Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Parvoz xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Ustavi
8-bandining:
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaro aviatsiyasi” soʻzlari “aviakompaniya” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori
3-bandining:
birinchi xatboshidagi“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining bosh direktori” soʻzlari “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Mudofaa, Makroiqtisodiyot va statistika, Ichki ishlar, Adliya, Moliya, Sogʻliqni saqlash vazirlarining oʻrinbosarlari; Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi raislarining oʻrinbosarlari; “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bosh direktori; Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining boshligʻi, “Oʻzaeronavigatsiya” direktori; Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyati mudiri; Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari — lavozimlariga koʻra va koʻrsatib oʻtilgan boshqaruv organlari rahbarlarining tavsiyasiga binoan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining aʼzolari etib belgilansinlar”;
4-banddagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning
1 va
5-bandlaridagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi” soʻzlari “Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.