boshqaruv usullari hamon saqlanib qolmoqda, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlari va kuzatuvchi kengashlarning rahbarlik oʻrni zarur darajada taʼminlanmayapti. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvlari rahbarlarini yollashning kontrakt tizimi mexanizmi ishga tushirilmagan.
Aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlik va ijro etuvchi organlari faoliyatini aniq tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarning mavjud emasligi buning sabablaridan biridir.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning faol qatnashishini taʼminlash, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va kuzatuvchi kengashning ahamiyatini oshirish, bozor sharoitlarida korxonalarning samarali ishlashi uchun ijro etuvchi organlarning masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish tartibi 5-ilovaga muvofiq;
(1-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2. Aksiyadorlik jamiyatlariga uch oy muddatda:
oʻzlarining taʼsis va ichki meʼyoriy hujjatlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga muvofiqlashtirish;
Kuzatuvchi kengashlar tarkibini, ularga aksiyalarning eng koʻp paketlari egalarini kiritgan holda, qayta koʻrib chiqish;
Aksiyadorlik jamiyati nomidan ish koʻruvchi Kuzatuvchi kengash raisi bilan ijro etuvchi organ rahbari oʻrtasida uni yollash toʻgʻrisida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish tavsiya qilinsin.
Ijro etuvchi organ rahbarining korxona faoliyati natijalari toʻgʻrisida kuzatuvchi kengash oldida har chorakda va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida vaqti-vaqti bilan hisobot berishi amaliyotga joriy etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida aksiyadorlik jamiyatlariga koʻmaklashsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomalarni ikki oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
4. Vazirlar Mahkamasining komplekslari 1998-yil 1-oktabrgacha ustav jamgʻarmalarida davlat ulushi 25 foizdan oshadigan aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchi kengashlariga davlatning ishonchli vakillari tayinlanishini amalga oshirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 22-avgust,
361-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 1-ILOVA
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom “______________” aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlari umumiy yigʻilishi maqomini belgilaydi va uning ishini, uni oʻtkazish va qarorlar qabul qilinishini tartibga soladi.
1.2. Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda __________ __________________ aksiyadorlik jamiyati ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
1.3. Jamiyat har yili Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishi shart (ochiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi shaxsan qatnashish shaklida, yopiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi shaxsan qatnashish yoki sirtqi shaklda oʻtkaziladi).
1.4. Aksiyadorlarning yillik Umumiy yigʻilishi Jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, biroq moliyaviy yil tamom boʻlgandan keyin olti oydan kechikmay oʻtkaziladi. Aksiyadorlarning hisobot Umumiy yigʻilishida yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirish mumkinligi yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi masala, jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot va qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
1.5. Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishidan boshqa oʻtkaziladigan yigʻilishlar navbatdan tashqari yigʻilishlar hisoblanadi.
1.6. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi sanasi, uni oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga maʼlum qilish shakli, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish paytida aksiyadorlarga taqdim etiladigan materiallar (axborot) roʻyxati jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
II. AKSIYADORLAR UMUMIY YIGʻILIShINING VAKOLATLARI
2.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar tegishli boʻladi:
a) Jamiyat Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
b) jamiyatni qayta tashkil etish;
v) jamiyatni tugatish, tugatish komissiyasi tayinlash hamda oraliq va uzil-kesil tugatish balanslarini tasdiqlash;
z) jamiyat ijro etuvchi organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazolar), uning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish Kuzatuvchi kengash vakolatlariga kiritilmagan boʻlsa, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari tomonidan jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlarini bajarishda qoʻpol buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan yoki uni bajarish barbod qilingan taqdirda, ular bilan tuzilgan shartnomalar Kuzatuvchi kengash tomonidan muddatidan oldin toʻxtatilgan hollar bundan mustasno;
(2.1-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
l) jamiyatning yillik biznes-rejalarini (ushbu masalani hal etish jamiyat ustavida Kuzatuvchi kengashning vakolatlariga tegishli deb topilgan yoki Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan unga topshirilgan hollar bundan mustasno) jamiyat yillik hisobotlarini, buxgalterlik balanslarini, foyda va zararlari schyotini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
(2.1-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(2.1-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
n) aksiyalar ochiq yozilish orqali joylashtirilgan hollarda aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga aksiyadorning ustunlik huquqini qoʻllamaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
r) yirik bitishuvlarni sodir etish, ular quyidagilar hisoblanadi:
bunday bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada qiymati jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiqni tashkil etuvchi mol-mulkni jamiyat tomonidan toʻgʻridan toʻgʻriyoki bilvosita sotib olish yoki begonalashtirish, yoxud begonalashtirish imkoniyati bilan bogʻliq bitishuvlar yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuvlar, odatdagi xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etiladigan bitishuvlardan tashqari;
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning ellik foizdan ortiqni tashkil etuvchi oddiy (odatdagi) aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoxud imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq bitishuv yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuv. Yirik bitishuv mavzusi hisoblangan mol-mulk qiymatini belgilash jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
(2.1-bandning “r” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
LexUZ sharhi
2.1-bandning “r” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
s) sodir etilishidan jamiyat kuzatuvchi kengashi aʼzosi, jamiyat boshqaruvining boshqa organlarida lavozimni egallab turgan shaxs, oʻziga qaram boʻlgan (affilior) shaxs bilan birgalikda jamiyatning yigirma foiz yoki undan ortiq ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) manfaatdor boʻlgan bitishuvlarni tuzish, basharti koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, ularning turmush oʻrtoqlari, ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barchasi affilior shaxslar boʻlsa:
— bunday bitishuvning tarafi hisoblansa yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashsa;
— bitishuv tarafi hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashuvchi yuridik shaxs aksiyalarining yigirma foiziga yoki undan ortiq aksiyalariga egalik qilsa;
— bitishuv tarafi hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan boʻlsa.
Bunda tuzilishidan manfaatdorlik mavjud boʻlgan jamiyat bilan bitishuv tuzish toʻgʻrisidagi qaror ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan, bitishuvdan manfaatdor boʻlmagan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida quyidagi hollarda: 1) agar bitishuv boʻyicha toʻlov summasi va bitishuv mavzusi boʻlgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq boʻlsa; 2) agar bitishuv va (yoki) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha bitishuv jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq boʻlgan miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hisoblansa qabul qilinadi.
(“s” kichik bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
t) qonunda va jamiyat Ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
(2.1-bandning “t” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
“a”, “b”, “v”, “d”, “r” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha qarorlar Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etuvchi ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar toʻrtdan uch qismining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(2.1-bandning oxirgi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
III. UMUMIY YIGʻILIShDA QATNAShISh HUQUQI. AKSIYADORLARNI VA ULARNING VAKOLATLI VAKILLARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
3.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqi aksiyadorlik jamiyati reyestri maʼlumotlari boʻyicha jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadigan sanada tuziladigan aksiyadorlar roʻyxati asosida belgilanadi.
3.2. Aksiyadorlar roʻyxati Kuzatuvchi kengash tomonidan tuziladi. Aksiyadorlar roʻyxatida har bir aksiyadorning ismi (nomi), uning manzili (joylashgan joyi), unga tegishli aksiyalar soni va turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi.
3.3. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatini tuzish sanasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan oldin hamda Umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi sanasidan 60 kun oldin belgilanishi mumkin emas.
3.4. Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar roʻyxatni tuzish sanasida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatga kiritilmagan shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash, yoki uni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish hollaridagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.
3.5. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida aksiyadorlar roʻyxatiga kiritilgan, Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar, ularning vakolatli vakillari, jamiyat auditori, jamiyat Kuzatuvchi kengashi va ijro etuvchi organlari aʼzolari, jamiyat taftish komissiyasi aʼzolari hozir boʻlish huquqiga ega boʻladilar (Kuzatuvchi kengashni va jamiyat nazorat organlarini saylash boʻyicha ovoz berish byulleteniga kiritilgan nomzodlarni, shuningdek yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbarini tayinlash boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni ham taklif etish tavsiya etiladi).
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
3.6. Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlar yoki ularning vakolatli vakillari yigʻilish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan joy va vaqt boʻyicha roʻyxatdan oʻtishlari kerak.
3.7. Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun kelgan jismoniy shaxslar boʻlgan aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish pasport yoki aksiyadorning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat koʻrsatilgach, vakilga nisbatan esa notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma koʻrsatilgach amalga oshiriladi.
3.8. Yuridik shaxs rahbari jamiyat aksiyadori Umumiy yigʻilishdagi oʻz vakolatlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi huquqiy hujjat hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiradi.
3.9. Aksiyador yuridik shaxsning vakili Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida tashkilot rahbarining imzosi bilan yoki bunga taʼsis hujjatlari bilan vakil qilingan boshqa shaxsning imzosi chekilgan, ushbu tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan uning nomiga berilgan ishonchnoma mavjud boʻlgan taqdirda qatnashishi mumkin.
3.10. Umumiy yigʻilishga kelgan aksiyadorlarni roʻyxatdan oʻtkazish Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatiga muvofiq yuritiladi. Ushbu roʻyxat jamiyat aksiyadorlari reyestri maʼlumotlari boʻyicha Kuzatuvchi kengash qarori bilan belgilangan sanada tuziladi.
3.11. Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatiga binoan 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qayd etish roʻyxati tuziladi.
Qayd etish roʻyxati risola holiga keltirilgan, tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan va aksiyadorlik jamiyati muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
3.12. Umumiy yigʻilishni oʻtkazishda aksiyadorlar (ularning vakillari) qayd etish roʻyxatiga imzo chekadilar va Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati boʻyicha belgilangan har bir aksiyadorning ovoz beruvchi aksiyalari sonidan kelib chiqib ovoz berish uchun byulletenlar toʻplamini (2-ilovaga) oladilar.
3.13. Agar yigʻilish qatnashchisi bir yoki bir necha aksiyadorning manfaatlarini ifodalashga ishonchnoma taqdim etsa, u holda unga u ifodalayotgan aksiyador (aksiyadorlar) uchun ovoz berishga byulleten beriladi, roʻyxatdan oʻtish roʻyxatida esa u ifodalayotgan aksiyadorning familiyasi qarshisiga “__________ta (soni) ovoz beruvchi aksiyalar boʻyicha “_____” da berilgan ishonchnoma boʻyicha” degan yozuv qayd etiladi hamda vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi (3, 3a-ilovalar).
3.14. Aksiyalarning nominal egasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyalar egasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qatnashadi.
(3.14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
3.15. Aksiyalar roʻyxat tuzilgan sanadan keyin va Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi sanasigacha berilgan hollarda jamiyat aksiya oluvchiga ovoz berishga yoki aksiya oluvchining koʻrsatmalariga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berishga ishonchnoma berishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan qoida, shuningdek aksiyalarni berishning keyingi har bir holatiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
4.2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar berish aksiyadorlarga yozma bildirishnoma (4-ilova) yuborish va matbuotda tegishli axborot eʼlon qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(4.2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Jamiyat boshqa ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio) orqali Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni qoʻshimcha ravishda xabardor qilishga haqlidir.
Jamiyat aksiyadorning talabiga koʻra unga uni Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqini beruvchi aksiyadorlar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi axborotni (tekin) berishga majburdir.
Umumiy yigʻilish oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarga xabar berish muddati jamiyat Ustavi bilan belgilanadi.
4.3. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnoma va xabarda quyidagilar boʻlishi kerak:
— jamiyatning nomi va joylashgan joyi;
— Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi sanasi, vaqti va oʻtkazish joyi;
— Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqini beruvchi aksiyadorlar roʻyxatini tuzish sanasi;
— Umumiy yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
— Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish paytida aksiyadorlarga taqdim etilishi kerak boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni tanishtirish tartibi.
4.4. Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish paytida aksiyadorlarga taqdim etilishi kerak boʻlgan axborot (materiallar)ga jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot, jamiyat taftish komissiyasi (taftishchi)ning va jamiyat auditorining jamiyat moliya-xoʻjalik faoliyati yillik tekshirish natijalari boʻyicha xulosasi, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirish mumkinligi yoki toʻxtatish toʻgʻrisida Kuzatuvchi kengashning xulosasi, Kuzatuvchi kengashga va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchilar) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jamiyat ustaviga yoki jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavi loyihasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi kiradi.
(4.4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish paytida aksiyadorlarga majburiy taqdim etish uchun qoʻshimcha axborot (materiallar) roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
4.5. Agar jamiyat aksiyadorlari reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxs aksiyalarning nominal egasi boʻlsa Umumiy yigʻilishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma aksiyalarning nominal egasiga yuboriladi. Aksiyalarning nominal egasi uni oʻz mijozlariga qonun hujjatlarida yoki mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda yetkazishi shart.
4.6. Jamiyat Aksiyadorlari umumiy yigʻilishi kun tartibiga doir takliflar (5-ilovada koʻrsatilgan shakl boʻyicha) jamiyatning kamida bir foiz ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar tomonidan, basharti jamiyat Ustavida kechroq muddat belgilanmagan boʻlsa, jamiyat moliyaviy yili tamom boʻlgandan keyin 30 kundan kechikmay yuboriladi. Koʻrsatib oʻtilgan aksiyadorlar, shuningdek aksiyadorlar yillik Umumiy yigʻilish kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiga) nomzodlar koʻrsatishga haqlidir, ularning soni ushbu organlar son tarkibidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
(4.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.7. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalani qoʻyish sababi, masalani kiritayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning nomi, unga tegishli aksiyalar soni va turi koʻrsatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiga) nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisida takliflar kiritishda, shu jumladan oʻz nomzodini koʻrsatishda nomzodning ismi, unga tegishli aksiyalar soni va turlari (agar nomzod jamiyatning aksiyadori boʻlsa), shuningdek nomzodni koʻrsatuvchi aksiyadorlarning nomlari, ularga tegishli aksiyalarning soni va turlari koʻrsatiladi.
(4.7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.8. Jamiyatning kuzatuvchi kengashi tushgan takliflarni mazkur Nizomning 4.6-bandida belgilangan muddat tamom boʻlgandan keyin 15 kundan kechikmay koʻrib chiqishga va ularni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish yoki kun tartibiga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majburdir.
4.9. Aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilishi, shuningdek koʻrsatilgan nomzodlar jamiyat Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan istisnodir:
— aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan mazkur Nizomning 4.6-bandida belgilangan muddatga rioya qilinmasa;
— aksiyador (aksiyadorlar) mazkur Nizomning 4.6-bandida nazarda tutilgan jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari miqdoriga egalik qilmaydi;
— jamiyatning saylov organlariga koʻrsatilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa;
— taklif qonun hujjatlariga talablariga muvofiq boʻlmasa.
(4.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.10. Jamiyat Kuzatuvchi kengashining masalani aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish yoki nomzodni jamiyatning Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar boʻyicha ovoz berish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritish asosli ravishda rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan keyin uch kundan kechikmay masalani kiritgan yoki taklif bergan aksiyador (aksiyadorlar)ga yuboriladi.
(4.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.11. Jamiyat kuzatuvchi kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish yoki jamiyatning nomzodni kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar boʻyicha nomzodlar roʻyxatiga kiritish rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(4.11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
V. AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TAShQARI UMUMIY YIGʻILIShINI OʻTKAZIShGA TAYYoRGARLIK KOʻRISh
5.1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi jamiyat Kuzatuvchi kengashi qaroriga koʻra quyidagilar asosida oʻtkaziladi:
— uning oʻz tashabbusi bilan;
— taftish komissiyasi yoki jamiyat auditorining talabi bilan;
— talab berilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan (6-ilovaga muvofiq).
5.2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida talab berilgan paytdan boshlab 45 kundan kechikmay amalga oshiriladi.
5.3. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi talabda yigʻilish kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar ularni kiritish sabablari koʻrsatilgan holda ifodalanishi kerak.
5.4. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi jamiyatning taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan chaqirilayotgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritiladigan masalalar ifodalanishiga oʻzgartirishlar kiritishga haqli emas.
5.5. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyador (aksiyadorlar)dan chiqqan boʻlsa, unda yigʻilish chaqirilishini talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning ismi (nomi), unga tegishli aksiyalar soni, turi (tipi) koʻrsatilishi kerak.
5.6. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talab aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilayotgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
5.7. Jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishni chaqirish toʻgʻrisidagi talabi berilgan sanadan boshlab oʻn kun ichida jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishining chaqirilishi yoxud uning chaqirilishi rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi kerak.
5.8. Jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishni chaqirish toʻgʻrisidagi talabi rad etilishi haqidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar:
— aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) talab berilgan sanada jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foiziga egalik qilmasa;
— jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan savollardan hech biri uning vakolatiga tegishli boʻlmasa;
— kun tartibiga kiritish uchun taklif qilinayotgan masala qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
5.9. Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish yoki uni chaqirishni asosli ravishda rad etish toʻgʻrisidagi qarori uni chaqirishni talab qiluvchi shaxslarga ushbu qaror qabul qilingan paytdan boshlab uch kundan kechikmay yuboriladi.
5.10. Jamiyat kuzatuvchi kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
5.11. Agar 45 kun ichida jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmasa yoki mazkur Nizomning 5.8-bandida koʻrsatilmagan sabablar boʻyicha uni chaqirish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qiluvchi shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ushbu holda aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish xarajatlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra jamiyat mablagʻlari hisobiga qoplanishi mumkin.
5.12. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Kuzatuvchi kengashning vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqishda aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishlari mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq tartibda chaqiriladi.
VI. UMUMIY YIGʻILISh KVORUMI
6.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, agar umumiy yigʻilishda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtish tamom boʻlishi paytida Jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami boʻlib kamida 60 foizidan ortigʻiga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari), shu jumladan aksiyalarning davlatga tegishli paketini ishonchli boshqaruvchi yoki davlat vakili (aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasida davlatga tegishli aksiyalar paketi mavjud boʻlsa) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa qonuniy kuchga (kvorumga) ega boʻladi.
LexUZ sharhi
6.1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
6.2. Agar imtiyozli aksiyalar kun tartibining faqat bitta yoki bir nechta masalalari boʻyicha ovoz bersa, yigʻilish kvorumi taqdim etilgan oddiy aksiyalar soniga qarab belgilanadi, koʻrsatilgan masalalar boʻyicha ovozlarni sanash esa ovoz beruvchi oddiy va imtiyozli aksiyalarning umumiy sonidan kelib chiqib oʻtkaziladi.
6.3. Agar yigʻilish boshlanishi uchun belgilangan vaqtdan soʻng 60 minutdan ortiq vaqt davomida kvorum toʻplanmasa, aksiyadorlarning yangi umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi.
6.4. Boʻlib oʻtmagan yigʻilish oʻrniga chaqirilgan yangi umumiy yigʻilish, basharti yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tamom boʻlishi paytida unda jami boʻlib jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 60 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari) roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa huquqiy vakolatli boʻladi.
6.5. Agar takroriy yigʻilishda kvorum toʻplanmasa, u holda aksiyadorlar tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi va bundan keyin chaqirilmaydi; jamiyat Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki auditorining tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami boʻlib kamida 60 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari) hozir boʻlishi taʼminlanmagungacha shuncha marta chaqiriladi.
(6.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
6.6. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini chaqirish sanasi 20 kundan oz muddatda kvorum yoʻqligi munosabati bilan koʻchirilgan taqdirda, Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar boʻlib oʻtmagan Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatiga muvofiq aniqlanadi.
7.2. Aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi rayosati va raisi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida saylanadi. Bunda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi prezidiumi tarkibiga lavozimiga koʻra Kuzatuvchi kengash raisi kiradi.
(7.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
7.3. Aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi raisi yigʻilish rayosatiga boshchilik qiladi, yigʻilish olib borilishini taʼminlaydi va buning uchun u oʻz vazifalarini zarur tartibda bajarilishi uchun zarur boʻlgan barcha vakolatlarga ega boʻladi.
7.4. Umumiy yigʻilish raisi yigʻilishning borishiga rahbarlik qiladi, Umumiy yigʻilish ishchi organlari ishini muvofiqlashtiradi, masalalarni muhokama qilish tartibini belgilaydi, maʼruzachilarning nutq soʻzlashlari vaqtini chegaralaydi, yigʻilishni olib borish va ovoz berish davomida tushuntirishlar beradi, zalda tartib oʻrnatilishini nazorat qiladi.
7.5. Umumiy yigʻilish raisi umumiy yigʻilish bayoni va qarorini imzolaydi.
7.6. Jamiyatning 100 dan ortiq ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar soni mavjud boʻlgan jamiyatda sanoq komissiyasi tashkil etiladi, uning miqdor va shaxsiy tarkibi jamiyat kuzatuvchi kengashining taklifiga koʻra aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
7.7. Sanoq komissiyasi tarkibi uch kishidan kam boʻlishi mumkin emas. Sanoq komissiyasiga jamiyat Kuzatuvchi kengashi aʼzolari, jamiyat Taftish komissiyasi aʼzolari, kollegial ijro etuvchi organ aʼzolari, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, teng ravishda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shuningdek nomzodlar tomonidan ushbu lavozimlarga koʻrsatiladigan shaxslar kirishi mumkin emas.
(7.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
7.8. Jamiyatning 500 dan ortiq ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar soni mavjud boʻlgan jamiyatda sanoq komissiyasi funksiyasi jamiyatning ixtisoslashtirilgan reyestr saqlovchisiga yuklanishi mumkin.
7.9. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish “jamiyatning bir ovoz beruvchi aksiyasi 1 ovoz” prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi (jamiyat kuzatuvchi kengashi aʼzolari saylovlari boʻyicha nomzodlar soniga qarab, qancha boʻlsa shuncha ovoz berilgan hollar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari).
7.10. Ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladigan ovoz berishda ovozlar ovoz beruvchilarga ovoz berishning ehtimol tutilgan variantlaridan faqat bittasi qoldirilgan masalalar boʻyicha hisoblanadi. Yuqorida koʻrsatilgan talab buzilgan holda toʻldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va undagi mavjud masalalar boʻyicha ovozlar hisoblanmaydi.
7.11. Agar ovoz berish byulletenida ovoz berishga qoʻyilgan bir necha masala mavjud boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan talab bir yoki bir necha masalaga nisbatan rioya qilinmasligi ovoz berish byulletenining umuman haqiqiy emasligi tan olinishiga olib kelmaydi.
7.12. Sanoq komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish masalasida mustaqil ish koʻruvchi yigʻilishning ishchi organi hisoblanadi va kuzatuvchi kengashning taklifiga koʻra aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
7.13. Sanoq komissiyasi vakolatlarining muddati u aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan saylangan paytdan boshlab aksiyadorlarning tegishli yigʻilishi (yillik yoki navbatdan tashqari) tomonidan sanoq komissiyasining yangi tarkibi saylanishi (yoki qayta saylanishi) paytigacha hisoblanadi.
7.14. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish paytida sanoq komissiyasi kuzatuvchi kengashning topshirigʻiga koʻra quyidagi funksiyalarini amalga oshiradi:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxatini tuzadi;
ovoz berish byulletenlarini va umumiy yigʻilishning boshqa materiallarini beradi va yuboradi, berilgan (yuborilgan) byulletenlar hisobini olib boradi.
7.15. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyadorlarning oldingi umumiy yigʻilishi tomonidan saylangan sanoq komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlarni (ularning vakillarini) roʻyxatdan oʻtkazadi;
ishonchnomalar va ular tomonidan beriladigan huquqlar hisobini yuritadi;
ovoz berish byulletenlarini va umumiy yigʻilishning boshqa axboroti (materiallari)ni beradi;
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kvorumi mavjudligini belgilaydi.
7.16. Tarkibi boʻlib oʻtayotgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi davomida tasdiqlangan sanoq komissiyasi:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kvorumi mavjudligini aniqlaydi;
aksiyadorlar (ularning vakillari) tomonidan Umumiy yigʻilishda ovoz berish huquqini amalga oshirish munosabati bilan paydo boʻluvchi masalalarni tushuntiradi;
ovoz berishga qoʻyilayotgan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibini tushuntiradi;
ovoz berishning belgilangan tartibini va aksiyadorlarning ovoz berishda qatnashishi huquqini taʼminlaydi;
ovozlarni sanaydi va ovoz berish yakunlarini chiqaradi;
ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida bayon tuzadi;
ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.
VIII. UMUMIY YIGʻILIShNI OLIB BORISh TARTIBI
8.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini olib borish tartibi aksiyadorlarning har bir Umumiy yigʻilishida mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlanadi.
8.2. Kuzatuvchi kengash raisi Umumiy yigʻilishning sanoq komissiyasini, rayosatini va kotibini (kotibiyat - yirik aksiyadorlik jamiyatlari uchun tavsiya etiladi) saylashni taklif etadi.
8.3. Aksiyadorlar tashabbusiga koʻra chaqirilgan Umumiy yigʻilish rayosati tarkibini tasdiqlash boʻyicha ovoz berish jamiyat Ustavi bilan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
8.4. Umumiy yigʻilishni olib borish tartibi yigʻilishning boshlanishi va taxminan tamom boʻlishi vaqtini, nutqlar qancha davom etishi va tanaffuslarni, kun tartibi masalalarining izchilligini, kun tartibi masalalari boʻyicha maʼruzachilarning familiyalari va lavozimlarini, ovoz berishni amalga oshirish va uning natijalarini eʼlon qilish tartibini nazarda tutadi.
8.5. Yigʻilish davomida paydo boʻluvchi joriy masalalarni rais muhokama qilinayotgan masala boʻyicha Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida bosh prinsipdan: har bir qatnashchining belgilangan vaqt doirasida soʻzga chiqish huquqidan foydalanishi mumkinligidan kelib chiqib yakkaboshchilik bilan hal etiladi.
8.6. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda qatnashish istagini bildirganlar Umumiy yigʻilish kotibiyatiga muhokama qilinadigan masalani koʻrsatgan holda buyurtmanoma beradilar.
(8.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
8.8. Kun tartibining barcha masalalari muhokama qilingandan keyin rais Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini yopiq deb eʼlon qiladi.
IX. AKSIYADORLAR UMUMIY YIGʻILIShI BAYoNI
9.1. Umumiy yigʻilish kotibiyatining son va shaxsiy tarkibi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
9.2. Kotibiyat tarkibini aniqlashga nisbatan mazkur Nizomning 7.10-bandiga muvofiq sanoq komissiyasi aʼzolarini tayinlashga qoʻyiladigan talablarga oʻxshash talablar qoʻyiladi.
9.3. Umumiy yigʻilish kotibiyati:
— Umumiy yigʻilishning borishini bayonga qayd etib boradi;
— yozma buyurtmanomalar boʻyicha yigʻilish kun tartibi masalalarini muhokama qilishda qatnashish istagini bildiruvchilar roʻyxatini olib boradi;
— Umumiy yigʻilish tamom boʻlgandan soʻng 15 kundan kechikmay Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonini ikki nusxada tuzadi.
9.4. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonida:
— Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan joy va vaqt;
— jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi boʻlgan aksiyadorlar egalik qilgan ovozlarning umumiy soni;
— yigʻilishda qatnashgan aksiyadorlar egalik qilgan ovozlar soni;
— yigʻilish raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilish kun tartibi;
— nutqlarning asosiy qoidalari, ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ovoz berish yakunlari va Umumiy yigʻilish tomonidan qabul qilingan qarorlar koʻrsatiladi.
9.5. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayoni Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
9.6. Sanoq komissiyasi bayoni yigʻilishning maxsus qarori bilan tasdiqlanmaydi, balki maʼlumot uchun qabul qilinadi hamda Umumiy yigʻilish bayonnomasiga tikib qoʻyilishi kerak.
9.7. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayoni imzolangandan keyin sanoq komissiyasi yigʻilish hujjatlarini, shu jumladan Umumiy yigʻilishning roʻyxatdan oʻtish roʻyxatini, sanoq komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolangan muhrlangan ovoz berish byulletenlarini, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonlarni va Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonini saqlash uchun jamiyat arxiviga topshiradi.
X. AKSIYADORLAR UMUMIY YIGʻILIShI QARORLARINI BAJARISh
10.1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni, basharti yigʻilish qarorida oʻzgacha hol qayd etilmagan boʻlsa va bayonda aks ettirilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuvchi kengashi amalga oshiradi.
10.2. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorlari Umumiy yigʻilishda hozir boʻlgan, shuningdek hozir boʻlmagan barcha aksiyadorlar tomonidan, ularga tegishli qismi boʻyicha bajarilishi majburiydir.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 1-ILOVA
_____________ aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining __________yil _____ da oʻtkaziladigan Umumiy yigʻilishining Qayd qilish
roʻyxati
T/r
Aksiyador familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi)
Shaxsiy schyoti raqami
Ovoz beruvchi aksiyalar soni
Aksiyador imzosi
(vakilbor boʻlsa toʻldiriladi)
Vakil familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi)
Ishonchnoma raqami
Ishonchnoma berilgan sana
Ovoz beruvchi aksiyalar soni
Vakil imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Umumiy yigʻilishning barcha roʻyxatdan oʻtkazilgan qatnashchilari kishi___,ovoz beruvchilar ___________________.
Kvorum mavjudligi (ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy sonidan foizlarda) _________%.
Sanoq komissiyasi aʼzolarining imzolari
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 2-ILOVA
________________yil “__”__________________da aksiyadorlarning yillik (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishida ovoz berish uchun __________AJning____ta ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorining ________-son* BYuLLLETENI
(ovozlar soni)
№
Kun tartibidagi masala
Tarafdorlar
Qarshilar
Betaraflar
1.
2.
3.
4.
5.
6.
......
Familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari___________________________________
_____________
(imzo)
* Qayd etish roʻyxati boʻyicha aksiyadorning raqami koʻrsatiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 3-ILOVA
AJning _____ta oddiy aksiyalariga (va ______ta imtiyozli aksiyalariga egallik qiluvchi) _____________menga tegishli barcha aksiyalar bilan ovoz berishda aksiyadorlar yigʻilishida mening manfaatlarimni ifodalash uchun _________________ga ishonch bildiraman.
Mening manzilim:
Vakilning manzili:
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
Pasport
Pasport
seriyasi____№__________________
seriyasi____№__________________
berilgan_______________________
berilgan_______________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
Ishonchnoma 199__ yil____________dan 199__yil gacha haqiqiydir.
Aksiyadorning imzosi_________
Sana__________________
Aksiyadorning shaxsiy imzosini tasdiqlayman.
Notarius_______________________________
Imzo ____________
Sana ____________________
M. Oʻ.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 3a-ILOVA
AJning aksiyadori hisoblanuvchi, ____ta oddiy aksiyaga (va _______ta imtiyozli aksiyaga) egallik qiluvchi_________________________________________________ning rahbari (direktori, raisi)
(yuridik shaxsning nomi)
fuqaro _____________ga aksiyadorlar yigʻilishida barcha tegishli aksiyalar bilan__________ning manfaatlarini (yuridik shaxsnomi) ifodalashga ishonch bildiraman.
Aksiyadorning manzili:
Vakilning manzili:
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
Bank rekvizitlari:
Pasport seriyasi ____ № __
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
199___yil ___________dan 199__yil __ ___________gacha amal qiladi.
Rahbarning imzosi _________
Sana_____________________
M. Oʻ.
Aksiyadorning shaxsiy imzosi tasdiqlayman: __________________
Notarius_______________________________
Imzo ____________
Sana ____________________
M. Oʻ.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 4-ILOVA
manzilida joylashgan AJ telefon Sizga 19___ ____________ soat________minutda manzilida aksiyadorlik jamiyatimiz aksiyadorlarining yillik(navbatdan tashqari) yigʻilishi boʻlishi haqida maʼlum qiladi.
Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati 19__yil ___________dagi holatiga koʻra tuziladi.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. 2. 3. ...
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish davrida Siz aksiyadorlar umumiy yigʻilishining quyidagi materiallari bilan tanishishingiz mumkin:
1. 2. 3. ...
Yoningizda pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma boʻlishi soʻraladi.
“________________” AJ Kuzatuvchi kengashi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 5-ILOVA
“_______________” AJ
Aksiyador______________ning Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalani kiritish toʻgʻrisidagi taklifi
ovoz beruvchi aksiyalar soni_______ta (AJ jami ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 1%i)
(tashkilotning nomi)
F.I.O.___________________
___________________
(imzo, sana)
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga 7-ILOVA
Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazishni tashkil etish
TARTIBI
1. Mazkur Tartib aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashish, aksiyadorlik jamiyatining joriy vakolatini uncha yaxshi bilmay va nohalol boshqarish sababli ularning manfaatlariga zarar yetkazmaslik yuzasidan ularning huquqlarini himoya qilishda aksiyadorlarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Kuzatuvchi kengash faoliyatini muddatidan oldin toʻxtatish masalasi boʻyicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Kuzatuvchi kengash qarori;
jamiyat taftish komissiyasi yoki auditorning talabi;
talab qoʻyilayotgan sanada jamiyatning kamida 10 foiz ovoz beruvchi aksiyasi egasi hisoblangan aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi.
3. Quyidagilar koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablarning sababi hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Ustavga, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlariga rioya qilmaslik;
jamiyatga zarar keltirganlik, aksiyadorlarning mulkiy huquqlariga ziyon yetkazish, shu jumladan ishlab chiqarish moliya-xoʻjalik faoliyatining jiddiy yomonlashuvi, foyda va rentabellikning pasayishi, ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish, ishlar, xizmatlar koʻrsatish hajmlarining asossiz ravishda kamayib ketishi bilan bogʻliq ziyon yetkazganlik;
jamiyatning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) belgilari mavjudligi yoki ularning paydo boʻlish xavfi, davlat budjeti, xodimlarga ish haqi toʻlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi barqaror qarzdorlik.
4. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab Kuzatuvchi kengashga beriladi va unda aniq sabablar hamda ularning asosliligi koʻrsatilgan holda yigʻilishning kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar boʻlishi lozim.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talabnomada Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi masaladan tashqari kun tartibiga Kuzatuvchi kengashning yangi tarkibini saylash masalasini kiritish alohida taklif boʻlishi kerak.
Kuzatuvchi kengash yangi tarkibini saylash masalalarini yigʻilish kun tartibiga kiritish ishlab turgan Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisidagi masala ijobiy hal etilgandan soʻnggina Umumiy yigʻilishda amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi talabnoma aksiyador (aksiyadorlar)dan tushgan hollarda unda unga tegishli aksiyalarning soni, turi koʻrsatilgan holda yigʻilish chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) boʻlishi kerak.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabnoma uni chaqirishni talab qilayotgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
5. Kuzatuvchi kengash aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi kun tartibiga masalalar ifodalanishiga oʻzgartirishlar kiritishga haqli emas va aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etilgan paytdan boshlab kechi bilan 45 kundan soʻng uni chaqirishni taʼminlashga yoki 10 kun davomida uni chaqirishni rad etish toʻgʻrisida asosli javob berishga majburdir.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi Kuzatuvchi kengash qarori yoki asosli ravishdagi rad javobi toʻgʻrisidagi qaror u olingan paytdan boshlab kechi bilan uch kunda uni chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.
6. Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Agar belgilangan muddatlar davomida Kuzatuvchi kengash tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinmagan yoki uni chaqirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishi uni chaqirishni talab qilayotgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 3-ILOVA
Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida
1.1. Mazkur Nizom “__________” aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining maqomini belgilaydi va uning ishini, aʼzolarini tayinlash tartibini, shuningdek har bir aʼzosining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Ijro etuvchi organ deganda yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ (direktor), kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv, direksiya), tushuniladi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra ijro etuvchi organ vakolatlari shartnoma boʻyicha, shu jumladan tanlov asosida tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Agar jamiyat ustavida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma shartlari Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
1.2. Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va _______________ aksiyadorlik jamiyatining Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
II. AKSIYADORLIK JAMIYATINING IJRO ETUVChI ORGANINI TUZISh TARTIBI
2.1. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining son tarkibi Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadigan tartibda qabul qilingan maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari smetalari asosida va doirasida jamiyatning Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
2.1-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
2.2. Aksiyadorlik jamiyatining Ijro etuvchi organi rahbari va uning shaxsiy tarkibi, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat Kuzatuvchi kengashi vakolatiga tegishli deb topilmagan boʻlsa, jamiyat Aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi (tayinlanadi, yollanadi va hokazo). Jamiyat ustaviga muvofiq yoki tegishli ravishda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki jamiyat Kuzatuvchi kengashining qaroriga koʻra yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari tanlov asosida tayinlanishi mumkin.
(2.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.3. Ijro etuvchi organ aʼzoligiga nomzodlar koʻrib chiqilganda va tasdiqlanganda qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadi.
(2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.4. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladi. Ijro etuvchi organ aʼzoligiga nomzod jamiyatga oʻzining jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari toʻgʻrisida maʼlum qilishi shart.
(2.4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ijro etuvchi organ tarkibiga u yoki bu nomzodni tavsiya etar ekan Kuzatuvchi kengash raisi kontrakt tuzish shartlari, boshqaruv faoliyati uchun mukofotlash miqdori va nomzodning shaxsiy arizasi bilan tasdiqlangan kontrakt tuzishga nomzodning roziligi toʻgʻrisida axborot beradi.
2.5. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi aʼzoligiga nomzodlar oʻzlarining nomzodlari koʻrib chiqilayotganda aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan yoki Kuzatuvchi kengash majlisida qatnashishlari mumkin.
(2.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.6. Ijro etuvchi organ tarkibiga taklif qilingan nomzodlar Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan maʼqullangandan keyin yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organning rahbari va har bir aʼzosi bilan tegishli lavozim boʻyicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan kontrakt tuziladi. Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va kollegial ijro etuvchi organning rahbari bilan kontrakt uni uzaytirish mumkinligi yoki toʻxtatish toʻgʻrisida har yili qaror qabul qilingan holda bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani jamiyat nomidan Kuzatuvchi kengash raisi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan vakil qilingan shaxs imzolaydi.
(2.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.7. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi rahbari aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organida boʻsh lavozim boʻyicha Kuzatuvchi kengashning kelgusi majlisigacha boʻlgan muddatda vaqtincha vazifalarni bajarish uchun birorta mutaxassisni qoʻyish huquqiga ega.
2.8. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi aʼzosi aksiyadorlik jamiyatning Ustavini, shuningdek kontrakt shartlarini buzganligi uchun bir vaqtning oʻzida kontrakt bekor qilingan holda egallab turgan lavozimidan chaqirib olinishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi aʼzosini chaqirib olish va u bilan tuzalgan kontraktni bekor qilish haqidagi qaror Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yoki agar jamiyat ustavida unga bunday huquq koʻpchilik ovoz bilan berilgan boʻlsa, Kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadi.
Kuzatuvchi kengash yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni ular tomonidan qoʻpol buzilishlarga yoʻl qoʻyilganda yoki jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi barbod qilinganda muddatidan oldin toʻxtatish huquqiga egadir.
(2.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
III. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING VAKOLATLARI VA TARKIBI
3.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi vakolatiga jamiyatning joriy faoliyati rahbarligining barcha masalalari kiradi, Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi yoki Kuzatuvchi kengashning vakolatiga kirgan masalalar bundan mustasno.
3.2. Ijro etuvchi organning son tarkibi boshqaruv vazifalari bir xodim tomonidan imkoni boricha koʻp bajarilishi, boshqaruv apparatini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda bir-birini takrorlovchi boʻgʻinlarning tugatilishi va u bilan bogʻliq boshqaruv xarajatlarining qisqarishi prinsiplaridan kelib chiqib belgilanadi.
3.3. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organiga:
— ijro etuvchi organ rahbari oʻrinbosari, bosh buxgalter, bosh muhandis va boshqa bosh mutaxassislar;
— asosiy ishlab chiqarish boʻlinmalarning rahbarlari boʻlgan boshqaruvchilar;
— aksiyadorlik jamiyati faoliyatining muhim yoʻnalishlarini taʼminlovchi boshqa mutaxassislar kirishi mumkin.
3.4. Ijro etuvchi organ aʼzolari lavozim yoʻriqnomasi tomonidan belgilab berilgan vakolatlar, ular bilan tuzilgan mehnat kontrakti shartlari, Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi, jamiyat Kuzatuvchi kengashining, ijro etuvchi organning qarorlari va ijro etuvchi organ rahbarining koʻrsatmalari doirasida ish tutadi.
Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organni, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari va aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish jamiyat faoliyati samaradorligiga qarab amalga oshiriladi.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
3.5. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi rahbari mazkur Nizomga muvofiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi oʻzgarishlar va boshqa holatlar munosabati bilan aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi tarkibiga qoʻshimcha nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega.
IV. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING RAHBARI
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.2. Ijro etuvchi organ rahbari aksiyadorlik jamiyati faoliyatining barcha masalalarini mustaqil ravishda hal qildi, Umumiy yigʻilish yoki Kuzatuvchi kengashning vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
4.3. Ijro etuvchi organ rahbari:
— aksiyadorlik jamiyati nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, boshqa tashkilotlar va organlar bilan boʻlgan oʻzaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalash;
— aksiyadorlik jamiyatining Ustavi yoki boshqa hujjatlari bilan oldindan kelishgan doiralarda uning mol-mulki va pul-mablagʻlarini tasarruf qilish.
— shartnomalar va kontraktlar, shu jumladan mehnat shartnoma (kontrakt)lari tuzish;
— ishonchnomalar berish;
— banklarda hisob-kitob schyotlari va boshqa schyotlar ochish;
— oʻziga boʻysunuvchi barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va koʻrsatmalar berish;
— xodimlar shtatini tasdiqlash, uni butlash huquqiga egadir.
4.4. Ijro etuvchi organ rahbarining vazifalari:
— oʻz vakolatlari doirasida jamiyatning samarali va barqaror ishlashini taʼminlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va Kuzatuvchi kengashning mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalardan tashqari;
— Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va jamiyat Kuzatuvchi kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil etish;
— ishlab chiqarish birliklari, sexlar va jamiyatning boshqa tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro samarali harakatini taʼminlash;
— jamiyat shartnoma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash;
— ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur boʻlgan miqdorlarda foyda olishni taʼminlash;
— jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalari ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, ularni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;
— jamiyat faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
— jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi, zarur holati va ishonchligiligini taʼminlash, yillik hisobotlar va boshqa moliyaviy hisobotlar tegishli organlarga oʻz vaqtida taqdim etilishi, shuningdek aksiyadorlarga, kreditorlarga va boshqa oluvchilarga yuboriladigan jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi. Ijro etuvchi organning rahbari yilning har choragida yillik biznes-rejaning bajarilishi toʻgʻrisida Kuzatuvchi kengashga hisobot beradi.
(4.4-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
— jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlar jamiyatning Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki jamiyat auditori talabiga koʻra toʻsiqlarsiz taqdim etilishi;
— davlat statistika hisoboti tegishli organlarga toʻliq va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash;
— jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotlarning saqlanishi, agar bunday axborotni uchinchi shaxslarga berish uning vazifalari doirasiga kirmasa, jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar roʻyxati Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi;
— xizmat yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning jamiyat xodimlari tomonidan saqlanishini taʼminlash;
— jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, jamiyat nomidan hujjatlarni va ijro etuvchi organ majlisi bayonlarini imzolash;
— jamiyatni ixtisoslashgan xodimlar bilan taʼminlash, jamiyat xodimlarining bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan eng yaxshi foydalanish chora-tadbirlarini koʻrish;
— mehnat va texnologiya intizomiga rioya qilinishi;
— ijtimoiy kafolatlarga rioya qilinishini taʼminlash va jamiyat xodimlarining mehnatini muhofaza qilish;
—- jamoa muzokaralarida ijro etuvchi organ vakillarining ishtirokini taʼminlash. Jamoa shartnomalari va bitimlar tuzilishida ish beruvchi sifatida qatnashish. Jamoa shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish;
— oʻz vakolatiga tegishli ishlarning holati toʻgʻrisidagi axborotni Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga va jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga belgilangan muddatda taqdim etish;
— amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotlar ular tomonidan olinishi, Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish, dividendlar hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha aksiyadorlarning barcha huquqlariga rioya qilish;
— ichki hujjatlarga, amaldagi qonun hujjatlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya qilish.
4.5. Ijro etuvchi organ rahbarining aniq huquqlari va majburiyatlari kontraktda u bilan oldindan kelishib olinadi.
V. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING ISh TARTIBI
5.1. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining majlisi zarur hollarda, biroq bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Ijro etuvchi organ tomonidan Kuzatuvchi kengash yoki Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hal qilishi uchun kiritiladigan masalalar majburiy tartibda aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi majlisida oldindan muhokama etiladi. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining fikri haqida Kuzatuvchi kengashda va Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ijro etuvchi organ rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan ijro etuvchi organ aʼzosi axborot beradi va himoya qiladi.
5.2. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining majlisini ijro etuvchi organ rahbari yoxud koʻrib chiqilayotgan masalalar tegishliligi boʻyicha uning oʻrinbosarlaridan biri olib boradi.
5.3. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi kotibi aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi majlislari bayonlari yuritilishini tashkil etadi. Ijro etuvchi organ majlislari bayonlaridan koʻchirmalar:
majburiy tartibda Kuzatuvchi kengash rahbariga va taftish komissiyasi rahbariga;
boshqa mansabdor shaxslar va auditorlarning talabiga koʻra faqat ijro etuvchi organ rahbarining ruxsati boʻyicha;
amaldagi qonun hujjatlari tomonidan nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarga va organlarga (shu jumladan davlat organlariga) beriladi.
VI. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANI AʼZOLARINING JAVOBGARLIGI
6.1. Agar ijro etuvchi organ aʼzosi aksiyadorlik jamiyati tomonlaridan biri hisoblangan bitishuvdan moliyaviy manfaatdor boʻlgan taqdirda, u qaror qabul qilinguncha oʻzining manfaatdorligi toʻgʻrisida xabar berishga majbur va ovozga qoʻyilganda qatnashmaydi.
6.2. Ijro etuvchi organ aʼzolari ularga xizmat mavqei bilan berilgan huquqlardan oʻzlari mehnat munosabatlarida boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadlari manfaatlari yoʻlida foydalanmasliklari kerak.
6.3. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi aʼzolari aksiyadorlik jamiyati mol-mulkini tasarruf qilishdan shaxsiy foyda koʻrish boʻyicha harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
6.4. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining aʼzolari aʼzolik davrida faoliyati aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarini sotish yoki xizmatlar taqdim etishda qiyinchilik tugʻdiradigan korxonalarni taʼsis etish yoki taʼsis etishda qatnashish huquqiga ega emaslar. Ijro etuvchi organ aʼzosi aksiyadorlik jamiyatida lavozimga tayinlanganda xuddi shunday korxonalardagi oʻz ishtirokini toʻxtatishi va bu toʻxtatish toʻgʻrisida aksiyadorlik jamiyati Kuzatuvchi kengashini xabardor qilmogʻi lozim.
6.5. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi aʼzolari oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, natijasida jamiyatiga yetkazilgan zarar uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va jamiyat Ustaviga muvofiq aksiyadorlik jamiyatiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha toʻliq hajmida aksiyadorlik jamiyati oldida javob beradilar.
6.6. Bunda ovoz berishda qatnashmagan yoki jamiyatga zarar yetkazishga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan ijro etuvchi organ aʼzolari javob bermaydilar.
6.7. Jamiyat yoki jamiyatning joylashtirilgan oddiy aksiyalarining hammasi boʻlib kamida bir foizga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida ijro etuvchi organ aʼzolariga yoki aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining ayrim aʼzolariga nisbatan daʼvo bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 5-ILOVA
Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish
tartibi
I. Davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvga berish uchun asoslar
1.1. Aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari davlat manfaatlarini taʼminlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning ishonchli boshqaruviga beriladi, boshqarish uchun belgilangan tartibda davlatning ishonchli vakillari tayinlanadigan davlatga tegishli aksiyalar paketi bundan mustasno.
Mazkur Tartibning amal qilishi aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining 25 foizi va undan kamrogʻini tashkil etuvchi aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlarini ular toʻliq sotilgungacha boʻlgan davrda ishonchli boshqaruvga berishga joriy etiladi.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
1.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz qarorlarida davlatga tegishli aksiyalari paketi ishonchli boshqaruvga berilishi lozim boʻlgan korxonalarni belgilaydi.
Koʻrsatib oʻtilgan qarorlarga muvofiq aniqlanmagan davlatga tegishli aksiyalar paketlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan ishonchli boshqaruvga beriladi, shu jumladan tanlov asosida beriladi.
1.3. Davlatga tegishli aksiyalarning paketlari menejment va marketing sohasida zarur boʻlgan malakali kadrlarga, kasb koʻnikmalariga va ish tajribalariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin.
1.4. Ishonchli boshqaruvga berilishi kerak boʻlgan aksiyalar paketlari uchinchi shaxs huquqlari bilan qiyinlashtirilmasligi yoxud boshqa har qanday shaklda begonalashtirilmasligi kerak.
II. Aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berish va ishonchli boshqaruvchini tayinlash tartiboti
2.1. Ishonchli boshqaruvchini tayinlash va u bilan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisida shartnoma tuzishni davlat nomidan Davlat mulki qoʻmitasi oʻzi tashkil etgan tanlov komissiyasining qarori asosida amalga oshiradi.
Ishonchli boshqaruvchi – yuridik shaxs aksiyalarning davlat paketini boshqarish boʻyicha aksiyadorlik jamiyatida oʻzining vakolatli vakilini tayinlaydi.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
2.2. Aksiyalarning davlatga tegishli paketini ishonchli boshqaruvga berish ishonchli boshqaruvning tuzilgan shartnomasi asosida (mazkur Tartibga ilovaga muvofiq) aksiyalarni ishonchli boshqaruvchining Davlat mulki qoʻmitasining “Depo-deponent hisob raqami”dagi subhisob raqamiga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
(2.2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Bunda depozitariy ishonchli boshqaruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan aksiyalar paketini tasarruf etish imkoniyatini istisno qiluvchi tarzda aksiyalar paketini muhofaza qiladi.
2.3. Ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalar paketining qiymati ishonchli boshqaruvchining balansdan tashqari schyotlarida ularning nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
Ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalarni saqlash boʻyicha depozitariy xizmati haqini toʻlash va ularga egalik qilish haqidagi tasdiqlovchi hujjatlarni berish ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
2.4. Belgilangan tartibda davlatga tegishli aksiyalarni begonalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda ishonchli boshqaruv shartnomasi begonalashtiriladigan aksiyalarga nisbatan toʻxtatiladi.
2.5. Aksiyalari (joylashtirilmagan aksiyalari) ushbu aksiyadorlik jamiyatining emissiya prospekti tomonidan belgilangan muddat davomida keyinchalik begonalashtirilishi kerak boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlat vakolati boʻyicha harakatlarni amalga oshirish uchun Davlat mulki qoʻmitasi ishonchli boshqaruvchiga (boshqaruvda ushbu aksiyadorlik jamiyatining aksiyalariga ega boʻlgan) ishonchnoma beradi. Aksiyalarni begonalashtirishda (sotishda) Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan berilgan ishonchnoma aksiyalarni begonalashtirishning shartnomasi boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilishi paytidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
(2.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
III. Shartnoma shartlari
3.1. Ishonchli boshqaruv shartnomasi, qoidaga koʻra, 5 yil muddatga (muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) tuziladi va quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
shartnoma qatnashchilari tarkibi, foyda koʻruvchi — davlat toʻgʻrisida koʻrsatma;
shartnoma mavzusi, shartnoma boʻyicha ishonchli boshqaruvga beriladigan aksiyalar paketi tavsifi;
shartnomaning amalda boʻlishi muddati va uning muddatini uzaytirish imkoniyati;
davlatga tegishli aksiyalar paketini berish tartibi;
(3.1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
tomonlarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan ishlab chiqarishni texnika bilan qayta jihozlash va renovatsiya qilish sof foyda (daromad)ning oʻsishi, korxonaning majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini uzish (agar boʻlsa) va bundan keyin qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik sohasida siyosat olib borish boʻyicha ishonchli boshqaruvchining majburiyati;
ishonchli boshqaruvchi tomonidan hisobotlarni taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalarni begonalashtirish shartlari;
ishonchli boshqaruvchini taqdirlash haqining miqdori va shakli;
ishonchli boshqaruvchi qayta tashkil etilishi sababli ishonchli boshqaruv toʻxtatilgan hollarda va Davlat mulki qoʻmitasi huquqiy voris bilan shartnoma tuzishdan bosh tortganda aksiyalar belgilangan tartibda qaytarilishi kerakligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
tomonlarning javobgarligi;
shartnomaning boshqa shartlari;
shartnomani bekor qilish tartibi.
3.2. Quyidagilar ishonchli boshqaruv shartnomasiga majburiy ilovalar hisoblanadi:
oxirgi hisobot sanasi holatiga koʻra tegishli ilovalar bilan va oxirgi hisobot sanasi holatiga koʻra korxonalar asosiy fondlarini qayta roʻyxatga olish dalolatnomasi bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyatining buxgalteriya balansi;
miqdori ustav jamgʻarmasining 5 foizidan oshib ketadigan mazkur emitentning aksiyalar paketiga ega boʻlgan aksiyadorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yopiq aksiyadorlik jamiyati uchun — ustav jamgʻarmasining 5 foizidan koʻprogʻiga ega boʻlgan muassislar (aksiyadorlar) tarkibi toʻgʻrisidagi rasmiy muhr bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma);
muddati oʻtib ketgan qarzlar ajratib koʻrsatilgan xoldagi kreditorlik va debitorlik qarzlarining yoyib koʻrsatilishi.
IV. Ishonchli boshqaruvchining maqomi, huquq va majburiyatlari
4.1. Aksiyadorlik jamiyatining davlatga tegishli aksiyalari paketlarini ishonchli boshqaruvchi lavozimi boʻyicha aksiyadorlik jamiyati Kuzatuvchi kengashining aʼzosi hisoblanadi, Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi). Ishonchli boshqaruvchi lavozimi boʻyicha Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining Rayosati tarkibiga kiradi.
4.2. Ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga egadir:
ishonchli boshqaruvga olingan davlatga tegishli aksiyalar paketiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga muvofiq barcha yuridik va amaliy ishlarni amalga oshirish, begonalashtirish va undan garov sifatida foydalanishdan tashqari;
ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalar paketiga muvofiq jamiyatning Kuzatuvchi kengashi aʼzosi va Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qatnashchisi sifatida oʻzining barcha vakolatlaridan foydalanish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda unga ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalarni oʻz mulki qilib sotib olish;
shartnoma shartlariga va qonun hujjatlariga muvofiq taqdirlash haqi olish.
Ishonchli boshqaruvchi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi ijro etuvchi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan joriy faoliyatga aralashish huquqiga emas.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2004-y., 26-son, 298-modda)
davlat aksiyalari paketlarini ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha foydali sotib oluvchi hisoblangan davlat manfaatlarini ifodalash;
oʻz faoliyati va aksiyadorlik jamiyatining moliya-xoʻjalik holati natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasini xabardor qilish;
oʻziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirishda oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni uchinchi shaxsga oshkor etmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid boʻlgan maqsadlarda foydalanmaslik;
jamiyatning Kuzatuv kengashiga yoki ijro etuvchi organiga murojaat qilish yoʻli bilan davlat huquqlari va manfaatlari buzilishini bartaraf etishni talab qilish;
davlat aksiyalari paketlari boʻyicha hisoblangan dividendlarni budjetga oʻz vaqtida toʻlashni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar koʻrish;
aksiyadorlik jamiyatining budjetga, davlat maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlar, ish haqi boʻyicha qarzdorligi vujudga kelganda, shuningdek korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy ahvoli ogʻirlashgan taqdirda Kuzatuv kengashi tarkibini hamda jamiyatning ijro etuvchi organini qayta saylash maqsadida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilish.
(4.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 26-son, 298-modda)
4.4. Ishonchli boshqaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishmasdan aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlaridagi boshqa aksiyadorlarning vakili boʻlishi mumkin emas.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq 4.4-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 26-son, 298-modda)
V. Davlat mulki qoʻmitasining huquq va majburiyatlari
5.1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi quyidagi huquqlarga egadir:
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda ishonchli boshqaruvchidan davlatga tegishli aksiyalar paketi ishonchli boshqaruvga berilgan korxona faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hisobotlarni olish;
ishonchli boshqaruvchidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini, foyda oluvchi davlat uchun noxush oqibatlar bartaraf etilishini, shuningdek mazkur Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, basharti ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yuz berganligi ishonchli boshqaruvchi yoki uning vakili tomonidan isbotlanmasa, moddiy zarar va boy berilgan foyda qoplanishini talab qilish.
5.2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi quyidagilarga majburdir:
uchinchi shaxslarning majburiyatlari bilan qiynab qoʻyilmagan va boshqa har qanday usul bilan begonalashtirilmagan (doimiy ravishda yoki vaqtincha) davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvga berish;
mazkur shartnoma boʻyicha vazifalar bajarilishi va huquqlar amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar va maʼlumotlarni ishonchli boshqaruvchiga berish;
davlat mulkini boshqarish boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasiga berilgan huquqlarga muvofiq ishonchli boshqaruvchining faoliyatiga koʻmaklashish.
VI. Hisobot berish tartibi va tomonlarning javobgarligi
6.1. Ishonchli boshqaruvchi har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi oldida hisobot beradi, ular ishonchli boshqaruvchining shartnomalari zarur tartibda bajarilishi va korxona moliya-xoʻjalik holatining monitoringini amalga oshiradilar. Ishonchli boshqaruvchining hisoboti shakli va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
6.2. Davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvga berishda foyda oluvchining — davlatning manfaatlari toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi davlatga tegishli aksiyalar paketi ishonchli boshqarilgan vaqt uchun zararlar va boy berilgan foydani foyda oluvchiga — davlatga toʻlaydi.
6.3. Ishonchli boshqaruvchi unga ishonib topshirilgan davlatga tegishli aksiyalar paketi saqlanishi, uning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar uchun, basharti ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yoxud Davlat mulki qoʻmitasining harakatlari natijasida yuz berganligini isbotlay olmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
6.4. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan unga berilgan vakolatlar oshirilgan holatlarda yoki unga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilgan holda sodir etilgan bitishuv boʻyicha ishonchli boshqaruvchi javob beradi.
6.5. Tomonlar oʻrtasida paydo boʻluvchi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
VII. Ishonchli boshqaruvchining faoliyatini taqdirlash
7.1. Davlatga tegishli aksiyalar paketi boʻyicha ishonchli boshqaruvchi qonun hujjatlariga va aksiyadorlik jamiyati Ustaviga muvofiq oʻz faoliyati uchun taqdirlanadi.
7.2. Ishonchli boshqaruvchi faoliyatini taqdirlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadi.
(7.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
VIII. Shartnomaning amal qilishi toʻxtatilishi
8.1. Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan Shartnoma quyidagi holatlar boshlanganda toʻxtatilishi mumkin:
shartnoma muddati tugashi bilan tomonlardan birining shartnomani toʻxtatish toʻgʻrisidagi arizasi;
belgilangan tartibda davlatga tegishli aksiyalar paketini begonalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi;
ishonchli boshqaruvchi hisoblangan fuqaroning vafot etishi, uning huquqiy layoqatli emasligi, huquqiy layoqati cheklanganligi yoki bedarak yoʻq boʻlganligi tan olinishi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning iqtisodiy nochor (bankrot) deb tan olinishi;
yuridik shaxs — ishonchli boshqaruvchining qayta tashkil etilishi yoki toʻxtatilishi, uning iqtisodiy nochor (bankrot) deb tan olinishi;
foyda oluvchi — davlatning shartnoma boʻyicha foyda olishni rad etishi, agar shartnomada oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa;
ishonchli boshqaruvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining ishonchli boshqaruvchining mol-mulkni ishonchli boshqaruvni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishni rad etishi;
ishonchli boshqaruvchi tomonidan oʻz majburiyatlari zarur darajada amalga oshirilmagan xollarda shartnomaning Davlat mulki qoʻmitasi tashabbusi bilan bekor qilinishi;
ikkinchi taraf tomonidan oʻz shartnoma majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi munosabati bilan taraflardan birining asosli arizasi. Shartnoma ariza taqdim etilgan paytdan boshlab 30 kundan keyin bekor qilingan hisoblanadi;
amaldagi qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslar.
8.2. Ishonchli boshqaruvchi shartnomasi amal qilishi toʻxtatilgandan keyin davlatga tegishli aksiyalar paketiga egalik qilish, undan foydalanish va uni boshqarish amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shartnoma davlatga tegishli aksiyalar paketi ishonchli boshqaruvchining “Depo” schyotidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi schyotiga oʻtkazilgan paytdan boshlab, shuningdek taraflarning shartnomadan nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari bajarilishi tugallangach oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish tartibiga ILOVA
Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqarishning
namunaviy shartnomasi
__________ shahri
199_____y. “_______”___________
Davlat manfaatlarini ifodalovchi (“Foyda koʻruvchi” hisoblanadigan) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi nomidan ish koʻruvchi, Nizom asosida vakil qilingan ________________ raisi, keyingi oʻrinlarda “Davlat mulki qoʻmitasi” deb ataladi bir tomon boʻlib va keyingi oʻrinlarda “Ishonchli boshqaruvchi” deb ataladigan_________________________________________________________
yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning F.I.O.)
rahbari nomidan (yuridik shaxslar uchun) Ustav asosida vakil qilingan ______________________________________________________
lavozimi, F.I.O.
shartnomani (keyingi oʻrinlarda “Shartnoma” deb ataladi) quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi.
I. Shartnoma mavzusi
1.1. Davlat mulki qoʻmitasi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (keyingi oʻrinlarda davlatga tegishli aksiyalar paketlari) Ishonchli boshqaruvchiga 1.2-bandga muvofiq ishonchli boshqaruvga beradi, Ishonchli boshqaruvchi esa qonun hujjatlari va mazkur Shartnoma bilan nazarda tutilgan vakolatlar doirasida Foyda koʻruvchi manfaatlari yoʻlida davlatga tegishli aksiyalar paketlarini boshqarishni amalga oshiradi.
1.2. Ishonchli boshqaruvga beriladigan davlatga tegishli aksiyalar paketlarining tavsifi: ____________________________ korxonasi
Davlat ulushining miqdori (ustav jamgʻarmasidan)______________%
Jami aksiyalar soni _________________________________________
shu jumladan turlari boʻyicha: _______________________________
ulardan ovoz beruvchilari ___________________________________
Aksiyalarning nominal qiymati _______________________________
Boshqa tavsiflar ____________________________________________
II. Shartnomaning amal qilish muddati
2.1. Mazkur Shartnoma u tuzilgan sanadan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning amal qilish muddati, muddatini uzaytirish huquqi bilan ______ yil (5 yilgacha).
2.2. Shartnoma amal qilishi muddati tamom boʻlgach tomonlardan birining shartnomani toʻxtatish toʻgʻrisida arizasi boʻlmaganda, uning amal qilishi u mazkur Shartnoma bilan nazarda tutilgan muddatga va shartlarda muddati uzaytirilgan deb hisoblanadi.
III. Davlatga tegishli aksiyalarning paketlarini berish tartibi
3.1. Ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi mazkur shartnoma ________ tanlov komissiyalarining __ yil “___” _____ dagi _-son qarori asosida tuzilgan.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
3.2. Aksiyalarning davlatga tegishli paketlarini ishonchli boshqaruvga berish ishonchli boshqaruvning mazkur Mehnat shartnomasi asosida, aksiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi topshirigʻiga koʻra ishonchli boshqaruvchining “Depo” schyotiga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
3.3. Davlatga tegishli aksiyalarni begonalashtirish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganda ishonchli boshqaruv shartnomasi begonalashtirilgan aksiyalarga nisbatan toʻxtatiladi.
3.4. Aksiyalari mazkur aksiyadorlik jamiyatining emissiya prospekti bilan belgilangan muddat davomida keyinchalik begonalashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatida davlatning vakilligi boʻyicha harakatlarni amalga oshirish uchun Davlat mulki qoʻmitasi Ishonchli boshqaruvchiga (boshqaruvda ushbu aksiyadorlik jamiyatining aksiyalariga ega boʻlgan) ishonchnoma beradi. Aksiyalarni begonalashtirishda (sotishda) Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan berilgan ishonchnoma aksiyalarni begonalashtirishning tegishli shartnomasi boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan paytdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
3.5. Quyidagilar ishonchli boshqaruv shartnomasining majburiy ilovalari hisoblanadi:
oxirgi hisobot sanasidagi holati boʻyicha tegishli ilovalar va korxonalarning asosiy fondlarini xatlash dalolatnomasi bilan oxirgi hisobot sanasidagi holati boʻyicha aksiyadorlik jamiyatining buxgalteriya balansi;
miqdori ustav jamgʻarmasining 5 foizidan oshadigan ushbu emitent aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar toʻgʻrisida maʼlumotlar (yopiq aksiyadorlik jamiyati uchun — ustav jamgʻarmasining 5 foizidan koʻpiga egalik qiladigan muassislar (aksiyadorlar) tarkibi toʻgʻrisida rasmiy muhr bilan tasdiqlangan maʼlumotlar);
muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlar koʻrsatilgan holda kreditorlik va debitorlik qarzlarni tushuntirish.
IV. Ishonchli boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari
(IV boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
4.2. Ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ishonchli boshqaruv haqida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq ishonchli boshqaruvga olingan davlatga tegishli aksiyalar paketiga nisbatan, begonalashtirish va uni garov sifatida foydalanishdan tashqari, barcha yuridik va amaliy harakatlarni sodir etish;
ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalar paketi bilan Kuzatuvchi kengash aʼzosi va Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi ishtirokchisi sifatida oʻzining barcha vakolatlaridan foydalanish;
qonun hujjatlari bilan nazarda tugʻilgan hollarda unga ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalarni oʻz mulkiga sotib olish;
shartnoma shartlariga va qonun hujjatlariga muvofiq mukofot olish.
4.3. Ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majburdir:
aksiyadorlik jamiyatini ishonchli boshqarish shartnomasiga koʻra foyda koʻruvchi hisoblangan davlat manfaatlarini ifodalash;
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida aksiyalarning davlatga tegishli miqdori bilan va amaldagi qonun hujjatlariga binoan beriladigan huquqlar doirasida harakatlarni amalga oshirish;
korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini yaxshilashga va boshqariladigan korxonaning barcha darajadagi budjetlar oldida qarzlari, ish haqi toʻlash va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan yagona strategiyani oʻtkazish;
aksiyalarning kurs qiymatini va xaridorgirligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;
davlatga tegishli aksiyalar paketiga nisbatan davlatning manfaatlari (huquqlari) buzilishi bartaraf etilishini talab qilish;
mahsulotlar assortimenti kengayishiga va sifati yaxshilanishiga yordam berish;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlash uchun zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari va texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
aksiyadorlik jamiyatining budjetga majburiy toʻlovlar, ish haqi toʻlovi boʻyicha qarzdorligi paydo boʻlganda, shuningdek korxonalarning ishlab chiqarish va moliyaviy holati yomonlashgan holda jamiyat Kuzatuvchi kengashining tarkibini va ijro etuvchi organini qayta saylash maqsadida aksiyadorlarning navbatdan tashqari yigʻilishi chaqirilishini talab qilish;
ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat yuzasidan alohida bank schyotlarida hisob-kitoblar qilish;
ishonchli boshqaruvga olingan aksiyalarni alohida “Depo” schyotida saqlash;
aksiyalarning davlatga tegishli paketini hech qanday shaklda begonalashtirmaslik, boshqa shaxslarni majburiyatlar bilan qiynab qoʻymaslik va undan garov sifatida foydalanmaslik;
ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 10 kundan kechikmay shartnoma nusxasini barcha majburiy ilovalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish;
aksiyalarning davlatga tegishli paketi boʻyicha dividendlardan boshqarilayotgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun maqsadli foydalanishni taʼminlash.
V. Davlat mulki qoʻmitasining huquq va majburiyatlari
5.1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi quyidagi huquqlarga egadir:
davlatga tegishli aksiyalari paketi ishonchli boshqaruvga berilgan korxona faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hisobotlarni amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan muddatlarda Ishonchli boshqaruvchidan olish;
ishonchli boshqaruvchidan Shartnoma majburiyatlari bajarilishini, foyda oluvchi — davlat uchun noxush oqibatlar bartaraf etilishini, shuningdek mazkur Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, basharti ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yuz berganligi ishonchli boshqaruvchi yoki uning vakili tomonidan isbotlanmasa, moddiy zarar va boy berilgan foyda qoplanishini talab qilish.
5.2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi quyidagilarga majburdir:
uchinchi shaxslarning majburiyatlari bilan qiynab qoʻyilmagan va boshqa har qanday usul bilan begonalashtirilmagan (doimiy ravishda yoki vaqtincha) davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvga berish;
mazkur Shartnoma boʻyicha vazifalar bajarilishi va huquqlar amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar va maʼlumotlarni ishonchli boshqaruvchiga berish;
davlat mulkini boshqarish boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasiga berilgan huquqlarga muvofiq ishonchli boshqaruvchining faoliyatiga koʻmaklashish.
VI. Ishonchli boshqaruvchining hisoboti
6.1. Ishonchli boshqaruvchi har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi oldida hisobot beradi, ular ishonchli boshqaruvchining shartnomalari zarur tartibda bajarilishi va korxona moliya xoʻjalik holatining monitoringini amalga oshiradilar.
6.2. Ishonchli boshqaruvchining hisoboti shakli va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
6.3. Ishonchli boshqaruvchi qonun hujjatlariga muvofiq hisobotning oʻz vaqtida tuzilishi va ishonchliligi uchun javob beradi.
VII. Ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalarni begonalashtirish
7.1. Davlatga tegishli aksiyalar paketini (yoki uning bir qismini) begonalashtirish (sotish) haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan holda ishonchli boshqaruv shartnomasi begonalashtiriladigan aksiyalarga nisbatan toʻxtatiladi.
7.2. Davlatga tegishli aksiyalarning boʻlajak begonalashtirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Ishonchli boshqaruvchini xabardor qilishi shart. Ishonchli boshqaruvchi xabarni olgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida koʻrsatilgan aksiyalarni oʻzining “Depo” schyotidan Davlat mulki qoʻmitasi schyotiga oʻtkazishga majburdir.
VIII. Ishonchli boshqaruvchi faoliyatining taqdirlanishi
9.1. Ishonchli boshqaruvchi qayta tashkil etilgan taqdirda Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining qaroriga koʻra uning huquqiy vorisi bilan qayta tuzilishi mumkin, mazkur Shartnomaga koʻra barcha huquqlar, majburiyatlar va javobgarlik unga oʻtadi. Ishonchli boshqaruvchi qayta tashkil etilgan kunda oʻzining qayta tashkil etilishi fakti toʻgʻrisida Davlat mulki qoʻmitasiga maʼlum qilishi shart. Davlat mulki qoʻmitasi huquqiy voris bilan ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzishdan bosh tortganda aksiyalarning davlatga tegishli paketi 2 kun muddatda Davlat mulki qoʻmitasiga qaytarilishi kerak.
9.2. Qonun hujjatlari bilan davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqaruvga berishning boshqa tartibi belgilanganda oʻsha tartib kuchga kirgan paytdan boshlab 2 hafta muddatda mazkur Shartnoma qayta tuzilishi kerak.
X. Tomonlarning javobgarligi
10.1. Agar Ishonchli boshqaruvchi davlatga tegishli aksiyalar paketini ishonchli boshqarishda foyda oluvchining — davlatning manfaatlari toʻgʻrisida zarur gʻamxoʻrlik qilmagan taqdirda aksiyalarning davlatga tegishli paketi ishonchli boshqarilgan vaqt uchun zararlar va boy berilgan foydani foyda oluvchiga — davlatga toʻlaydi.
10.2. Ishonchli boshqaruvchi unga ishonib topshirilgan davlatga tegishli aksiyalar paketi saqlanishi, uning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar uchun, basharti ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yoxud Davlat mulki qoʻmitasining harakatlari natijasida yuz berganligini isbotlay olmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
10.3. Ishonchli boshqaruvchi tomonidan unga berilgan vakolatlar oshirilgan holatlarda yoki unga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilgan holda sodir etilgan bitishuv boʻyicha Ishonchli boshqaruvchi javob beradi.
10.4. Ishonchli boshqaruvchi (uning rahbari) va Davlat mulki qoʻmitasi oʻziga tegishli majburiyatlar zarur tartibda bajarilmaganligi uchun amaldagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan tartibda quyidagi shakllarda javob beradi:
— ishonchli boshqaruv shartnomasining muddatidan oldin toʻxtatilishi;
— ularning notoʻgʻri harakatlari oqibatida yetkazilgan zararlarning qoplanishi (kompensatsiya qilinishi) (sud qarori boʻyicha);
— shartnoma intizomi buzilganligi uchun Ishonchli boshqaruvchi va Davlat mulki qoʻmitasi mansabdor shaxslarining javobgarligi;
— qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan javobgarlikning boshqa shakllari.
10.5. Ishonchli boshqaruvchi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini boshqarishda yengib boʻlmaydigan kuchlar, yoxud Davlat mulki qoʻmitasi harakatlari bilan (agar bular sud tartibida isbotlansa) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatlariga yetkazilgan zararlar yoki ziyon uchun javob bermaydi.
XI. Shartnomaning boshqa shartlari
11.1. Shartnomaning boshqa shartlari
XII. Shartnomaning amal qilishi toʻxtatilishi
12.1. Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma quyidagi holatlar boshlanganda toʻxtatilishi mumkin:
shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani toʻxtatish toʻgʻrisida tomonlardan biri ariza berganda;
davlatga tegishli aksiyalar paketini begonalashtirish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganda;
ishonchli boshqaruvchi hisoblangan fuqaro vafot etganda, u huquqiy layoqatsiz, huquqiy layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb tan olinganda, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor iqtisodiy nochor (bankrot) deb tan olinganda;
yuridik shaxs — ishonchli boshqaruvchi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganida, u iqtisodiy nochor (bankrot) deb tan olinganda;
foyda koʻruvchi — davlat shartnoma boʻyicha foydani olishdan bosh tortganda, agar shartnoma bilan oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa;
ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshira olmasligi munosabati bilan ishonchli boshqaruvchi yoki Davlat mulki qoʻmitasining ishonchli boshqaruvni amalga oshirishni rad etishi;
ishonchli boshqaruvchi oʻz majburiyatlarini zarur darajada amalga oshirmagan taqdirda shartnomaning Davlat mulki qoʻmitasi tashabbusi bilan bekor qilinishi;
boshqa tomon oʻz majburiyatlarini bajarilmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi munosabati bilan tomonlardan birining asosi koʻrsatilgan arizasi berilganda. Shartnoma ariza berilgan paytdan boshlab 30 kun oʻtgach bekor qilingan deb hisoblanadi.
Amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻlganda.
12.2. Ishonchli boshqaruv shartnomasi amal qilishi toʻxtatilgandan keyin aksiyalarning davlatga tegishli paketiga egalik qilish, undan foydalanish va uni boshqarish amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12.3. Shartnoma aksiyalarning davlatga tegishli paketi ishonchli boshqaruvchining “Depo” schyotidan Davlat mulki qoʻmitasi schyotiga oʻtkazilgan paytdan, shuningdek mazkur Shartnoma bilan nazarda tutilgan tomonlarning boshqa majburiyatlari bajarilishi tugallanishi bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
XIII. Nizolarni hal qilish
13.1. Nizolar paydo boʻlganda tomonlar ularni oʻzaro ahdlashuv asosida hal qilish uchun barcha choralarni koʻradilar.
13.2. Oʻzaro ahdlashuv boʻyicha hal boʻlmagan nizolar sud tartibida hal qilinadi.