1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika;
2.Moliya / Birja faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZDAVNEFTGAZINSPEKSIYA “OʻZBEKNEFTEGAZ” MXK OʻZBEKISTON RESPUBLIKA TOVAR XOMAShYo BIRJASINING
Qarori
Birja savdolarida avtomobil benzinini sotish tartibi toʻGʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash Haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-mayda 1346-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazigan ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 57-son qaroriga muvofiq, qaror qilamiz:
1. “Birja savdolarida avtomobil benzinini sotish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.