toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 23.02.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Parvoz xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-avgust,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
14-avgustdagi 349-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Ustavi 8-bandining:
toʻrtinchi xatboshidan “va boshqa foydalanuvchilar” va “davlat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi va yettinchi xatboshilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaro aviatsiyasi” soʻzlari “aviakompaniya” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 131-modda)