Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyat koʻrsatishining tashkiliy-huquqiy negizini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi
nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
“pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliyasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarining tariflari davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʻlgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlari roʻyxatini respublika va mintaqaviy (mahalliy) darajalarda tabiiy monopoliyalar subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish organlari bilan kelishgan holda belgilaydi;
pochta va telekommunikatsiya sohasi tabiiy monopoliya xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʻlgan umumiy foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlariga respublika darajasidagi tariflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi”;